Qattiq yutgichlar bilan absorbsiyalash, gazlardan zararli aralashmalarni yuqori absorbsiyalash xossasiga ega bo‘lgan qattiq adsorbent yordamida selektiv yuttirib ajratib olishga asoslangan. Bunda fizikaviy absorbsiya ham xemosorbsiya qo‘llaniladi. Bunda adsorbentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) yuqori darajada yutish xossasiga ega bo‘lishi; b) tanlab yutishi kerakligi; d) termik barqaror bo'lishi; e) oson regeneratsiyalashi; f) uzoq muddat strukturasi buzilmay va yuzasining xossasi o‘zgarmay xizmat qilishi; g) mexanik mustahkam bo‘lishi kerak.
Gazlami tozalash uchun adsorbent sifatida g‘ovaklik darajasi yuqori bo'lgan materiallar: aktivlangan ko‘mir, silikagel, sintetik seolitlar (alyumosilikatlar) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |