Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari


Dorivor moddani ( kimyoviy birikmalarni) turg‘unlashtirish



Download 6,38 Mb.
bet69/208
Sana08.01.2022
Hajmi6,38 Mb.
#333271
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   208
Bog'liq
ДТТРИ МАЖМУА 20-21 25.09

Dorivor moddani ( kimyoviy birikmalarni) turg‘unlashtirish

Kimyoviy turg‘unlikka ta’sir etuvchi omillar:



  • dorivor modda va yordamchi modda sifati;

  • pH muhiti;

  • harorat;

  • katalizatorlarning mavjudligi (og‘ir mettallar ionlari);

  • saqlash harorati;

  • jihoz turi (ayniqsa in’eksion dorilarga);

  • kislorod ta’siri (suvda kislorodning bo‘lishi).

Bu usul bilan dorilarni barqarorligini kimyoviy moddalarni - turg‘unlashtiruvchilarni qo‘shish bilan ta’minlanadi.( stabilizatorы ximicheskix veщestv). Bu turg‘unlashtirish usulning axamiyati g‘oyat muhim sterilizatsiya ( ayniqsa termik usuli bilan) qilinadigan dori shakllarida, suyuq dorilarda. Kimyoviy turg‘unlashtirish usuli dorilarda gidrolitik va oksidlanish va qaytarilish jarayonlarni bartaraf etuvchi yoki susaytiruvchi stabilizatorlarni qo‘shishga asoslangan.

1. Gidroliz. Ko‘p dori moddalar gidrolizga uchraganda faolligi kam, mutlaqo faol bo‘lmagan yoki zaharli moddalar hosil qiladi. Alkaloid tuzlari, glikozidlar, vitaminlar va efirlar gidrolizga uchrashi mumkin. Gidroliz reaksiyasining tezligi harorat, katalizator, pHko‘rsatkichi, erituvchi tabiatiga bog‘liqdir. Gidrolizda eng muhim faktor bo‘lib muhitning pH ko‘rsatkichi hisoblanadi.Kuchli asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlar, kuchsiz asos kuchli kislotadan tashkil topgan tuzlar tez gidrolizga uchraydi. Dikain, novokainamid, novokain, atropin sulfat, skopolamin gidrobromidlar gidrolizga uchraganda nofaol va hatto zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Undan tashqari murakkab efirlari xam.

Quyidagi rasmlarda turli kimyoviy tabiatli dori moddalarni gidrolizga uchrashish mexanizmlari keltirilgan:1

Rasm 1. Amidlarni (a) va murakkab efirlarni (b) gidroliz mexanizmlari


Rasm 2. Atsetilsalitsil kislotasining gidrolizi: salitsil kislota va sirka kislotasi xosil bo‘ladi



Rasm 3. Benzilpenitsillinning asosiy gidroliz reaksiyasi: laktam guruxini parchalanish oqibatida benzilpenitsil kislotasini hosil bo‘lishi preparatning faolligini pasayishiga olib keladi.


2. Moddalarning oksidlanishi aromatik amin xosilalari, fenotiazin xosilalari, aksariyat alkaloid tuzlari, azot asosi tuzlari, vitaminlarda sodir bo‘lishi mumkin. Oksidlanish natijasida farmakologik nofaol moddalar yoki zaharli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Oksidlanish jarayonining tezligi quyidagi faktorlarga bog‘liq: kislorod miqdori, harorat, muhitning рНko‘rsatkichi, katalizator va agregat xolat. Ko‘pincha eritmaning oksidlanishi uning rangini o‘zgarishidan bilinadi. Masalan, aminazin, diprazin oksidlanganda eritmaning rangi to‘q qizil rangga bo‘yaladi. Ishqoriy shisha idishga solib sterillangan glyukoza eritmasi oksidlanib, karamellanib rangi sarg‘ayadi, ba’zan qo‘ng‘ir ranggacha bo‘yaladi.

Opiy alkaloidlari: morfin, apomorfin, omnopon va boshqalar ishqori sharoitda oksidlanib nofaol yoki zaharli moddaga aylanadi, eritma rangi o‘zgaradi. Morfin oksidlanganda zaxarli modda – oksidimorfinga aylanadi, apomorfin esa yashil rangli zaharli modda hosil qiladi.

Askorbin kislotasi va uning tuzlari oksidlanganda nofaol birikma – 2,3 diketogulen kislotasiga aylanadi. Jarayon ishqoriy sharoitda va katalizator (metal ionlari) ishtirokida yanada jadallashadi. Bunda eritma sarg‘ayadi.

B1 vitamini eritmada havodagi kislorod, harorat, quyosh nuri va katalizator ishtirokida tez oksidlanib sarg‘ayadi.Quyidagi jadvalda dorilarda asosiy oksidlanishning misollari keltirilgan



Izomerlanish. Dori moddalarning ko‘pchiligi optik faol birikmalardir (atropin, adrenalin, shoxkuya alkaloidlari va boshqalar). Ko‘pincha DM ikki xil izomeri bo‘lib, chapga buruvchi shakli fiziologik faol, o‘nga buruvchi shakli aksincha – faolligi kamdir. Masalan, adrenalinning chapga buruvchi shakli 15-20 marta faolroq (o‘nga buruvchi shakliga ko‘ra ). Izomerlanish moddalarning kimyoviy tabiatiga, asimmetrik uglerod atomiga yo‘nalgan funksional guruxga, moddalarning optik faolligiga, harorat, nur, metal ionlari, muhitning pH ko‘rsatkichi va hakozo omillarga bog‘liq.Xozirda epimerizatsiya jarayonlari xam uchraydi. Masalan tetratsiklinlarda.Tetratsiklinning epimerizatsiyasi 4-epitetratsiklinni hosil bo‘lishiga olib keladi, u esa antimikrob faolligiga ega emas va toksik xususiyatlari ancha yuqori.1 Izomerlanish moddalarning kimyoviy tabiatiga, asimmetrik uglerod atomiga yo‘nalgan funksional guruxga, moddalarning optik faolligiga, harorat, nur, metal ionlari, muhitning pH ko‘rsatkichi va hakozo omillarga bog‘liq.




Jadval 1. Dorilarda asosiy oksidlanishning misollari 1

Rasm 4. Tetratsiklinning epimerizatsiyasi ( a) 4-epitetratsiklingacha (b)3

.


Download 6,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish