Toshkent yangiyul poligraph service


§. Sanoat suvlarini tayyorlash



Download 0,69 Mb.
bet27/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Sanoat suvlarini tayyorlash

Sanoat suvlari uchun ham begona aralashmalarining miqdori me’yordan yuqori bo‘lmasligi kerak va bu me’yor suvning qaysi tarmog‘ida ishlatilishiga qarab turlicha bo'ladi. Masalan, to‘g‘ri oqimli bug‘ qazonlari uchun ishlatiladigan suv tarkibida qozon quvurlarini korroziyaga uchratuvchi C02 va 02 bo‘lmasligi hamda quruq qoldiq miqdori 0,2 — 0,3 mg/1, dan oshmasligi kerak.

Qozonlarda bug1 bosimining ortishi ham suvning tozaligiga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. Masalan, 1 MPa bosimda qattiqligi 0,36 mg/ ekv bo‘lgan suvni ishlatish mumkin bo‘lsa, 6 MPa bosimda esa suvning qattiqligi 0,01 mg/ekv. dan oshmasligi kerak. 10 MPa bosimda esa to‘liq tuzsizlantirilgan va kislorodi mutlaqo bo'lmagan suv ishlatiladi.

Sanoat suvlarini tayyorlash quyidagi operatsiyalar: koagulyatsiya tindirish va filtrlash, yumshatish, tuzsizlash distillash va deaeratsiya- lash orqali amalga oshiriladi. Koagulyatsiya, tindirish va filtrlash jarayonlari, ichimlik suvini tayyorlashdagidek bajariladi. Yum­shatish bu suv tarkibidagi qasmoq (cho'kindi) hosil qiluvchi kationlarni (Ca2+ va Mg2+) qisman yoki to‘liq yo‘qotish orqali amalga oshiriladi.

Suvni yumshatish uch xil: 1) fizik; 2) kimyoviy; 3) fizik- kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi.



Fizik usul, bu suvni qaynatish, distiUash va muzlatishga asoslangan. Suv qaynatilganda muvaqqat qattiqlik yo‘qolishi yuqorida bayon qilingan edi. Distillash va muzlatish orqali ham suv tuzsizlanadi. Distillash bu suvni qaynatib, bug‘ini kondensatsiyalab ajratib olishga asoslangan.

Suvni yumshatishning kimyoviy usuli, kimyoviy reagentlar ta’sirida va ionlami bog'lab ajratishga asoslangan. Kimyoviy yumsha­tishning bir necha ohakli, sodali, natronli, fosfatli usullari bor.

Ohakli usulda, suvga so‘ndirilgan ohak ta’sir etiladi. Bunda muvaqqat qattiqlik yo‘qoladi, temir ioni va C02 ni bog‘lab ajratib olinadi.

Ca(HC03)2 + Ca (0H)2=2CaC03+2H20;

Mg(HC03)2+Ca(0H)=CaC03+Mg(0H)2+H20+C02

FeS04+Ca(0H)=Fe(0H)2+CaS04

4Fe(0H)2+02+2H20=4Fe(0H)3

C02 + Ca (C>H)2=CaC03+H20

Sodali usulda suvga kalsinatsiyalangan soda qo‘shib doimiy qattiqlik yo'qotiladi.

MgS04+NaC03=MgC03+Na2S04

MgCl2+Na2C0=MgC03+2NaCl

CaS04+Na2C0=CaC03+Na2S04

CaCl2+Na2C03=CaC03+2NaCl

Natron usulda, suvga o'yiivchi natriy ta’sir ettirilib, muvaqqat qattiqlik yo‘qotiladi.

Mg(HCC)3)2+4Na0H=Mg(0H)2+2Na2C03+2H20

Ca(HCO3)2+2Na0H=CaC03v+Na2C03+2H20

CaCl2+Na2C0=CaC03+2NaCl

CaS04+Na2C0=CaC03+Na2S04

Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suvning doimiy qattiqligini yo'qotishda ishtirok etadi (Sodali usulga qarang).

Fosfatli usulda natriy fosfat bilan ham muvaqqat, ham doimiy qattiqlik yo'qotiladi.



3Ca(HC03)2+2Na3P04=Ca3(P04)2+6NaHC03 3MgCl2+ Na3P04= Mg3(P04)2+6NaCl 3CaS04+ 2Na3P04= Ca3(P04)2+ 3Na2S04

Kalsiy va magniy fosfatlaming eruvchanligi juda kamligi sababli bu usulda qattiqlik to‘la (% 0,03 g — ekv/1 gacha) yo‘qotiladi. Ammo yuqoridagi boshqa usullardan ko‘ra qimmatga tushadi. Ohakli sodali usullarda suv dag‘al yumshaydi (0,3 g — ekv/1 gacha).

Amaliyotda suvnning qattiqligi awal arzon reagentlar yordamida, masalan, Ca(OH)2 bilan, so‘ngra qattiqlikni to‘liqroq yo‘qotish uchun Na3 P04 dan foydalaniladi.

Keyingi yillarda o‘zining oddiyligi, yuqori samaradorligi va iqtisodiy arzonligi sababli fizik-kimyoviy, ya’ni ion almashinishi usuli keng qo‘llanilmoqda. Ion almashinish usuli bilan suvni yumshatish, suvdagi Ca2+ va Mg2+ ionlarini o‘z kotionlariga almashtirish xossasiga ega bo‘lgan kationitlar yordamida qattiqlikni yo‘qotishga asoslangan. Shunday xossaga ega bo‘lgan birikmalarini ionidlar deyilib, ular kationit va anionitlaiga bo‘linadi.

Kationitlar tarkibida odatda, harakatchan natriy kationiti yoki vodorod kationiti saqlaydi. Anionitlar esa harakatchan gidroksil (OH—anionit) guruh saqlaydi. Na — kationit sifatida turli xildagi alyumosilikatlar: gloukonit, seolit, permutit va boshqalar, Na — kationiti sifatida esa, sulfurlangan ko‘mir sintetik sxemalardan foydalaniladi. OH — anionitlar sifatidan yuqori molekular moddalar masalan, karbomidli smolalar ishlatiladi.

Suvni Na — kanionit bilan yumshatish reaksiyasi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:

Na2(Kat)+Mg(HC03)2= Mg (Kat)+2NaHC03 Na2(Kat)+CaS04= Ca(Kat)+Na2S04

Bunda, (Kat) — kationitning almashinish reaksiyasida ishtirok etmaydigan qismi.

Suvdagi barcha tuzlami yo‘qotish (tuzsizlash) uchun, suv nav- bat bilan awal Na — kationitdan, so‘ngra OH — anionitdan o‘tkaziladi:

2H(Kat)+CaS04= Ca(Kat)2+H2S04 H(Kat)+NaCl= Na(Kat)+HCl 2(An)C>H+H2S04=(An)2S04+2H20 (An)0H+HCl=(An)Cl+H20

Ion almashinish reaksiyasi qaytar bo‘lib, ionitning ion alma- shinish xossasini qayta tiklash mumkin. Buning uchun ionit regeneratsiyalanadi. Natriy kationitni osh tuzining eritmasi bilan, vodorod kationitni mineral kislotalaming eritmasi bilan reginerat- siyalanadi. Anionitlar esa ishqor eritmasi bilan regineratsiyalanadi. Ionit filtrining tuzilishi 13- rasmda berilgan.

В t

13- rasm. Kationit filtrining tuzilishi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish