Toshkent yangiyul poligraph service


Ishlab chiqarish usullari



Download 0,69 Mb.
bet86/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Ishlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo‘lgan

HSO+2FeSOA7HO=FeO+2HSO+SO+13HO

2 4 4 2 2 3 2 4 2 2

og‘ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan.

XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligini aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material - qo‘rg‘oshin topilgach sulfat kislota qo‘rg‘oshin idishlar - kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan. Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo‘lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasida yutiladi. Keyinchalik selitra o‘miga nitrat kislota, kameralar o'miga esa minoralardan (XX asming boshlarida) foydalanilmoqda. Shuning uchun ham kamerali usulni nitrozali yoki minorali usul deb ataladi.

Nitrozali usulda katalizator rolini azot oksidlari o'ynaydi. Suyuq fazada nasadkali minorallarda oksidlanadi.

XIX asming boshlarida S02 ni platina katalizatori ishtirokida S03 ga oksidlash mumkinligi aniqlandi. XIX asming oxirlari XX asming boshlarida bu usul kontakt (gazning katalizator bilan to‘qnashuviga asoslanganligi uchun) usuli deb atalib, sanoatda qo‘llanila boshlandi.

Nitrozali usulda olinadigan sulfat kislotaning sifati pastligi, 75% dan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo‘lmasligi, N02, S02, S03 kabi gazlaming atmosferaga chaqirib yuborilishi tufayli atmosferaning zaharlanishi kabi kamchiliklami bu usulni kontakt usuli tomonidan siqib chiqarishiga sabab bo'ldi. Sobiq ittifoqda 1975- yillardan boshlab faqat kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish boMmalari qurilmoqda. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan sulfat kislotaning 95 % ga yaqini kontakt usulida ishlab chaqirilmoqda.

Sulfat kislota qanday usulda ishlab chiqarilishidan qat’i nazar birinchibosqich oltingugurtli ashyolami kuydirib S02olishdir. So‘ngra uni tozalab S03 gacha oksidlantiriladi va suvga yuttirib kislotaga aylantiriladi.

Ishlatilishi. Sulfat kislotaning aktivligi va nisbatan arzonligi uning qo‘llanish sohalari juda kengayishiga olib keldi. Sulfat kislota yoki uning hosilalari qo‘llanilmaydigan biror-bir sohani topish qiyin. Anorganik moddalar ichida eng ko‘p ishlab chiqariladigani sulfat kislotadir.

Sulfat kislota ko‘p miqdorda o‘g‘it sanoatida: ammoniy sulfat, superfosfat va boshqalami ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana yirik ishlatiladigan sohalari: neft mahsulotlarini tozalash, toshko‘mir smolasini qayta ishlash, ko‘p kislotalar (masalan, ortofosfat, sirka, ftorid va boshqalar) va tuzlar olish, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish, po'latdan yasalgan buyumlarni bo‘yash, nikellash, xromlashdan oldin ishlov berish, lak va bo'yoqlar olish dori- darmonlar olish va boshqalardir.

Sulfat kislota turli organik sintezlarda ishlatiladi. Undan etanol va boshqa spirtlar, ba’zi efirlar, sintetik yuvish vositalari, pestisidlar, bo‘yoqlar, saxarin, plastmassalar olinadi. Uning tuzlari sun’iy ipak ishlab chiqarishda, to‘qimachilik sanoatida, tola yoki gazlamalami bo‘yashdan oldin ishlov berishda ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida kraxmal, patoka va boshqa mahsulotlami olishda ham ishlatiladi.

U yana akkumulyatorlar tayyorlashda gazlami quritishda, kislotalami konsentrlashda, nitrollash reaksiyalarida, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, ionitlami regeneratsiyalashda va boshqa ko‘pgina sohalarda ishlatiladi.

Sulfat kislota Rossiyada 1913- yilda 0,15 million tonna, ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1990- yilga kelib 25 million tonnaga yetkazildi. 0‘zbekistonda sulfat kislota ishlab chiqarish Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi va 1950-yilda 73 ming tonna ishlab chiqarildi. 1990- yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 2,5 million tonnaga yetkazildi.

Hozirgi kunda 0‘zbekistonda 4 ta sulfat kislota ishlab chiqarish korxonalari: Chirchiq elektrokimyosanoat ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand (1954- yil), Oltintopgan (1965 yil) va Olmaliq (1980- yil ) kimyo zavodlari ishlab turibdi. 0‘zbekiston sulfat kislotani ishlab chiqarish bo'yicha 1985- yildayoq jahonning yetakchi mamlakatlari safidan o‘rin egallashga erishdi.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish