149
VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA
BASHORAT QILISH
7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va
istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat
evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala
sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari
majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab
chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida
amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq
tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan
potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda “bozor”
tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va
potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir
umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi
(masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar
(iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki
katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan,
O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari)
haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat.
Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan,
Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya
Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday
kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish
bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining
iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi
qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib
aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi)
lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini
o‘z ichiga oladi.
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar
150
ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul
munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi
hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor
mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini
qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini
ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaat-
dorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik
yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning
pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor, shou-
biznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning
turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar)
bozoriga bo‘linadi.
Iste’mol bozori
- bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan
iborat bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-
xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakter-
lanadi.
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida,
ishlab chiqarish -
texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat
tashkilotlari bozoriga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: