rasm. Oltingugurtni yoqish uchun ishlatiladigan siklon pechi.
1 — oltingugurtni berish uchun va havoni tangensial kiritish uchun forsunkali forkamera; 2,4 — yoqish bo'lmasi; 3 — gazni girdobli harakatga keltiruvchi
halqalar.
Pech ichida bug‘lanib havo yordamida yonadi. Forsunkali pechlarda oltingugurtning havo bilan aralashuvi diffuzsion ekstensiv jarayon bo‘lganligi uchun yetarli darajada aralashmaydi. Siklon pechlarida havo tangensial (egri chiziqqa urinma chiziq bo‘yicha yo‘nalgan) oqimda berilgani uchun ham S bug‘lari havo bilan juda kuchli va tez aralashadi. Natijada S ning yonishi juda jadal ketadi. Shuning uchun ham siklonli pechlar o‘z qulayliklari bilan forsunkali pechlami oradan siqib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |