Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet2/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Taqrizchilar

Muhamadiyev M.G. — Mirzo Ulug'bek nomidagi 0‘zbekiston Milliy universiteti polimerlar kimyosi kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi.

Mirzohidov X.A. — Mirzo Ulug'bek nomidagi 0‘zbekiston Milliy universiteti polimerlar kimyosi kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi.

Yoriyev O.M. — BuxDU Umuviy kimyo va ekologiya kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori.

ISBN 978-9943-309-61-6 «Yangiyul poligraph service» MCHJ, 2008.

SO‘ZBOSHI

Kimyo fani jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligiga e’tiroz bildiradigan kishi bo'lmasa kerak. Hozirgi kunda kimyo mahsulotlari va jarayonlari qo‘llanilmaydigan biron-bir soha yo‘q. Ammo, texnologiya borligi uchungina kimyo ishlab chiqaruvchi kuchga aylanganligini hamma ham anglab yetmaydi. Kimyo texnologiyasi tufayli hozirgi kunda qudratli kimyo korxonalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga mahsulotlar yetkazib bermoqda, turmush darajasini o‘sib borishini ta’minlashda salmoqli hissa qo‘shmoqda. O‘zbekistonda kimyoning rivojlanishida 1920- yilda Turkiston, hozirgi 0‘zbekiston Davlat milliy universititetining tashkil etilishi muhim rol o‘ynadi. Natijada kimyoning turli sohalari bo‘yicha o'zbek olimlari, akademiklar yetishib chiqdi.

0‘zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda akademiklardan: O.S. So- diqov, S.Yu. Yunusov, H.U. Usmonov, M. N. Nabiyev, K.S. Ahmedov, B.M. Beglov, S.T. To‘xtayevlaming xizmatlari katta bo'ldi. Respublikamiz- da kimyoviy texnologiya fani rivojiga professorlardan: N. Rizayev, N. Yusufbekov, S. Zokirov, Sh. G‘ulomov, A. Ortiqov, M. Yusupov, T. Otaqo'ziyev, A. Yo'lchiboyev, Z. Salimovlar salmoqli hissa qo'shdilar.

0‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi, o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlab olishi, kadrlar tayyorlash tuzulmasini, uning mazmunini qayta tashkil etish, takomillashtirish zaruriyatini kelti- rib chiqardi. Shu zaruratdan kelib chiqib bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, „Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va unga aloqador me’yoriy hujjatlar, ta’lim standartlari qabul qilindi. 1997- yilda 0‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni qabul qildi.

Milliy dasturda kadrlar tayyorlashning mavjud tizimi, ahvoli va muammolari sistemali tahlil etilib, uning qayta isloh qilinishi va yangi modeli yaratilishi zaruriyati asoslab berilgan. Milliy dasturning maqsadi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish strategiyasi hamda asosiy yo‘nalishlarini, uning komponentlari: shaxs, jamiyat va davlat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning vazifalarini hal etishni nazarda tutadi.

з


Oliy ta’lim oldida turgan muhim vazifa tayyorlanadigan mutaxassislar saviyasini yuqori pog'onaga ko‘tarish, ilg‘or texnologik jarayonlarga suyanib ish ko‘ruvchi, yangi g'oyalarni amalga oshiruvchi, fanni ishlab chiqarish bilan bog'lovchi milliy dastur talablariga to‘liq javob bera oladigan yetuk kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida zamon talablariga javob bera oladigan Davlat tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilishini taqozo etadi.

Istiqlol tufayli respublikamizda bo'lmagan mavhum ishlab chiqarishlar haqida emas, balki avvalo o'zimizda rivojlangan kimyoviy ishlab chiqarishlar va ularning xomashyo manbalari kengroq yoritilgan kitoblarga ehtiyoj ortmoqda.

Ushbu ehtiyoj tufayli yozilgan mazkur qo'llanma Oliy o'quv yurt- larining kimyo ixtisosligi dasturlari asosida tayyorlandi. Qo‘llanmada hozirga qadar faqat rus tilidagina mavjud bo'lgan, darslik va qo‘llanmalarimizda bo'lmagan ayrim mavzular ham (masalan: silikatlar texnologiyasi, vodorod sulfiddan oltingugurt ishlab chiqarish, nitron tolasi ishlab chiqarish va boshqalar) o'rin olgan.

Ko‘pgina mavzularda texnologik sxemalaming yangi jarayonlari bayon etilgan (masalan, sulfat kislota ishlab chiqarishda IK/IA sistemasi, havo sovitkichli kontakt apparatlari, ammiak sintezida qaynar qatlamli katalizatorli sintez kolonnasi, metan konversiyasida is gazi, metanning birgalikdagi konversiyasi va hokazo).

Ushbu qo‘llanmaga bergan taqriz va maslahatlari uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi 0‘zbekiston milliy universiteti polimer kimyosi kafedrasi dotsentlari M.G. Muhammediyev, HA. Mirzohidovga, professor A. Yo‘lchiboyevga, foydali fikr va mulohazalarini bildirgan- liklari uchun Toshkent kimyo texnologiya instituti professori T. Ota- qo'ziyevga, Buxoro davlat universiteti professori O. Yoriyevga minnat- dorchilik bildiramiz.

Qo‘llanma muallifning ko‘p yillik pedagogik tajribasidan kelib chiqib, o‘zbek tilida birinchi marta yozilganligi uchun ayrim kamchiliklardan holi emas, shu sababli barcha fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz va oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish