Toshkent yangiyul poligraph service


§. Ichimlik suvini tayyorlash



Download 0,69 Mb.
bet26/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Ichimlik suvini tayyorlash

Ichimlik suviga alohida talablar qo‘yUadi: u toza, tiniq, rangsiz, hidsiz, kimyoviy va bakteriyalar bilan ifloslanmagan bo‘lishi lozim, ya’ni ichimlik suvi GOST talablariga javob berishi kerak. ,

GOSTga binoan ichimlik suvining 1 ml da bakteriyalaming umumiy soni 100 ta dan, ichak tayoqchasining miqdori 1 litr suvda uchtadan ortiq bo‘lmasligi shart. Daryo va ko‘l suvlari, odatda bu talablarga javob bermaydi, shuning uchun ham ichimlik suvini vodoprovod tarmog‘iga berishdan ilgari suv tozalash stansiyalarida tozalanadi. Ichimlik suvini tayyorlash to‘rt bosqichli: tindirish, koagulyatsiyalash, filtrlash va zararsizlantirish kabi jarayonlardan iboratdir. Ichimlik suvini tayyorlashning asosiy sxemasi 12- rasmda berilgan. Tozalash uchun suv havza (l)dan, ko‘pincha oraliq quduq (dag‘al tindirgich 3) orqali olinadi. Unga suv o‘z oqimi bilan keladi. Dag‘al tindirgichga suv sekin oqib kiradi va unda tiniq dag‘al dispers zarrachalardan tozalanadi. Suv olish qurilmasi (2) himoya to‘ri bilan jihozlangan bo‘lib, yirik narsalarning, shu jumladan baliqlaming qurilmaga tushishini oldini oladi.

Suvdagi yengil muallaq zarrachalar juda sekin cho‘kadi. Kolloid zarrachalar tuproq, §ilikat kislotalari, gumin kislotalari va boshqalar esa filtrlash va cho‘ktirish usullari bilan ajralmaydi. Shuning uchun


suv havzadan yoki tindirgichdan birinchi ko‘targich nasos (4) yor­damida aralashtirgichga koagulyatsiya ko'tarib beradi. Koagulyatorga elektrolitlar — A12(S04)3, FeS04 yoki boshqa birikmalarning erit- malari (koagulyantlar) ham quyiladi. Aralashtirgichda (koagulya- tor) koagulyatsiya jarayoni boradi.

Koagulyatsiya bu — geterogen sistemalarni ajratishning eng samarali usulidir. Bujarayonning fizik-kimyoviy mohiyatini soddaroq qilib quyidagicha bayon etishi mumkin. Elektrolit juda suyultirilgan eritmalardan musbat zaryadlangan zarrachalar hosil qilib gidrolizlanadi. Qaysiki, bu zarrachalar manfiy zaryadli kalloid zarrachalarnnig yuzasiga adsorblanib uni neytrallaydi. Natijada zaryadsizlangan kalloid zarrachalar bir-biriga yopishib, yiriklashadi va cho'kadi. Koagulyant ioni zaryadi (Al3+.Fe3+) qanchalik katta bo‘lsa, koagulyatsiyalash uchun shunchalik kam elektrolit sarflanadi. Bir vaqtning o‘zida Al2 (S04)3 muvaqqat qattiqligini ham ancha kamaytiradi.

Aralashtirgichda quyidagi reaksiyalar boradi.

Al2 (S04)3+6H20=2A1(0H)3+3H2S04 Al2(S04)3+3Ca(HC03)2=2Al(0H)3+3CaS04+6C02

Koagulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan keng yuzali iviqsimon cho‘kma sekinlik bilan cho'ka boshlaydi va yengil muallaq zarrachalami o‘ziga yopishtirib oladi hamda organik bo‘yoq moddalarini ham absorbsiyalab cho‘kadi, natijada suv tiniq bo‘lib qoladi.

Koagulyant sarfi suvning ifloslanganlik darajasi bilan belgilanadi: bahor paytlarida Al2 (S04)3dan 120 g/m3, yoz davrida 70 g/m3 qishda esa 20 g/m3 sarflanadi. Koagulyatsiya jarayonini tezlashtirish uchun ko'pincha iviqsimon cho‘kmalarning hosil bo‘lishi va uni cho‘kishini tezlatuvchi qo‘shimcha reagentlar flokulyantlar ishlatiladi. Flokulyant sifatida: aktivlangan silikat kislotasi, karboksimotil- sellyuloza, olein kislotasining natriyli tuzi, sintetik polimer material- lar poliakrilamid, polietilenimin vaboshqalardan foydalaniladi. Ayniq- sa, loyqa suvlarda flokulyantni qo‘llash katta samara beradi. Agar suvdagi loyqa miqdoriga nisbatan 1 % poliakrilamid qo‘shilganda koagulyant qo‘shish miqdori 2—3 marta kamayadi, iviqsimon cho‘kmaning cho‘kish tezligi 10—20 martagacha tezlashadi.

Suv aralashtirgichdan tindirgichga o‘tadi, u yerda koagulyatsiya (flokulyatsiya) tugaydi va suvdagi aralashgan zarrachalar cho‘kadi. Tindirgichlar katta sig'imli betondan qilingan hovuz bo‘lib, suvni tindirgichda uzoqroq muddat boMishini ta’minlash uchun unda to‘siqlar o‘matilgan. Ammo, suvning to‘liq tiniqlashuviga ochiq tipdagi qum filtr orqali filtrlangach erishiladi. Suv (qalinligi 2 m gacha bo‘ladi) bosim 0,1 m/s tezlikda ffltrlanadi. Filtrlovchi material sifatida bir qavat graviy va uning ustida bir qavat zarrachalarining kattaligi 0,5—1 mm bo‘lgan 1 m qalinlikdagi qum (kvars qumi)dan foydalaniladi. Suvning loyqalari qum yuzasida o‘tirib qolib filtrlovchi yupqa parda hosil qiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu parda qalinlashadi, natijada suvning tozalanish darajasi ortadi, ammo filtrlanish tezligi kamayadi. So'ngra u filtr tozalash uchun to‘xtatiladi va filtrlash boshqasida davom ettiriladi. Odatda, filtrlardan bir nechta bo‘ladi.

Koagulyatsiya, cho‘ktirish, filtrlash nafaqat suvni begona aralash- malardan tozalaydi, tiniq qiladi, balki 70—80 % gacha mikroblardan ham tozalaydi. Ko‘pchilik hollarda tozalangan suvda mikroblar miqdori me’yordan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun filtrdan chiqqan suv zararsizlantirish uchun 8- apparatga yuboriladi. Zararsizlantirish — suvdagi bo‘lgan mikroorganizmlar va bakteriyalarni: xlorlash, ozonlash, qaynatish va boshqa yo'llar bilan yo'qotishdir. Suv xlorlash uchun toza xlor yoki kalsiy gipoxloritdan foydalaniladi. Suvni kalsiy gipoxlorit bilan ishlov berilganda atomar kislorod (kuchli oksidlovchi) hosil bo‘lib, u mikroorganizmlami o‘ldiradi va organik qoldiqlami oksidlaydi.

Ca(C10)2+C02+H20=CaC03+2HC10

HC10=HCl+0

Suv xlorlanganda ortiqcha xlor, suvga ammiak yoki natriy sul’fit qo‘shish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Suvdagi qolgan xlorning miqdori


  1. 2 — 0,4 mg/1, dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda suvni ozon bilan zararsizlantirilmoqda. Bunda ozon parchalanib atomar holdagi

kislorod hosil qiladi. Bunday suv xlorlangan suvdan farq qilib, xlor hidiga ega emas. Zararsizlantirish so‘nggi yillarda suvni ftorlash (1 mg/1, gacha ftor, Na2SiF6 birikmasi shaklida suvga solinadi, bu bir vaqtning o‘zida kishilaming tishini yemirilishdan ham himoya qiladi, ultrabinafsha nuri bilan nurlantirish, ultratovush to‘lqinlari bilan ishlov berish kumush ionlari bilan ishlov berish orqali ham amalga oshirilmoqda.

Suv zararsizlantirilgach, ichishga yaroqli bo‘lib, ikkinchi ko‘tarib berish nasosi yordamida bosim hosil qilish minorasiga ko‘tarib beriladi. Bu minora vodoprovodlarda suvning doimiy bosimini ta’minlab turadi.




  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish