1- §. Azot sanoatining xomashyo manbalari va ishlatilishi
Azot tabiatda erkin holda va birikmalar shaklida uchraydi. Azotning asosiy qismi atmosferada (massa bo'yicha 75,6 %) erkin holda bo‘lad i. Birikmalar shaklida esa Yer po‘stlog£ining 0,4 % ni (massa bo‘yicha) azot tashkil etadi. U turli organik moddalar tarkibida, odam, hay- vonlar va o‘simliklar organizmida, qazilma boyliklar, ko£mir, neft, torf, slanest tarkibida uchraydi. Anorganik birikmalar shaklida azot kam uchraydi. Uning natriy nitrat tuzi (Chili selitrasi) Chilida va janubiy Afrikada, kaliy nitrat (Hind selitrasi) esa Hindistonda topil- gan. Ma’lum miqdor ammoniy sulfat tuzi ko'mirni kokslashdan olinadi.
Azot tirik tabiatda odamlar, hayvonlar va o‘simliklar hayotida benihoyat muhim rol o£ynaydi, asosiy ozuqa mahsuloti hisoblanadi. U oqsil tarkibiga kiradi. Organizmda muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ammo odam va hayvonlar, o‘simliklar, mikroorga- nizmlar tanasida oksidlar yoki boshqa organik moddalr (fermentlar, vitaminlar, garmonlar, nuklein kislotalar va boshqalar) sintezida elementar holdagi azot emas (u juda inert elementdir, uning dissotsialanish energiyasi 945 kJ/mol bo‘lib, atomlari orasidagi bog‘lar juda mustahkamdir. Taqqoslash uchun xlor molekulasining dissotsialanish energiyasini 243 kJ/mol olish mumkin) balki, uning birikmalari ishtirok etadi.
Azot birikmalari bo'yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar), kimyoviy tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, dori-darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o£g‘itlar, ammiak va nitrat kislotasi va boshqa o£nlab xalq xo'jaligi uchun muhim bo'lgan qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ishlatish sohalarining kengligi, azot birikmalari manbalarining esa kamligi, atmosfera azotini biriktirib olish muammosini ko£ndalang qilib qo£ydi. Atmosfera azoti bitmas-tuganmasdir. Har gektar yer yuzasiga to£g£ri keladigan atmosfera azotining massasi 80 000 tonnaga tengdir.
Atmosfera azotini tabiatda faqat tugunak bakteriyalari (dukkakli o‘simlmklar ildizida bo‘ladi) o‘zlashtira oladi. Yana chaqmoq chaqqanda havoda azot oksidlanadi, yog‘in bilan birga yerga tushadi. 1898- yilda olimlarning Britaniya assotsiatsiyasi majlisida Kruks texnologlar uchun muhim muammoni o‘rtaga tashladi: «Atmosfera azotini bog‘lab olish buyuk kashfiyotlardan biri bo‘lib, uni kimyogarlar ixtirochiligidan kutish kerak» degan edi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay bu kashfiyot amalga oshdi. XX asming boshlarida atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli topildi: 1) sianamidli usul; 2) elektr yoy usuli; 3) ammiak sintezi usuli.
Sianamidli usulda (1904- yilda Frak va Karolar bu usulni kashf etishgan) yuqori haroratda ohakka ko‘mir qo'shib maxsus pechlarda qizdiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan kalsiy karbid sianamidga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |