“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Erkin diqqat shakllanadi.
Masalan, kuchukchani tayyorlashda bolalarga 
avval uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan koʻrib chiqib (ular 
simmetrik holda turishi, past ham, baland ham boʻlmasligi, haqiqiyga oʻxshashi 
kerak) teshiklarini belgilash, boshi va boshqa detallarini mahkamlash joylarini 
koʻrib chiqish tavsiya etiladi. Tabiiy materialdan qilingan buyumlar koʻpincha 
bolalarning qiziquvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijodiy 
izlanish, yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. Oʻyinchoqlarni 
tayyorlashda bolalarni qulay emotsional yoʻnaltirish, mehnatda muloqat quvonchi, 
chiroyli oʻyinchoq yasash jarayonida rohatlanish hissi umumiy rivojlanishi uchun 
juda muhimdir. Tabiiy materiallardan oʻyinchoqlar yasash mehnati bola shaxsining 
rivojlanishiga yordam beradi. 
Oʻyinchoqni yasash oson ish emas. Uni yasashda noaniqlikka duch kelganda, 
oʻquvchilarga mustaqil ravishda uni bajarish yoʻllari oʻrgatiladi. Ba’zan biron-bir 
ishni yasash uchun kerakli oʻlchamda eman daraxtining gʻuddalarini tanlash, 
oʻyinchoq qismlarini oʻlchash yoʻllarini amalga oshirish va h.k. 
Kattalar yordami bilan bola omadsizlik sababini, ularni yengish yoʻllarini 
oʻrganadi. SHu asnoda unda maqsadga intilish, qati’yatlik, boshlangan ishni 
oxiriga yetkazish kabi sifatlar shakllanadi. Ushbu mehnat turida oʻz faoliyatini 
baholash va nazorat qilish sifatini shakllantirishning real imkoniyatlari bor. Tabiiy 
materialdan oʻyinchoq yasash mehnati individual va jamoaviy boʻlishi mumkin. 
Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy mehnat ulkan quvonch olib keladi. Bu yerda 
shunisi muhimki, bolalar jamoaviy mehnatning natijasini, foydasini tushunishlari 
kerak. 
Turli materiallar bilan ishlash.
Turli materiallar bilan ishlaganda chiqindi 
materiallari: poʻkak, qutichalar, plastmassa idishlar va shu kabilardan 
foydalaniladi. Mashgʻulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda mahalliy 
sharoitlar: oʻlka iqlimi, tabiati, ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy 
ustaxonalari va shu kabilarni e’tiborga olish kerak. Mashgʻulotlarni shunday 
tashkil etish kerakki, ular bolalarning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirisin, tasavvur 
qilishga oʻrgatsin. Turli materiallarning texnologik xususiyatlari shunday xilma-


125 
xilki, narsalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsaga 
bezak beruvchi material sifatida ham foydalanish mumkin. 
Turli materiallardan oʻyinchoqlar, yodgorliklar, koʻrgazmalar, roʻzgʻor uchun 
foydali buyumlar va boshqa buyumlarni yaratish badiiy modellashtirishga 
yaqinlashib ketadi, bolaning estetik hissiyotlari va badiiy moyilliklarini oʻstirishga 
yordam beradi. Bu ishlarni bajarish jarayonida bolalar quyidagi malaka va 
koʻnikmalarni egallaydilar hamda mustahkamlaydilar: 
1. Turli tabiiy materiallar hamda ularni toʻplash va saqlash qoidalari bilan 
tanishish. Atrof muhitni muhofaza qilish. 
2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va mustahkamlash qoidalari. 
3. Buyum uchun atrof muhitdan obekt tanlash. 
4. Predmetni tahlil qila bilish. Detallar uchun material, shuningdek ularga 
ishlov berish uchun asboblar tanlash. 
5. Mustaqillikni, fantaziyani namoyon qilish. Ijodiy qobiliyatlarni oʻstirish. 
6. Boshqa materiallar bilan tanishish. 
7. Obrazlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy qobiliyatlarni oʻstirish. 
8. Metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish. 
Jarayon bosqichlarini taqsimlay olishni, umumiy maqsadni hisobga olgan 
holda oʻz faoliyatini rejalay olish qobiliyatini bolalarda shakllantirish uchun 
jamoaviy ishning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jamoaviy 
mehnat bolalarda jamoalik, doʻstona munosabat, oʻzaro yordam, birodarlik 
kurtaklarini shakllantiradi. Jamoaviy mehnatning natijalari, ayniqsa kattalar 
tomonidan quvvatlanib bolalarga qanot bagʻishlaydi, ularni yangi buyumlar 
yasashga undaydi. Har bir ishga koʻtarinki ruhda kirishadilar. SHunday ekan, 
tarbiya va ta’lim jarayoni toʻgʻri tashkil etilsa, turli tabiiy material bilan ishlash 
bolalarni barkamol oʻstirishda samarali vosita boʻlib qoladi. 
Oʻquvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obektdan mehnat 
darslarida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy muhim belgilari, elementlari 
va xususiyatlarini ajratishga, toʻplanayotgan materialni toʻgʻri baholashga 
yoʻllaydigan savollar roʻyxati toʻziladi. 


126 
Tabiiy materillarni toʻplayotgan har bir oʻquvchi tabiiy materiallarni tartibli 
yigʻish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg toʻplash jarayonida daraxtlar, butalar 
shoxini qoʻpollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni oʻylamasdan uzish tabiatga 
nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni qoʻl bilan sindirib 
boʻlmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin. Oʻsimliklarni toʻplashda gazeta, 
gerbariy papkasi, qaychi, paxta boʻlishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga 
materiallar tartib bilan joylanadi. 
Quritib olishga moʻljallangan oʻsimliklar har qanday namlikdan holi boʻlishi 
kerak, aks holda oʻsimlik quritilganda unda dogʻlarning izi qoladi. Quritilayotgan 
oʻsimlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib 
turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. Oʻsimliklarni 
quritish 3 sutkadan oshmasligi kerak. 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish