Urugʻlar.
Oʻyinchoq uchun tabiiy materiallarga qimmatli qoʻshimcha boʻlib
daraxtlar, gullar, sabzavotlar urugʻlari xizmat qiladi. Masalan: zarang, shumtol
urugʻlari. Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishtiriladi. Ulardan ninachi
qanotlarini, quyon quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar
urugʻlaridan koʻzlar yasash mumkin. Urugʻlarni kuzda yigʻish yaxshiroq.
• Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
• ochiq tondagi qogʻoz va fon tanlanadi;
• applikatsiyaga moʻljallangan tasvir uchun urugʻlar tanlanadi;
• tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga,
kerakli materiallar, ularning oʻlchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi;
• tasvirlash lozim boʻlgan predmetlarning holati aniqlanadi;
• tasvirlanadigan urugʻ ranglari va hodisalarning uygʻunligiga erishiladi;
• tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urugʻdan tayyorlanadi,
ularni chizmaslik kerak;
• urugʻlar qogʻoz sathiga joylashtiriladi va oʻylangan tasvir hosil qilinadi;
• agar bu tasvir ma’qul boʻlmasa, urugʻlar boshqacha joylash tiriladi;
• urugʻlarni yelimlashda pva yelimidan foydalaniladi;
• tasvirning kerakli qismi yelimlanadi va urugʻlar yopishtiriladi;
• urugʻlarni yelimlashda qisqichlardan foydalaniladi;
130
• urugʻlarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning oʻrnini qalam
bilan belgilab qoʻyiladi;
• urugʻlar yelimlab boʻlgandan soʻng quritish uchun qoʻyiladi. Quritishda
yelvizak boʻlmasligi kerak.
Somon texnikasi
yangi yoʻnalish boʻlganligi uchun asta-sekin yoshlar
tomonidan oʻrganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati cheklangan bolalarga
oʻrgatish quvonarli hol. CHunki ular ish jarayonida oʻzlarining nogiron
ekanliklarini unutib, yaratayotgan namunalaridan zavq olishadi va hunar egasi
boʻlishadi.
1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak boʻladi. Aynan bugʻdoy yigʻini
boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki bandlari alohida
yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. CHunki, tepa qismi quyosh
nuriga yaqinligi uchun qizarib, toʻqroq, pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda
boʻladi. Ushbu qalamchalarni bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash
jarayonida oʻz oʻrniga moslab qoʻllaniladi.
2. Yigʻib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qoʻyiladi va ular
hoʻl nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi. Ushbu sohani
tanlagan hunarmand nafaqat oʻz ishini bilishi, balki tasviriy san’at yoʻnalishini
ham puxta egallashi lozim. Asar uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi.
3. Endigi navbat chizmaga. Qogʻozga oʻylangan kompozitsiya chizib olinadi
va ushbu eskiz oddiy qogʻozga koʻchiriladi. Eskizning har bir qismi alohida-
alohida qirqib olinadi.
4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya’ni issiq,
sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qogʻoz ustidan yelim yordamida yopishtirib
chiqiladi.
5. Yaratilgan asar janriga koʻra, unga ishlov beriladi. Masalan, bolakay obrazi
boʻlsa, uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus kuydirish uskunasidan
foydalaniladi. Bu uskuna yordamida asar xuddi rassom chizgandek tasvirlanadi.
Alohida ishlangan kompozitsiya oʻzaro birlashtiriladi va qora mato yoki
somon qalamchalaridan tayyorlangan tag qismiga yopishtiriladi. Hajmiga qarab,
131
ramkaga solinadi. Asosiysi, ular hech bir ranglarsiz ustaning mahorati ila asar
sifatida yaratiladi. Rangsiz kompozitsiyalar ranglilaridan farqli ravishda yaratilishi,
kuydirilishiga koʻra ancha murakkab hisoblanadi. Rangli qilish mumkin, ya’ni
somon ustidan boʻyoq beriladi. Latviya, Belorussiya, Litva va Rossiyaning turli
shaharlarida somonchilik na’munalaridan aynan rangli qilib tayyorlanadi. Tabiiy
materiallar bilan ishlash jarayonida oʻquvchilar ona tabiat bilan yaqinlashishga,
unga tejamkorlik va mehribonlik, ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga
oʻrganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |