Profundal, ya’ni ko’lning chuqur qismi, yorug’lik etib boradigan va yashil o’simliklar o’sadigan chegaradan pastda joylashgan. Unga yorug’ tushmasligidan tashqary, temperatura ham past (4°S atrofida) va bir xil bo’ladi. Profundal chuqur ko’llarda bo’ladi. Shunga qaramay, profundalning o’zigagina xos tipik hayvonlari nihoyatda kam; bunday hayvonlar faqat Baykalda, Tanganikada va ba’zi bir boshqa ko’l-lardagina bor. Boshqa ko’llarning chuqur joylarida odatda suvning yuza qismida yashaydigan hayvonlar uchraydi. Profundalning o’zigagina xos organizm turlarining deyarli butunlay bo’lmasligiga sabab eko-logik sharoitning noqulayligi emas, balki ko’llarning juda uzoq tur-masligidir. Odatda profundal organizmlar turlari to’la shakllanib ulgurmaydi: shu yo’nalishda asta-sekin rivojlanib borayotgan turlar ko’l sturib qolishi bilan qirilib ketadi. Deyarli miostendan beri mavjud bo’lgan Baykal ko’ligina bundan mustasno. Bu ko’l paydo bo’l-gandan beri o’tgan uzoq vaqt mobaynida bu ko’lda faqat uning chuqur qismlarigagina xos hayvonlar: gammoridlar, bahaybat planariylar, golomyanka deb ataluvchi tirik tug’ar baliqlar va boshqalar rivoj-langan. Bunday hodisa Tanganika bilan Nyasa ko’lida ham kuzatiladi.
Ko’llarning pelagial qismi uchun plankton ayniqsa xarakterli-dir. Nobud bo’lgan organizmlar ko’l tagida to’planib, sur-jigar rang tusdagi massa—gittiyani hosil qiladi: gittiya tobora zichlasha borib, sapropel deb ataluvchi «chirik loyqaga» aylanadi. Uning to’planishiga sabab shuki, suvning tag qatlamlarida juda ko’plab organizmlar mas-sasini parchalash uchun zarur bo’lgan kislorod etishmaydi. Loyqa ozuqa moddalarga boy, shu sababli ko’lda bentos juda ko’p.
Oligotrof (grekcha oligos — kam, trope — oziqlanuvchi) ko’llar suvida ozuqa moddalar kam bo’ladi, shu sababli u tiniqdir. Plank-ton, bentos va nekton ko’p emas, loyqasida organik moddalar kam.
Evtrof (grekcha eu — yaxshi) ko’llarda organizmlar oziqlanish sharoiti yaxshi bo’ladi. Plankton, bentos va nekton mo’l. Ko’lda or-ganik moddalar ko’pligidan suv nim sarg’ish tusda bo’ladi. Suv tagida kislorod etishmaydi va sapropel hosil bo’ladi.
Distrof (grekcha distrofe — oziqlani.shning buzilishi) ko’llar suvida kalstiy etishmaydi, u nordon reakstiyali bo’ladi. Ko’lda organik hayot juda sust bo’ladi, biroq unda daryolar va botqoqliklardan kelib quyilgan jilg’alar keltirgan torf ditriti — kolloid holidagi gumus bo’ladi. Shu sababli suv jigar rang tusda bo’ladi. Torf ditriti ko’l tagida gumus va torf loyqasi tarzida yotqiziladi, u chirishi tufayli kislorod juda tanqis bo’ladi. Tayga va tundra zonalarining botqoq joylaridagi ko’llar distrof ko’llardir.
Ko’llarning rivojlanishi bir necha bosqichdan iborat.
Ko’l rivojlanish bosqichlarining almashinuvini, binobarin, ko’l-ning tugashini belgilovchi prostess — suv havzasini o’simlik bosib ketishi va ko’l kotlovinasining daryo, qisman shamol keltirmalari bi-lan to’lib qolishidir. Biz ko’rib o’tdikki, plankton va nekton organizm-larining qoldiqlari ko’l tagiga cho’kib sapropelni vujudga keltiradi. Sapropel hatlami vyqt o’tishi bilan qalinlasha boradi. Ayni vaqtda sohil bo’yi o’simliklari nobud bo’lgach cho’kib, ko’l tagida torf qatlami-ii hosil qiladi; bu qatlam ham vaqt o’tishi bilan qalinlasha boradi. Bu har ikki prostess ko’lnyng tobora sayozlasha borishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga ko’lda daryolar keltirgan anorganik yotqiziqlar ham cho’kadi. Ko’l tobora sayozlasha borib, sohil bo’yi o’simliklari ko’lning ichki qismiga tomon kirib boraveradi va ko’l bora-bora botqoqsta aylanadi.
Distrof ko’llarda organik dunyo kamroq bo’lganligidan, ular o’sim-liklar tobora bosib kelishi tufayli botqoqlanadi. Ko’l betini qir-g’oqdan tarqalgan mox qoplay boshlaydi, u avvaliga ayrim-ayrnm joy-larda tarhaladi, so’ng o’sib kengaya borib, suv yuzasini yoppasiga gilam-dek qoplab oladi. Birmuncha vaqt suvda qalqib turuvchi mox qoplami orasida u er-bu erda o’simliksiz ochiq joylar ham uchrab turadi. Bora-bora mox gilami yanada o’sib, kengayib, qalinlashadi va cho’kib suvni siqib chiqaradi.
Ko’llarning geografik tiplari va tarqalishi. Er yuzidagi barcha ko’llarning yalpi maydoni faqat taxminan hisoblab chiqilishi mumkin, chunki ko’pchilik ko’llarning suv sathi va maydoni doimiy emas, vaqtin-cha ko’llar ham juda ko’p.
Yor sharidagi ko’llarning umumiy maydoni hozirgi vaqtda taxmi-nan 2700000 km2 teng bo’lib, u quruqliklar maydonining salkam 1,8% ini tashkil etadi va Qaspiy dengizi maydonidan qariyb 7 baravar kattadir.
Har bir tabiat zonasi undagi ko’llarning soni va sifati (ya’ni ko’l tiplari) jihatidan boshqa tabiat zonasidan ajralib turadi.
Ko’llarning klassifikastiyasi ko’p. Biroq bu klassifikastiyalarning har biri ko’llarning ma’lum bir belgisiga, chunonchi, kotlovinasining paydo bo’lishi, suv massasining ximiyaviy tarkibi, organizmlarning oziqlanishi sharoitga va h. k. larga asoslanadi. Haqiqatda esa ko’l-lar murakkab kompleks hosiladir. Shuning uchun ko’llarni ayrim belgi-larigagina qarab xillarga ajratishdan tashkari, ularni kompleks geografik klassifikastiyasi bo’lishi lozim; biroq hozircha bunday klassifikastiya yo’st. Quyida tavsiya qilinayotgan klassifikastiyani talabga to’la javob beradi deya olmaymiz, chunki har bir ko’l nixryat-da o’ziga xos bo’lib, uni hamma vaqt ham ma’lum bir ko’l tipiga so’zsiz kiritib bo’lmaydi.
1. Tundra tipidagi ko’llar. Ular namlanish ortiqcha bo’lgan sha-roitda rivojlanadi. Soni ko’p, biroq maydoni jihatidan kichik bo’la-di. Kotlovinalari biogen va termokrast yo’li bilan paydo bo’lgan, tagi yassi, uncha chuqur emas, qirg’oqlari past, suvi chuchuk va o’ta chuchuk dist-rof ko’llar.
O`rtacha geografik kengliklarning o’rmon zonasida ham namlanish-yaing ortiqcha ekanligi ko’llar hosil bo’lishiga qulaylik tug’diradi. Biroq bu zonaning turli qismlarida relyef turlicha, bu hol terri-toriyada ko’llarning ko’p-ozligida va ko’l kotlovinalarining paydo bo’lishi hamda morfologiyasida aks etadi. Urmon zonasida bir qancha ko’llar oblastlari yaqqol ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |