Toshkent yangiyul poligraph service


§. Sanoatda suv sarfini kamaytirish yo‘llari



Download 0,69 Mb.
bet29/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Sanoatda suv sarfini kamaytirish yo‘llari

Har yili sayyoramizdagi mavjud daryolarda oqqan suvning barchasini birgalikda qo'shib hisoblaganda, uning 600—700 km3 ga yoki 9 % sanoat va maishiy ehtiyojlar uchun sarflanadi. Shundan 150 km3 qaytmas holda sarflanib, 500 km3 ga yaqini esa toza suv bilan aralashtirilib (suyultirilib) yana daryo, ko‘l va dengizlarga quyiladi. Suyultirish uchun dunyodagi daryolarning 40 % ga yaqin suvi sarflanadi. Shuning uchun insoniyat oldida dunyoda suvning tugash xavfi emas balki, ichishga yaroqli bo‘lgan toza sifatli chuchuk suvning tugab qolish muammosi turibdi.

Bunday suv resurslaridan samarali foydalanish kabi murakkab vazifani hal qilish uchun ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan suv sarfiyoti me’yori hamda har bir jarayon uchun eng kam toza suvni sarflashni nazarda tutuvchi yangicha texnologik sxemalami yaratish, shuningdek, ifloslangan suvni chiqarib tashlamaydigan yopiq sistemalami joriy qilish zarur.

Ishlatiladigan suvni tozalash katta iqtisodiy chiqimlar bilan bog‘liq. Korxonani suv bilan ta’minlashning murakkab sistemasi va korxonadan chiqqan chiqindi suvni tozalash qurilmalarini barpo etish kabi ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini oshirishga olib keladi. Masalan, suvni filtrlashning o‘zi toza daryo suviga nisbatan uning tannarxini 1,5 martaga oshiradi. Qisman suvni yumshatish esa 8 marta, suvni tuzsizlantirish, to'liq yumshatish esa 10—11 martagacha oshiradi. Kimyo korxonasining juda katta mablag‘i suv tozalash qurilmalarini qurish uchun (korxona umumiy kapital mablag‘ining 10—15% dan ko‘prog‘i) sarflanadi.

Kimyo korxonalarida suv sarfini kamaytirish uch yo‘nalish orqali amalga oshirilishi mumkin: 1. Ishlatilgan suvni yana qayta - qayta ishlatish. 2. Suvli sovitkichlami havo sovitkichlariga almashtirish.



  1. Oqova suvlami tozalash va qayta ishlatish.

Sanoatda foydalaniladigan suvning 45 % gacha miqdori issiq almashtirgichlarda sovitish maqsadida ishlatiladi. Bu suv u qadar ko‘p ifloslanmaydi va ko‘p martalab qayta ishlatilishi mumkin. Buning uchun har gal ishlatishdan oldin gradirlarda (issiq suvni yuqoridan sachratish orqali sovitadigan minorasimon qurilma) va suvni sachratib, sovitish havzalarida (bunda maxsus quvurlar orqali issiq suv yuqoridan ochiq hovuzlarga, dushdan suv oqqanidek sachratilib) sovitiladi.

Ishlatilgan suv neftni qayta ishlash sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan, 1965-1970- yillarda 1 t neftni qayta ishlash uchun 10 m3 suv sarflanar edi. Hozirgi paytda esa faqat 1,15—1,18 m3 suv sarflanadi xolos.

Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlovchi korxonalarning suvi ishlatilib bo‘lgach, chiqarilib awal tindiriladi, aralashgan qattiq zarralar ajratib tashlanadi. Qisman tuz va reagentlarda tozalanadi, so‘ngra yana texnologik jarayonga yuboriladi. Bunda faqat bug‘lanib ketgan suv o‘rni toza suv qo‘shish bilan to‘ldirib turiladi xolos. Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlaydigan korxonalar mis suyuqlantirib olinadigan kombinatning, misni boyitish fabrikasini misol qilib keltirish mumkin. Sanoatda suv sarfini katta miqdorda kamaytirish imkonini beradigan yo'nalish suvli sovitkichlami havo sovitkichlariga almashtirishdir. Kam chiqindi chiqaradigan texno- logiyani, suv ishlatilmaydigan texnologik jarayonlami ishlab chiqa- rishga joriy qilishdir.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish