Adsorbent qo‘shib qo‘shimchalardan tozalash.Dori preparatini uning tarkibiga kiruvchi qo‘shimchalardan tozalash uchun adsorbsiya usulini ham qo‘llash mumkin. A markali faollashgan ko‘mir adsorbent vazifasini bajaradi. U eritmani nafaqat quyi molekulali moddalardan (kalsiy laktatda kalsiy oksalatdan), balki YUMBlar xususan, pirogen moddalardan ham tozalaydi (glyukoza eritmasida).Bu maqsadda kraxmal kleysteri qo‘shib nam granullash usulida olingan tabletka –karbolenni qo‘llash mutlaqo yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |