Toshkent yangiyul poligraph service


§. Kontakt usuli bilan sulfat idslota ishlab chiqarish



Download 0,69 Mb.
bet91/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Kontakt usuli bilan sulfat idslota ishlab chiqarish

Sulfat kislota ishlab chiqarish beshta bo‘limni o‘z ichiga oladi:

  1. Pechbo‘limi (bunda quruq S02 hosil bo‘ladi).

  2. Yuvish bo‘limi (bunda S02 gazi ho‘l usul bilan tarkibidagi qo'shimchalardan, ya’ni H2S04ning tomchilaridan, suv bug‘laridan va kontakt zaharlaridan to'liq tozalanadi).

  3. Kompressor bo‘limi (bunda tozalangan gaz so‘rib olinib, kontakt apparatiga yuboriladi).

  4. Kontakt bo‘limi (bunda S02 gazi katalizator bilan ta’sirlashib

  • to'qnashib S03 ga aylanadi).

  1. Absorbsiya bo‘limi (bunda S03suvga yuttiriladi va H2S04 ga aylantiriladi).

S02 gazini tozalash. Kolchedanni kuydirib olingan kuyundi gazlari tarkibida S02(16 % gacha, odatda 7—9 %), 02 (9—11 %), kuyundi changlari (200 g/m3), qaynovchi qatlamda kuydirilganda kuyundi changlari asosan temir oksidi; ozroq temir sulfidi, mis sulfidi, As203 mishyak oksidi, Se02 selen oksidlarini ushlaydi. Bular katalizator «zaharlari» bo‘lib, katalizatomi tez yaroqsiz holga keltiradi. Shuning uchun ham S02 barcha qo'shimchalardan tozalanishi kerak.

Kuyundi gazlari eng awal siklonlarda tozalanadi (siklon apparati jadvaliga qaralsin), so'ngra gaz issiqligidan bug‘ hosil qilish uchun (gaz issiqligi 400°C bo‘ladi), bug‘ qozonlariga yuboriladi va harorati ancha pasaygach, quruq elektrofiltrlar orqali o‘tkaziladi. Bu apparatlaming hammasi zavodning pech bo‘limida joylashgan bo‘ladi. Kuyundi gazlarning tarkibidagi qo'shimchalar siklon apparatidan o‘tgach 20 g/m3 qoladi. Qolgan changlar juda mayda bo‘lib, ular elektrofiltrdan o‘tgach 0,1 g/m3 qoladi, xolos.

S02 ni chang zarrachalaridan hamda As203, Se02 lardan batamom tozalash maqsadida, (ayniqsa, As203, Se02 lar kata- lizatomi qaytmas qilib zaharlaydi) gaz (S02) yuvuvchi minoralarda maxsus tozalanadi. Unda gaz ho‘llanadi va 30—50°C haroratgacha sovitiladi. Natijada gazda tuman, ya’ni juda mayda suv tomchilari hosil bo‘lib, kondensatsiyalanib ajralib chiqadi. Bu tomchilarda S03 va As203 lar erigan bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan katalizator zaharlaridan gaz batamom tozalangach, quritgich minoralarda 93— 95% li sulfat kislotada quritiladi. So‘ngra toza va qumq gaz kompressori yordamida kontakt bo'limiga yuboriladi.

Oltingugurt (IV) oksidini kontakt usulida oksidlash. S02 ni S03 ga oksidlash sulfat kislota ishlab chiqarishning eng asosiy bosqichidir. Shuning uchun ham sulfat kislota ishlab chiqarishning bu usuli kontakt usuli deb ataladi. Kontakt bu to‘qnashuv degan ma’noni anglatib, S02gazning katalizatori bilan to‘qnashuvini bildiradi. S02 ni kontakt usulida S03 ga aylantirish geterogen ekzotermik katalizga tipik misol bo‘la oladi. Bu reaksiya gaz hajmini kamayishi bilan beradigan qaytar ekzotermik jarayonidir.

2S02 +02—> 25'03 +189 kj (500 at) . *—

Shuning uchun ham Le-Shatele pirinsipiga muvofiq bu reaksiya muvozanat haroratning pasayishi va bosimning ortishi bilan S03 hosil bo‘lishi tomon siljiydi. Ammo sulfat kislota ishlab chiqarishda yuqori bosim qo‘llanilmaydi, chunki S02 va kislorodning konsetratsiyasi kuyundi gaz tarkibida 20% dan oshmaydi. Qolgan 80 % gaz azotdan iborat bo‘lib, bunday aralashmaga yuqori bosim qo‘llash bosimni hosil qilish xarajatlarini qoplaymaydi.

Atmosfera bosimida va 475°C haroratda S03 hosil bo‘lishining gazlar aralashmasining % tarkibiga bog‘liqligi quyidagicha bo‘ladi:

S02 ning % miqdori 2 5 6 7 8 9 10

02 ning % miqdori 18,2 14,1 12,7 11,3 10,0 8,6 7,2 S02 ni S03ga aylan-

tirishning % miqdori 97,1 96,5 96,2 95,8 95,2 94,3 92,3

Bundan ko‘rinib turibdiki 2 % S02 bo‘lganda S03ga aylanish darajasi eng yuqori 97,1 % bo‘ladi, ammo bunda kontakt apparatining mahsuldorligi past bo‘ladi. S02 ni miqdori orta borgan sayin S03ga aylanish darajasi pasayib boradi.

Optimal gazlar aralashmasi quyidagicha bo‘ladi: 7—8 % S02, 10—11 % 02va 82 % N2 Shunday tarkibli aralashma 400°C haroratda 99,2 % unum beradi. Ammo bunday haroratda reaksiya tezligi va demak, mahsuldorlik juda past bo‘ladi (58- rasmga qarang).

* loo § 80 60 40

20 0

Shuning uchun ham hozirgi zamon vanadiyli kontakt massasida oksidlash bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir bosqichda o‘zining maqbul harorati aniqlanadi. Bu harorat birinchi bosqichdan (580— 600°C) oxirgi bosqichga (450—400°C) tomon pasayib boradi. y^SOj ni oksidlanish jarayoni eng avvalo qo‘llaniladigan katali- zatorning aktivligi bilan aniqlanadi. S02 ni oksidlanishiga minglab moddalar ta’sir etadi. Ammo sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatida turli davrlarda faqat uchta katalizatordan foydalanilgan. Bular: 1) pla- tina metali; 2) temir (III) oksidi; 3) vanadiy (V) oksidi. ^

Bulardan eng aktivi platinadir, ammo u juda qimmat turadi hamda oz miqdorda mishyak tasirida qaytmas bo‘lib zaharlanadi. Temir (III) oksidi esa arzon, mishyak bilan zaharlanmaydi, ammo faqat 625°C dan yuqori haroratdagina katalitik aktivlik ko‘rsatadi. Biroq bunday yuqori haroratda S02 ning S03 ga aylanishi 70 % dan ham kam, odatda 50—60 % bo‘ladi. Shuning uchun ham u faqatgina taxminiy kontaklashdagina foydalanilgan. Vanadiyli katalizator platinadan ancha arzon va mishyak birikmalari bilan zaharlanish darajasi platinaga nisbatan bir necha ming marta kamdiri Shunga ko‘ra MHD dagi barcha sulfat kislota ishlab chiqaradigan zavodlar faqat vanadiyli kontakt massasidan foydalanayotir.

Vanadiyli katalizator massasi 7% V205 dan va aktivlovchi (promotor)-ishqoriy metall oksidlaridan (ko‘pincha Kp qo‘llaniladi) iborat bo£lib, bu aralashma yuqori aktivlikka ega bo‘lgan g‘ovak alyumosilikatlar yoki kremniy (IV )- oksidiga shimdiriladi, hosil bo‘lgan aralashmadan turli shakllarda: g‘ovak granulalar (shar shaklida), tabletkalar va xalqalar shaklida 5 mm, kattalikda katalizator tayyorlanadi.

Kontakt jarayonida K20 kaliy pirosulfatga (K2S207) aylanadi. Vanadiy (V) oksidi unda erigan holda katalizator g‘ovaklari yuzasini to'ldiradi. Har qanday katalizatorda ham vaqt o'tishi bilan S02 ni oksidlanish darajasi ortibborad|^Buni quyidagi grafikda (59- rasmga qarang) ko‘rish mumkin. TJrafikda ko‘rinib turibdiki, harorat qanchalik yuqori bo'lsa, muvozanat shunchalik qisqa vaqtda qaror topadi. Demak, unum ham shunchalik kam bo‘ladi.

S02 ni S03 ga oksidlanishining kinetik(tezlik) tenglamasini G. K. Boreskov topgan. Bu tenglama quyidagicha ifodalanadi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish