IV BOB. TABIAT MUHOFAZASI VA SANOAT CHIQITLARINI TOZALASH
Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo'lgan resurslar manbaidir. Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo‘la oladi. Insonlar faoliyati natijasida tabiatning o'zgarishi shubhasiz. Bu o‘zgarish ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy qilib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga uzviy bog‘liq va nisbiy muvozanatda bo‘ladi.
Keyingi yillarda bu o'zgarishlar shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug‘ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd. t. ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98 foizi esa chiqindi sifatida tashlanadi. 60 mln t. sintetik moddalar, 100 mln. t. mineral o‘g‘it, 3 mln. t. zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqari- ladi. Bularning bari atrof-muhitni ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to‘siq bo‘lmoqda. Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga aylandi.
Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930- yili Belgiyada qayd etildi. 1952- yilda esa Londonda ushbu kasallik tufayli 4000 kishi vafot etdi. Yevropa mamlakatlari va AQShda surunkali bronxid kasalligidan oiim har o‘n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o'tish kifoya. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra har to‘rtta rak kasalligining uchtasi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq ekan.
Ayniqsa, atrof-muhitdagi kimyoviy mutagenlarning ortishi natijasida inson organizmida noqulay mutatsiyalaming hosil bo‘lish mumkinligi katta xavf tug‘dirmoqda. Buning natijasida aqliy va jismoniy zaif chaqaloqlar tug'ilishi ko‘payadi yoki yangi qurilgan oilalarda chaqaloq tug'ilmaydi, tug‘ilganda ham kasallik bilan tug‘iladi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda tug‘ma kasalliklardan o'lish, bolalar yuqumli kasalliklaridan o‘lishga qaraganda ko‘p.
Yana bir global muammo stratosferadagi ozon himoya qavatining buzilishi bilan bog‘liq. Mutaxassislaming bergan ma’lumotiga ko‘ra Yerning Quyosh radiatsiyasidan himoya qilib turgan ozon himoya qavatining buzilishi, barchajonzotni radiatsion o‘limga mahkum etish mumkin. Bulardan tashqari ekologik ifloslanish qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining kamayishiga, hayvonlarda sutning kamayishiga, o‘lim sonining ortishiga olib kelmoqda.
Tabiatni qo'riqlash deganda, davlat va jamiyatning tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va tabiiy resurslarni qayta tiklash, hozirgi va kelajak avlodlaming material va maishiy ehtiyojini qondirish maqsadida atorf-muhitni ifloslanishi va buzilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlari sistemasi tushuniladi.
«Tabiatni qo'riqlash» so‘zi 1913- yilda tabiatni qo‘riqlashga bag1 ish lab Shveysariyada o'tkazilgan I Xalqaro s’ezdan keyin keng tarqaldi. Shundan keyin ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Rossiya, Fransiya va boshqalar) tabiat muhofazasiga oid bir qancha qarorlar qabul qildi, tashkilotlar tuzildi. Ayniqsa, Birlashgan millatlarlar tashkiloti o‘zining sessiya va ixtisoslashgan qo‘mitalarida tabiatni qo‘riqlash muammosini bir necha bor muhokama qilgan. 1962- yilda BMT Bosh Assambleyasi Mongoliyaning taklifiga binoan «Tabiatni qo‘riqlash va iqtisodiy taraqqiyot» deb ataluvchi qaror qabul qildi. Unda BMTning shu sohadagi siyosati aniqlab berilgan edi.
1972- yilda BMTning Stokgolmda bo‘lib o‘tgan kon- ferensiyasining qaroriga binoan 1973- yildan boshlab atrof-muhitni muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus ixtisoslashgan tashkiloti (YuNEP) ish boshladi.
1948- yilda tabiat resurslari va tabiatni qo‘riqlash xalqaro ittifoqi (MSOP) tuzilgan bo'lib, bu ittifoqqa 1980- yilda 105 mamlakat birlashgan edi. MSOP faoliyati an’anaviy yo‘nalishi bu tirik tabiatni muhofaza qilishdir. Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda.
Tabiatni qo‘riqlash deganda, uning turli qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq, yer osti boyliklari, landshaftlar, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ulaming barchasi bir-biri bilan ekologik bog‘liq bo‘lib, bittasining buzilishi boshqasining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg‘ini yoqish, atmosferani S02gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o‘z navbatida S02 ning havodagi suv bug‘lari, yog'inlar ta’sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni va suvni ifloslaydi. Pestisid- larni keng qo‘llash, atmosfera, suv, tuproqni zaharlash bilan bir qatorda, o‘simlik va hayvonlaiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tabiatni qo‘riqlash kompleks echim talab qiluvchi vazifadir.
Barcha mamlakatlarda zararli moddalaming me’yoriy darajasidagi konsentratsiyasi (MDK) ishlab chiqilgan. 0‘zbekistonda hozirgi paytda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan (MDK) amalda qo‘llanilmoqda. Masalan, atmosfera ifloslanishining me’yoriy darajadagi konsentratsiyasi me’yori shunday konsentratsiyaki, kishiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir etmaydi. Uning ish qobiliyatini pasaytirmaydi. Kayfiyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Ayrim moddalaming MDKsi quyidagi 2- va 3-jadvallarda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |