“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Gerbariy 
ramkalarida 
quritish.
Gerbariy 
ramkalarida 
quritilgan 
oʻsimliklarning koʻpchiligi oʻzining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda oʻsimlik 
yumshoq qogʻoz yoki gazeta orasiga solib qoʻyiladi. Har bir varaq qogʻoz va 
oʻsimlik oʻrtasiga yana bir necha qavat qogʻoz yoki gazeta qoʻyiladi, chunki 
quritilayotgan oʻsimlik oʻzidan namlik chiqaradi. SHundan soʻng papka ikkita 
toʻrsimon ramka oʻrtasiga qoʻyilib, ochiq havoga qoʻyiladi. Agarda havo harorati 
kechqurun va kechasi juda pasayadigan boʻlsa, oʻsimlik issiq va quruq joyga olib 
quritiladi. 
Pressda quritish.
Orasiga oʻsimlik solingan qogʻozlar gerbariy papkasi 
oʻrniga ikkita faner listlar oʻrtasiga joylanib, ogʻir narsa bostirib qoʻyiladi. Ogʻrilik 
pressga qancha oʻsimlik joylashtirilganligiga bogʻliq boʻladi. Mayda nozik 
oʻsimliklar kam ogʻirlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 
soatdan soʻng qogʻoz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi. 
Issiq dazmol bilan quritish.
Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, 
maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qogʻoz orasiga oʻsimlikni 
qoʻyib, ustidan dazmol yurgiziladi. Soʻngra ustki qavatidagi gazetani olib, 
quritilayotgan oʻsimlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi, soʻngra gazeta 
yopib yana dazmollanadi. Oʻsimlik 2-3 minutda quriydi va u oʻzining tabiiy 


127 
rangini yoʻqotmaydi. Agarda quritilgan oʻsimlik koʻtarilganda oʻzining tanasini 
ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, 
demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi. 
Barglar.
Barglar oʻyinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qoʻshimcha 
material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda boʻlishi mumkin. Eman 
daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. 
Barglardan kapalak qanoatlari, baliq suzgichlarini (bu oʻyinchoqlar gʻudda va 
bargdan yasaladi) yasashda qoʻllash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli 
boʻlganida terish yaxshi. Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar oʻqituvchi 
rahbarligida ekskursiya jarayonida toʻplanadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin 
bolalarga boʻlajak ish namunasi koʻrsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan koʻrib, 
mashgʻulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar, ya’ni bargning shaklini, 
daraxt navlarini aniqlaydilar. SHundan soʻng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi 
toʻziladi. Ekskursiya yoʻnalishi, tabiiy materiallarni toʻplash uchun moʻljallangan 
joylar aniqlanadi. Oʻquvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan 
obektdan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy muhim 
belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga, toʻplanayotgan materialni toʻgʻri 
baholashga yoʻllaydigan savollar roʻyxati toʻziladi. Daraxtzorga kelganda bolalar 
kayfiyati koʻtarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning 
ranglari, shakllari bolalarni ajablantiradi. Ular tabiatning butun goʻzalligini, uning 
ranglarini, toʻkilgan barglar hidi va ular oʻzining elastiklik xususiyatini 
yoʻqotganligini, qattiqlashib, sinuvchan boʻlib qolganligini koʻradilar. Bolalarning 
atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori 
barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda oʻsimliklarda 
sodir boʻlayotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: oʻsimlik 
yangi sharoitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik koʻrayotganligi bilan 
tanishadilar. 
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, ninachilarga, 
ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qushlar, ularning toʻzilish 


128 
formalari haqida, mehnat darslarida qushlar applikatsiyasini tayyorlash uchun 
toʻplangan barglar material xizmatini oʻtashi toʻgʻrisida suhbat oʻtkaziladi. 
Oʻquvchilar barglarni toʻplar ekanlar, ularning ranglarini, shakllarini 
qiyoslashni oʻrganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat qilish 
qobiliyatlarini oʻstirishga yordam beradi. Toʻplangan barglar oldindan tayyorlab 
qoʻyilgan daftar varaqlari orasiga qoʻyiladi. SHundan keyin bolalarga barglarning 
mehnat mashgʻulotlarigacha rangini yoʻqotmasligi, buralib ketmasligi uchun 
qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning 
e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya 
oxirida 
suhbatga 
yakun 
yasaladi, 
ekskursiyada 
egallangan 
bilimlar 
umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan 
rasmlarni, suratlarni koʻrish, ularning tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga 
alohida e’tibor berish topshiriladi. 
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashgʻulotda bolalar quritilgan 
barglardan qush applikatsiyasini zoʻr ishtiyoq bilan bajaradilar, agar applikatsiyalar 
oʻz istaklariga koʻra, oʻzlari toʻplagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, 
qiziqishlari yanada ortadi. 
Bunday dars, mashgʻulot quyidagi sxemaga ega boʻladi. Ishni bajarilish 
tartibini aniqlash: 
1. Predmetning qismlari joylashishini grafik tasvirlash; 
2. Predmetning qismlari uchun shakli hamda oʻlchamlari bir xil boʻlgan 
barglarni topish; 
3. Ularni qogʻozga joylashtirish; 
4. Ishning bajarilish texnologiyasi haqida tushuntirib berish; 
5. Ishni amaliy bajarish. 
Applikatsiyani bajarish boʻyicha mustaqil ish: 
1. Shaklni, oʻlcham va boʻyoqlarni toʻgʻri tanlash; 
2. Yelimlash ishlarini tartibli bajarish; 
3. Detallarning joylashishini toʻgʻri tasvirlash; 


129 
4. Ish bajarilgan qogʻozning orqasiga barglaridan foydalanilgan daraxt yoki 
oʻsimliklarining nomlarini yozish. 
Bajarilgan ishning tahlili va baholash: 
1. Ish bajarilishida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni aniqlash; 
2. Xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida toʻgʻrilash; 
3. Namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni ragʻbatlantirish. 
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, applikatsiyalar 
yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsalarga bezak berish 
materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Bu ishlarni bajarish oʻquvchilarni 
estetik didini, tasavvurini oshiradi va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash 
qobiliyatlarini oʻstirishga yordam beradi. 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish