“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


-10 MAVZU. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

9-10 MAVZU. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi. Tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi. 
Reja

1. Turli materiallarni toʻplash va ishga tayyorlash amalga oshirish. 
2. Tabiiy materiallar toʻplash. 
3. Turli materiallar bilan ishlash ahamiyati
 
Oʻzbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qorishmalar, 
plastmassalar, yogʻochlar va oʻsimliklarga boy oʻlkadir. Respublikamizning bu 
tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xomashyo boʻlishi bilan bir 
qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material boʻlib ham 
xizmat qiladi. Oʻquvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va 
muhabbatni, undagi goʻzalliklarni koʻra bilishni tarbiyalash kerak. Tabiiy 
materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur qiladi. Kuzatishlar esa 
badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik gʻoyasini, tushunchalarning aniqligini 
uygʻotadi. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli 
asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, koʻnikma, 
malakalarini beradi. Turli tabiiy materiallarni toʻplash oʻqituvchi qoʻygan 
maqsadga bogʻliq boʻladi. Oʻquvchilar koʻrib chiqilgan va batafsil muhokama 
qilingan yoki oʻzlari oʻylab topgan tasvir uchun material toʻplaydilar. Yoki 
aksincha, avval turli barglarni toʻplab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari 
mumkin. Tabiiy materiallarni oʻquvchilar dastlab oʻqituvchi rahbarligida sayr 
vaqtida toʻplaydilar. Tabiiy materillarni toʻplash jarayonida oʻquvchilar atrofdagi 
oʻsimliklar dunyosi, hashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gul navlarini, 
nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallarni qachon va qanday toʻplash va qanday 
saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qoʻriqlash va unga ehtiyotkorona 
munosabatda boʻlish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir 
oʻquvchining burchidir. 


123 
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz 
ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urugʻlari, mevalar – olcha, oʻrik, shaftoli danaklari 
va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, joʻxori va makkajoʻxori soʻtalari, paxta 
chanogʻi, yongʻoq poʻsti va shu kabilardan keng foydalaniladi. 
Tabiiy materiallarni toʻplash, saqlash va ularga ishlov berish tabiatshunoslik 
darslarida egallangan bilimlarni qoʻllash hamda ularni mustahkamlash imkonini 
beradi. Oʻquvchilar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy materiallar, 
masalan: yongʻoqlar, barglar, shoxchalarni, koʻl, hovuz qirgʻoqlaridan – chiroyli 
toshchalar, chigʻanoqlarni olib kelishadi. Oʻquvchilar tabiiy toʻplash jarayonida 
turli materiallarni teradilar, ushlab koʻradilar, shaklini, rangini, har birining 
xususiyatini oʻrganadilar. Bu esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam 
beradi. Masalan, bolalar yongʻoqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki 
qismi gʻadir-budur ekanligini bilib oladilar, choʻchqa yongʻogʻini esa oval shaklda, 
yaltiroq sariq-jigarrang boʻlishini bilib oladilar. Tabiat bilan boʻlgan muloqot 
bolalarning tasavvurini kengaytiradi, diqqat bilan kuzatish qobiliyatini 
shakllantiradi, tabiiy materiallardan buyumlar yaratishda idrok va tasavvurning bir 
butunligini saqlaydi. 
Buyumlarni yasashda oʻquvchilar avval qiynalsalar, keyinchalik, uzluksiz 
mehnat natijasida bolaning oʻziga ishonch, aniqlik, qoniqish va xohish kabi 
sifatlarga ega boʻladi va barmoqlari epchil harakat qiladi. Tabiiy materiallar bilan 
ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, tafakkuri va fikrlash qobiliyatining 
rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. 
Tabiiy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzatadigan boʻlsak, boshida 
bolalar namunani koʻrib chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash usulini tahlil 
qiladilar; bu jarayonni oʻzlash tirgandan soʻng ish murakkablashadi. Oʻquvchiga 
tayyorlanadigan oʻyinchoqning rasmi yoki foto surati koʻrsatiladi va ular topshiriq 
yoki oʻzining oʻylagan fikri asosida buyumni yasaydilar. Oʻyinchoqlarni tabiiy 
materiallardan tayyorlashning qiziqarliligi bolalarning diqqatini rivojlantiradi, 
uning mustahkamligini oshiradi. 


124 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish