Gazlarni tozalash usuUari. Gazlami tozaalash usullarini tanlash, aralashmalaming fizik-kimyoviy xossalari, konsentratsiyalari, agregat holatlari, dispersligi, harorati, namligi va boshqa shu kabilar bilan aniqlanadi. Sanoatda gazlami aerozollardan tozalash usullari: mexanik va elekrostatikga bo'linadi. Mexanik moddani tozalash quruq va ho‘l holatda bo'lishi mumkin.
Mexanik tozalash quyidagi usullarda olib boriladi.
gravitatsion ushlab qolish kichik tezlikda changlatilgan gaz oqimidagi chang zarrachalarining og‘irlik kuchi ta’sirida cho'kishiga asoslangan. Bu usul faqat gazni taxminiy dag‘al tozalash uchungina foydalaniladi. Buning uchun tindirgichli gaz mo‘rilari va chang cho‘ktirgich kameralari qo‘llaniladi.
inersion usulda chang ushlash, boshlang'ich harakat yo‘nalishini saqlab qolishga intiluvchi gaz oqimining yo'nalishi o‘zgartirilganda, gazga aralashgan muallaq chang zarrachalarining inersiya kuchi ta’siriga asoslangan bo'ladi. Bu usul changlanish darajasi kichik (1,5 g/sm3 gacha) bo‘lgan gazni changdan taxminiy dag‘al
tozalashda qo‘llaniladi. Bunda yog‘och pardali va konus xalqali nasadkasi bo‘lgan inersion chang ushlagichlardan foydalaniladi. Tozalash darajasi zarrachalarining dispersligiga bog‘liq holda, 20— 70 foizgacha bo‘ladi. Bu ikki usul ko‘pchilik hollarda alohida mustaqil foydalanilmay, balki gaz chiqindilarini qattiq aralashmalaridan tozalanishning bosqichlaridan biri sifatida foydalaniladi.
markazdan qochma usulda chang ushlash, bu usul tozalovchi gazni siklon-apparatida qattiq aylantirish yoki apparatning o‘zini aylantirish natijasida hosil bo‘luvchi markazdan qochma kuch ta’siriga asoslangan bo‘lib gazlami dag‘al va o‘rtacha tozalashda keng qo‘llaniladi.
Siklon apparatining sxemasi 14- rasmda berilgan. U ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisining ichiga kiritilgan.
Tashqi silindming osti konus- simon shaklda bo‘lib, u yerda chang zarralari to'planadi va chiqarib olinadi. Changli zarralar katta tezUkda siklon apparatiga maxsus teshikdan kirib aylanib changdan tozalanib ikki silindr orqali apparatdan chiqadi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida chang zarralari tashqi silindming ichki devoriga urilib, so‘ngra ostiga yig‘iladi. Bunday siklonlar diametri 6 mkm dan katta bo‘lgan chang zarralarini yaxshi ushlab qoladi.
gazlami filtrlash orqali chang ushlash usulida changlangan gazlar gazlama filtridan o‘tkaziladi. Filtr materiali sifatida paxtajun, sintetik, tola, shisha tola, asbest yoki ular asosida tayyorlangan gazlama hamda g‘ovak keramik va metalokeramik buyumlar ishlatiladi. Bu usulda to‘liq chuqur tozalash imkoniyati tug‘iladi. Bu usulning ustunlik tomoni shundaki, qurilmalarni arzon yuqori darajada tozalaydi. Yuqori haroratli gazni ham agressiv gazlami ham tozalash mumkin. Uning kamchiligi shundaki filtr gaz oqimiga katta gidravlik qarshilik ko‘rsatadi va filtr yuzasi tez chang zarralari bilan bitib qoladi. Shuning uchun ham bu usul tozalashning so‘nggi bosqichida qo'llaniladi.
ho‘l holatda tozalash usuli katta yuzali fazalar kontaktiga gazni suv bilan yuvishga hamda tozalaniladigan gazni suv bilan intensiv aralashtirishga asoslangandir. Bu usul chang, kul zarrachalarini hamda suyuqlikning har qanday kattalikdagi tomchilarini ushlab qolish uchun qo'llaniladi. Bu gazni tozalashning yakuniy bosqichida qo'llaniladigan mexanik tozalashning eng ishonchli usulidir. Ho‘l holatda tozalash konstruksiyaning oddiyligi va ishlatish osonligi bilan ajralib turuvchi maxsus nasadkali minoralarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |