Iqtisodiy rayonlarning O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni va roli Iqtisodiy rayon-iqtisodiy tabiiy sharoitlari bir xil, xalqlar xo'jaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega bo'lgan hudud; mamlakatning hududiy ishlab chiqarish majmuyidan iborat bo'lgan qismi. O'zbekistonda 8 ta iqtisodiy geografik rayon mavjud. Har bir rayon o'zining yetakchi, asosiy tarmoqlari mavjud bo'lib, bu tarmoqlar rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi Toshkent iqtisodiy rayoni Tarkibida Toshkent shahri va Toshkent viloyati mavjud
•Angren ko'mir havzasi mamlakatdagi eng yirik ko'mir koni
•Rayonda tabiiy gaz va neftdan boshqa hamma qazilma boyliklar mavjud
•Mamlakatimizning 1/5 qismi shu yeda yashaydi
•Mehnatga yaroqlilar eng katta salmog'iga ega, oliy ma'lumotlar ko'pi shu yerda.
•3 ta IES bor respublikaning yengil va og'ir sanoatning asosiy qismini beradi
•Bekobod tumanidagi metallurgiya zavodi yirik korxonalardan biri .Bu yerda xom ashyo- temir tersak
•Toshkent viloyati qishloq xo'jaligi e'tiborga molik
Buxoro Navoiy iqtisodiy rayoni Rayon Navoiy va Buxoro viloyatlarini o'z ichiga oladi
Gazli,Qorovulbozor,sartosh, Kogon, Muruntov konlari O'zbekiston uchun baza hisoblanadi
•Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonalari bo'lib, rayon yalpi mahsulotining 40 %ini ishlab chiqaradi
•UNESCOga kiritilgan tarixiy obidalarning yarmidan ko'pi shu rayonda
• Qishloq xo'jaligi paxtachilik va qorako'lchilikdan iborat. Yurtimizdagi yaylovlarning yarmidan ko'pi shu rayonda.O'zbekistondagi qorako'l qo'ylarining va tuyalarining yarmidan ko'pi shu yerda boqiladi
•Asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho'lidan ) iborat bo'lgani uchun qorako'lchilikda ahamiyatli
Farg’ona iqtisodiy rayoni Tarkibida Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bor
•O'zbekiston aholisining 1\5qismi shu yerda yashaydi
•Mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning 25%ini beradi
• Respublikada pillaning 45%ini beradi
•Asaka avtomobil zavodi respublikada yetakchi
Qashqadaryo iqtosodiy rayoni Qashqadaryo viloyati hududidan iborat
•Respulikamizdagi jami aholining 1\10 qismi shu yerda
•Yoqilg'i sanoati yalpi mahsuloti hajmi bo'yicha 1- o'rin
•Respublikada ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 1\10 qismini;
•Yengil sanoat mahsulotining 7 %ini beradi
•G'alla va paxta ekin maydonlari bo'yicha 1- o'rindadir
• 150 dan ortiq sanoat korxonlari mavjud
•Tallimarjon IES , Muborakgaz yirik korxonlar O'zbekistonning faxri hisoblanadi
Surxondaryo iqtisodiy rayoni Surxondaryo viloyatidan iborat
•Rayon janubiy darvoza hisoblanadi
•Asosiy qismi tog'lardan ibotat.Shuning uchun tog'lardagi mevali daraxtlari oziq-ovqat sanoatining qimmatli xom-ashyo yetkazib beradi
•Vohaning janubiy issiq joylarida ingichka tolali paxta yetishtiradi
•O'zbekistonning 3 yirik ko'mir kkonining ikkitasi shu yerda
•Jahonga mashhur "Surxon suri " qorako'l terisi shu yerda yetishtiriladi
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bor
•Eng katta hisoblangan bu rayonda qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning 6% i bor
•Iqtisodiy rayon O'zbekistonda yetishtiriladigan sholining yarmidan ko'pini beradi
•Nukusda jundan yurt to'qiydigan kambinat mavjud
Qishloq xo'jaligidagi asosiy tarmoqlar:pillachilik, sholichilik, polizchilik,go'sht-sut chorvachiligi
Sanoatning asosiy tarmoqlari:elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari,, yengil , oziq-ovqat un-yorma
Samarqand iqtisodiy rayoni Samarqand viloyatidan iborat
•Mineral boyliklar juda ko'p
•"SamAvto" zavodi Isuzu rusumli avtobuslar chiqaradi
•Mevali daraxtlarning 15%i, tokzorlarning 30% i ushbu rayonga to'g'ri keladi
•Qoramollar soni jihatidan rayon respublikada birinchi
•Qorako'lchilikda esa 3- o'rinda
•Turizm ham yaxshi rivojlangan .Sababi u juda qadim davrdan beri borligidir
Arxeologik izlanishlar natijasida Samarqandning yoshi 2755 da ekanligi aniqlangan
Mirzacho'l iqtisodiy rayoni Tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari bor
•Respublika bo'yicha yalpi paxta hajmining 1\4 qismi ushbu
rayonga tegishli
•Agrosanoat majmuyi yuksak rivojlangan
•Mirzacho'l qovunlari respublikadan tashqari chet elda ham mashhur
•Jizzaxda qurilgan Zomin sanatoriyasi eng yaxshi dam olish maskani