Umumiy yer bilimi


O`zbekiston ko`llari va ularning geografik tarqalish xususiyatlari



Download 1,18 Mb.
bet9/11
Sana29.03.2022
Hajmi1,18 Mb.
#515256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'llar va suv omborlari

O`zbekiston ko`llari va ularning geografik tarqalish xususiyatlari
O`zbekiston hududida ko`llar nisbatan kam bo`lib, ular notekis joylashgan. Jumhuriyatimizda joylashgan ko`llarning aksariyati kichik bo`lib, mahalliy ahamiyatga ega. O`zbekiston hududidagi ko`llar qozonining (kotlovinasining) paydo bo`lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko`pchiligi tekislik qismida daryo vodiylarida joylashgan qayir ko`llaridir. Aksincha, jumhuriyatimiz tog`li qismidagi ko`llar esa to`siq (to`g`on), morena va tektonik ko`llardir.
O`zbekiston hududidagi ko`llar soni (5360 ta ko`l) 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa tog’li qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko`llar oldinda bo`lib, 67% ni tashkil etadi.
O`zbekiston hududining tekislik va tog`li qismida ko`llar notekis joylashgan. Jumhuriyatimiz tog`li qismining 1000—2000 m balandliklarida (82 ko`l mavjud), kamroq, aksincha 2000—3000 m balandliklarida (165 ta ko`l mavjud) ko`proq, 3000 m. dan baland qismida esa ko`p (2083 ta ko`l) ko`l joylashgan. Lekin bu ko`llar maydoni kichik bo`lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryohavzasidagi Yashinko`l, Chirchiq daryosi havzasidagi Shovurko`l,. Nixnach, Karataka, Chotqol1, Chotqol2 ko`li, Shohimardon yaqinidagi Kubbonko`l, Ohangaron havzasidagi Arashan, SHerobod havzasida Kanbeshbuloq ko`li va boshqalar.
O`zbekiston hududidagi ko`llarning ko`pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan. Bu ko`llarning qo`pchiligi kichik, sayoz va sho`r bo`lib, bahorda hamda daryo suvi ko`paygan vaqtda suvlarga to`lib, yozning oxirlariga ,borib, suvi juda ozayib sayozlashib, ba`zilari qurib, botqoqlik sho`rxokka aylanib qoladi. O`zbekiston tekislik qismidagi ko`llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba`zilari daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo`lib, yomg`ir, qor, irrigao`iya shoxobchalarining tashlama suvlari yoki yyer osti suvlaridan, ba`zan esa daryolar toshganda sizib borgan suvidan to`yinib turadi. Bunday ko`llar berk ko`llar hisoblanib, suvi sho`r, ba`zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho`kib qoladi, ba`zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko`llar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining vodiylari bo`ylab joylashgan.
Tekislikda yana «efemer» yoki davriy turli ko`llar ham mavjud. Bunday ko`llar kichik, sayoz bo`lib, yomg`ir jala tariqasida yoqkanda yoki bahorgi qorlar tez eriganda hosil bo`lib, so`ngra yana qo`rib qoladi, ba`zan esa bir necha yillar mobaynida suvga to`lmay qurib yotadi.
O`zbekistonning tekislik qismida eski daryo o`zanlarida ko`llar xam vajud. Bunday ko`llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo kabi daryolarning quyi qismidagi qadimiy o`zanlarida joylashgan. Bu turdagi ko`llarning suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo`lsa, chuchuk bo`ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho`r bo`ladi. Bunday turdagi ko`llarning rejimi daryo rejimiga bog`liqdir.
O`zbekiston hududining tekislik qismida so`nggi yillarda odamlar tomonidan vujudga keltirilgan ko`llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko`llar ekin dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini ekin ekiladigan maydondan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda.
Sug`oriladigan maydonlardan chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to`planishidan vujudga kelgan ko`llar (Sariqamish, Aydar, Arnasoy, Dengizko`l, Qoraqir. va boshqalar) esa o`ta sho`r bo`lib, tarkibida har xil kimyoviy zaharli moddalar uchraydi. Bu ko`llarning suv sathi ekin dalalarini sug`orish davrida ko`tarilib, qishda ancha pasayib qoladi.
O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yetadi.



Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish