majmuyi tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalanila-
tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
151
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo‘lgan
bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi bo‘lib yuzaga
keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa
undan ancha ilgari yuzaga kelgan.
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish
uchun to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi
va vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor
bilan sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari ko‘p. Ularning
uchrashishida yoki bozor munosabatlarida baho mexanizmi markaziy
o‘rinda turadi, u talab va taklifni muvozanatga keltiradi. Talab va
taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini
qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi iqtisodiy
kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir.
EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchi-
ligini his etish tuyg‘usidir.
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy,
milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida
shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz bo‘lishi mumkin, lekin bu
xohishni qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson
o‘zi uchun eng muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi.
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan
ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir.
XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni.
Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi.
BITIM – ikki tomon o‘rtasida ular uchun zarur bo‘lgan tovar va
xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir.
AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan
narsani ikkinchi tomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo
operatsiyasini o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna
kartoshkani ayirboshlash.
Bozorning umumiy holatini o‘rganish zamonaviy marketing
tamoyillaridan biridir. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud
vaziyatda uning holatiga (konyunkturasiga) baho berish va bozorning
rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. Marketing
faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor
konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanat masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga
152
bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi
olim Jan Batist Sey o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor
konyunkturasini tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor
“ishtirokchilari” (o‘yinchilari) orasidagi ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar,
xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini modellashtirishni,
aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va
ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: