2- jadval.
Atmosferada ba’zi bir zararli moddalar konsentratsiyasining me’yoriy darajasi (MDKmg/m3hisobida)
Moddalar
|
Bir martalik me’yori
|
0‘rtacha sutkalik me’yori
|
I/ch
korxonasidagi
me’yori
|
Ammiak
|
0,2
|
0,2
|
20
|
Atsetaldegid
|
0,1
|
0,1
|
5,0
|
Atseton
|
0,35
|
0,35
|
200,0
|
Geksaxloran
|
0,03
|
0,03
|
0,1
|
Ksilollar
|
0,2
|
0,2
|
50,0
|
Fcnol
|
0,01
|
0,01
|
50,0
|
Metanol
|
1,0
|
0,5
|
5,0
|
Uglerod (II) oksid (CO)
|
3,0
|
1,0
|
20,0
|
Azot oksidlari (N205ga hisoblanganda)
|
0,085
|
0,085
|
5,0
|
Formaldegid
|
0,035
|
0,012
|
0,15
|
Simob (bug'lari)
|
0,0003
|
0,0003
|
0,01
|
Vodorod sulfid
|
0,008
|
0,008
|
10,0
|
Uglerod sulfid
|
0,03
|
0,005
|
10,0
|
Oltingugurt (IV) oksid
|
0,03
|
0,005
|
10,0
|
Vodorod xlorid
|
0,2
|
0,2
|
50,0
|
Uglerod (IV) xlorid
|
4,0
|
2,0
|
20,0
|
Suvda ba’zi birikmalar konsentratsiyasining me’yoriy darajasi
Birikmalar
|
MDK
mg/m1
|
Birikmalar
|
MDK
mg/m1
|
Anorganik moddalar
|
—
|
Organik moddalar
|
|
Kistotalar (H2S04, HC1, HNO,)
|
30
|
Benzol
|
0,5
|
Mishyak va uning birikmalari
|
0,05
|
KsiJollar
|
0,05
|
Smob (II) birikmalari
|
0,05
|
Merkaptanlar
|
0,01—2
|
Sulfidlar
|
0,1
|
Neft va neft mahsulotlari
|
0,05
|
Ftor va uning birikmalari
|
1,5
|
Smolalar
|
20—50
|
Xtor
|
0,00
|
Stirol
|
0,1
|
Sianidlar
|
0,1
|
Oohiol
|
0,5
|
|
|
Fenol
|
0,002
|
|
|
Formaldegid
|
0,5
|
|
|
Xtorbenzol
|
0,1
|
Juda ko‘p moddalar uchun MDK aniqlangan. Ko'pgina shaharlarda suv, havo va tuproq tozaligini tekshirib turadigan maxsus stansiyalar ishlab turibdi.
1-§. Atmosfera muhofazasi
Atmosferadagi havo massasi 5,15 • 1015t. dan ko‘proqdir. Uning asosiy qismi (80 % gacha) Yerga yaqin joyga troposferadadir. Troposferaning qalinligi 11—12 km. Undan keyingi qatlam stratosfera deyilib, Yer yuzidan 20—50 km balandlikni egallaydi. Havoning qolgan qismi shu qatlamda joylashgan. Stratosferada ozon qatlami joylashgan. Ozon qatlami tirik organizmlarni ultrabinafsha nurlar ta’sirida himoya qiladi. Ozon qobig‘i to'lqin uzinligi 290 nm va undan kichik ultrabinafsha nurlarini ushlab qoladi va tirik organizmga foydali bo‘lgan to‘lqin uzunligi katta ultrabinafsha nurlami o'tkazadi.
60
Atmosfera Yerdagi tirik organizmlami kosmik nurlarining qudratli oqimidan himoya qiladi. U issiqlikni saqlab turuvchi filtr bo‘lib, Yemi keskin sovib yoki isib ketishidan asraydi. Atmosfera bo‘lmaganda sutkalik harorat o‘zgarishi 200°C (+ 100°C dan kunduzi, — 100°C gacha kechasi) bo‘lar edi.
Atmosfera havosining tarkibi nisbatan doimiydir. Uning tarkibi 78,03 % azotdan, 20,95 % kisloroddan, 0,03 % karbonat angriddan va 0,93 % argondan iborat. Bunday doimiy nisbat barcha tirik organizmlar uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Havo tarkibida yana ozroq inert gazlari va suv bug'lari (3—4 % hajm bo‘yicha) bo‘ladi.
Sanoat va transportning rivojlanib borishi natijasida kislorod sarfi kun sayin ortib bormoqda. Kislorodni iste’mol qiluvchi manbalar avtomobil va samalyotlardir. Hozirgi kunda dunyoda 700 mln. avtomobillar bor. Ulaming soni har yili aholi o‘sishiga nisbatan 5 marta tezroq o'smoqda. Hozirgi zamon reaktiv samolyotining bittasi Amerikadan Yevropagacha uchib kelganda 50—1001. gacha kislorodni yoqilg‘ini yonishi uchun sarflaydi. Shuncha miqdor kislorodni bir kunda 10 ming gektar o‘rmon ishlab chiqaradi.
Mutaxassis olimlarning hisoblariga qaraganda, hozirgi paytda sayyoramizdagi o'simliklar chiqaradigan kislorodning 10—25 % i turli yoqilg'ilarning yonishi uchun sarflanmoqda. 0‘rmon zaxiralarining kamayib borayotganligi, suvning ifloslanishi sababli suvo‘tlari chiqaradigan kislorod miqdori ning kamayib ketayotganligi atmosfera kislorodi miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.
Kislorod zaxiralaridan foydalanish ortib borishi, ekvivalent miqdorida atmosferada C02ning ko‘payib ketishiga sabab bo'lmoqda. BMT ma’lumotlariga qaraganda, keyingi yuz yil ichida Yer atmosferasida C02 ning miqdori 10—15 % oshgan. Ya’ni 400 mlrd. t. ga etgan. Bir yilda atmosferaga 270 mln.t. C02, 60 mln. t. dan ko‘p azot oksidlari, 70 mln. t. uglevodorodlar chiqarib tashlanmoqda.
Atmosferada C02 ning miqdori ortishi natijasida yorug‘lik eneigiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va pamik effekti deb ataladigan holat yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Ob-havo bo‘yicha xalqaro konfirensiyaning beigan ma’lumotlariga ko‘ra C02 miqdorining ortishi Yer shari haroratining 1,5—3°C ga oshirishi mumkin. Yer yuzasining bunday isishi qutbdagi muzliklami beto‘xtov erishiga va dunyo okeanlari sathini 4—8 m gacha
ko‘tarilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida quruqlikni butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferani zaharlovchi asosiy manbalardan biri bu avtomobil va samolyotlardir. Bir avtomobil bir yilda o‘rtacha 800 kg dan ko‘proq zaharli uglovodorodlar, 40 kg azot oksidlari, 200 kg aldegidlar, anchagina CO (50 ot kuchiga ega bo‘lgan 1 avtomobil 1 daqiqada 60 litr CO chiqaradi), 3,4 benzpiren, qo‘rg‘oshin oksidlari, oltingugurtli birikmalar qurum va boshqa ko'pgina toksillami atmosferaga chiqarib tashlaydi.
Kimyo sanoati ham atmosferani ifloslantirmoqda. Kimyo sanoati asosan azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, uglevodorodlar, galogen- lar va boshqalami atmosferaga ko'plab chiqarib tashlamoqda. Atmosfera havosida hozirgi paytda 900 mln.t. dan ko'proq doimiy ravishda ifloslantiruvchi moddalar mavjud.
Atmosferaga tushuvchi zararli aralashmalar 2 guruhga bo‘linadi.
Muallaq zarrachalar (aerozollar), chang, tutun va tumanlar. Tutun — ichida qattiq modda — zarrachalar bo‘lgan gazlar aralash- masidan iborat sistema. Tuman — ichida suyuqlik tomchilari bo‘lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir.
Gazsimon va bug‘simon moddalar. Birinchi guruhga anoiganik va organik moddalaming qattiq muallaq osilib turuvchi zarrachalari hamda turli korxonalarda puflab atmosferaga chiqarib tashlanuvchi gazlar bilan hamda ventilyatsiya sistemalaridan chiqqan suyuqlikni mayda tomchi va zarrachalari kiradi.
Anorganik changlar sanoatda metallarning rudalaridan ajratib olishda, alyumosilikatlami turli mineral tuzlarni, qayta ishlaganda, o‘g‘itlar, karbitlar, sement va boshqa ko‘pgini anorganik moddalami ishlab chiqarishda hosil bo'ladi. Ko‘mir slanets, torf, yog‘och, saja, rezina asfalt kabilami changsimon zarrachalari o‘simliklami himoya qiluvchi vositalaming aerozollari va boshqalar organik modda zarra- chalaridir. Tumanlami esa, kislotalar va ulaming angidridlari havodagi suv bug‘larida erib hosil qiladi. Yana neftni qayta ishlash sanoati, transport, qishloq xo'jalik aviatsiyasi kabilar atmosferaga chiqarib tashlaydigan og‘ir suyuq qoldiq va chiqindilar ham tumanlar hosil qiladi.
Atmosferadagi qattiq va suyuq zarrachalaming disperslik darajasi juda katta bo‘lib, o‘nlab mikrondan yuzlab mikrongacha chegarada o‘zgarib turadi.
Ikkinchi guruh gazsimon va bug‘simon aralashmalar nihoyatda turli-tuman bo‘lib, ularga kislota, gologen va galoidli birikmalar gazsimon oksid, aldegid, keton, spirt, uglevodorod, amin, pirin, merkaptan, efir, vodorod sulfid va boshqalar ko‘pgina gazsimon sanoat chiqindilari kiradi. Gazsimon sanoat chiqindilarini tozalash nafaqat odam hayvon yoki o‘simlikka zararli ekanligi uchungina zarur, balki bunda juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar ham ko‘riladi.
Masalan, ko‘plab qimmatbaho mahsulotlar — organik erituvchilar, metallar, oltingugurt oksidlari va boshqa moddalar yo‘qotiladi. Masalan, ko‘mir shaxtalarida changning miqdori 470
500 mg/ m3 ga etadi. Rotor tipidagi kombayin bilan ko‘mir qazilganda changning miqdori 1300 mg/m3ga frezer tipidagi kombayin qo'llanilganda 3000 mg/m3 ga yetadi. Agar ko'mir qazishdan awal sugorilsa havoda changning konsentratsiyasi 200—300 mg/m3ga qadar kamayadi.
Ko‘mir shaxtalarida qo‘llaniladigan ventilyatsiya qurilmalarining ishi natijasida bir daqiqada 1200 m3 chang tashqariga — havoga chiqarib turiladi, buning natijasida shaxta ichidagi havoda changning miqdori 30—40 mg/m3 chamasida saqlanib turadi. Bu tadbir tufayli juda ko‘p mahsulot yo‘qotiladi va atmosfera havosi ifloslanadi, agar changlar tutib qolinsa, qo‘shimcha mahsulot hosil bo'ladi.
Kon havosidagi chang turli mamlakatlarda turlicha yoMlar bilan kamaytiriladi. Masalan, Angliyada bu maqsadda suv berish usulidan tashqari maxsus chang yutuvchi asboblar qo‘llaniladi. Germaniyada kalsiy xloridli pastadan foydalaniladi. Chunki kalsiy xlorid gigroskopik modda bo‘lganligi uchun havodagi namni tortib rudani ho'llab turadi. Bundan tashqari havoda ximikatni bo‘lishi metallami korroziyalab ishdan chiqaradi. Sanoat tumanlarida po‘lat qishloq joylariga nisbatan
4 marta tezroq zanglaydi.
Atmosferani zararli qo'shimcha va tashlandiqlardan himoya qilishning nisbatan optimal varianti bu yangi ishlab chiqarish jarayonlari gazlami atrof-muhitga chiqishini butunlay yo‘qotish yoki maksimal kamaytirishga, avvalo, ayrim jarayonlami va butun ishlab chiqarishni yopiq aylana tizimga o‘tkazish, chiqindi va xomashyodan kompleks foydalanish asosida chiqindisiz jarayonlarini joriy qilish apparat va uskunalami qurilish va mexanizmlami takomillashtirish energiyaning yangi manbalaridan foydalanishga o‘tish orqali erishiladi.
Masalan, rangli metallurgiya hozirgi vaqtda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun kerakbo‘lgan S02 ning 30 % ga yaqinini bermoqda. Qaysiki, ilgari atmosferaga chiqarib tashlanar edi. Bu kislotaning tannarxi an’anaviy usulda olingandagiga nisbatan 30 % ga arzon tushadi.
Metallurgiyada, atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarib tashlashni rudalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorodsiz qaytarish usuliga o‘tish va po‘latni elektr pechlarida suyuqlantirib olish orqali keskin kamaytirish mumkin. Shahar va tumanlaming atmosfera havosining markaziy isitish sistemalarida qattiq yoqilg‘i o‘miga gazdan foydalanish orqali ancha tozalash mumkin.
Avtotransport bu ishni ikkinchi yonish dvigatellaming kons- truksiyasini takomillashtirish avtomobil tutunlarini neytrallovchi qurilmalami qo‘llash, etillangan benzindan voz kechish, benzin yoqilg‘isini siqilgan gaz, vodorod va elektr energiyasiga almashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Ammo texnika va texnologiyaning hozirgi holati atmosferaga zararli moddalaming tushishini to‘liq oldini olish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham atmosferani himoya qilishning nisbatan oddiy vositasi bo‘lib, turli gaz tozalash qurilmalari xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |