Temir kolchedanini kuydirish. Kolchedanni kuydirish yuqori haroratli (1000°C gacha) geterogen (gaz-qattiq), qaytmas, katalizatorsiz (katalizator ishlatilmaydigan) va bir necha bosqichlarda boradigan jarayonga yaqqol misol bo‘la oladi.
Kolchedan pechda 500°C gacha qizdirilganda parchalanish awal oltingugurt hosil bo‘lish bilan boradi:
2FeS2=2FeS+S2
So‘ngra oltingugurt bug‘lari oksidlanadi:
2S + 202 = 2S02
Qolgan g‘ovak FeS2 kislorod ta’sirida sekin oksidlanadi. Reaksiya yuqori haroratda boradi:
4FeS+702=2Fe203+4S02
Kolchedanni kuydirish reaksiyasi tenglamasi umumiy holda shunday yoziladi:
4FeS2 +1102=2Fe203+8S02+3400kJ
Haqiqatdan bu reaksiya 600°C dan past haroratda, oraiiq mahsulotlar sifatida temir sulfat hosil bo'lishi bilan boradi. Harorat ortib borishi bilan awal FeO, so'ngra, agar kislorod yetarli bo‘lsa Fe203, kam holda Fe304 hosil bo‘ladi. FeS2 bilan bir qatorda kolchedan tarkibida bo‘lgan boshqa metall sulfidlari ham parchalanadi. Natijada hosil bo‘lgan metall oksidlari kvars, alyumosilikatlar, temir oksidlari va parchalanmay qolgan FeS2 bilan ajralib kuyundi hosil qiladi. Kuyundi tarkibida 0,5% dan 3% gacha oltingugurt saqlashi mumkin.
Temir sulfidi (kolchedan) oksidlanganda, sulfid zarrachalari yuzasida temir oksidlari qavati hosil bo‘ladi. Bu qavatning qalinligi, kolchedandagi oltingugurtning yonishi bilan ortib boradi. Jarayonning
umumiy tezligi, mana shu oksid pardalaming g'ovaklarida kislorod va S02 ning diffuziyalanish tezligi bilan aniqlanadi. Demak, kolche- danning kuyishi ichki diffuzion sohada kechadi. Bu jarayon tezligini, geterogen jarayon tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
dG r/i
u = ——KFAC (3.1)
dx
Bunda, и — umumiy tezlik (reaksiya tezligi); G - S02 ning miqdori (mahsulot miqdori); K—jarayonning tezlik konstantasi, AC — jarayonning xarakterlantiruvchi kuchi, т — vaqt, F— geterogen sistemasida reaksiyaga kirishuvchi fazalar yuzasi. Formuladan ma’lumki, oksidlanish jarayonini tezlashtirish uchun K, AC va F larni oshirish kerak.
Jarayonning tezlik konstantasi К ni, ya’ni moddalarda fazalaming bir-biriga o‘tishi (masalan, gaz fazaning qattiq fazaga difTuziyalanib o‘tishi: 02 ning temir oksidi pardasiga difTuziyalanib kolchedanga kirishi va kolchedanda hosil bo‘lgan S02 ni temir oksidi pardasidan diffuziyalanib tashqariga chiqishi) oshirish uchun haroratni oshirish eng foydali tadbir hisoblanadi. Ammo harorat 850— 1000°C gacha ko‘tarilsa, pech ichidagi ashyo (kolchedan) bo‘lakchalari bir-biriga yopishib yirik-yirik aglomeratlarga aylanib qoladi. Natijada zarrachalar yuzasi keskin kamayadi. Shuning uchun ham kolchedanni kuydirish pechning konstruksiyasiga qarab, faqat ma’lum bir harorat oralig‘ida olib boriladi.
Jarayonning harakatlantiruvchi kuchini — AC tezlatish uchun kochedanning tarkibidagi piritning va kuyish zonasiga kiritiladigan kislorodning konsentratsiyasini oshirish zarur bo‘ladi. Pirit konsentratsiyasi flotatsiya usuli bilan oshiriladi, kislorod konsentratsiyasi esa pechga kiritiladigan havo miqdori stexiometrik hisobga nisbatan 1,5—2 marta ko‘paytirilishi bilan oshiriladi.
Fazalar yuzasini—F oshirish uchun esa pech ichidagi ashyo- lami fazalami aralashtirish orqali hamda kolchedanni juda maydalash yo‘li bilan oshiriladi.
Amalda zarrachalaming kattaligi 0,3—0,03 mm gacha bo'lgan kolchedan ishlatiladi. Kolchedanni kuydirish uchun uch xil kuydirish pech turlari mavjud: 1. Mexanik kuydirish pechlari. 2. Changitib kuydirish pechlari. 3. «Qaynovchi qavatda» kuydirish pechlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |