“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
 
8-MAVZU. Qogʻoz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil 
etish metodikasi 
Reja 
1. Qogʻozning turlari va xususiyatlari
2. Kartonning turlari va xususiyatlari
3. Qogʻoz va kartonga ishlov berish usullari
4. Qogʻoz bilan ishlashda turli xil asboblardan foydalanish
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi 
mashgʻulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham toʻqnash keladigan 
materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha oʻquv anjomlari: daftarlar, kitoblar, 
oʻquv qoʻllanmalari bosiladigan qogʻoz turlari – yozadigan, muqova qilinadigan, 
bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qogʻozlaridir. Qogʻoz va karton 
boshlangʻich sinflar mehnat darslarida eng koʻp qoʻllanadigan materiallardir. 
Oʻquvchilar bu materiallarga kundalik hayotda ham koʻp marta duch keladilar. 
Boshlangʻich sinflardagi texnologiya taʼlimi dastur materiallarini tahlil qilar 
ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qogʻoz va karton bilan ishlash” 
ekanligini koʻramiz. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari qogʻoz va kartonga ishlov 
berishning quyidagi usullarni oʻrganadilar:


112 
1. Qogʻozni turi, navi, rangi, oʻlchamiga koʻra tanlash.
2. Qogʻozdan maketlar yasaganda qogʻozga ishlov berishning eng oddiy 
usullari sifatida qogʻozni oʻrtasidan buklab va toʻrt burchak qilib buklash 
(uzunasiga va koʻndalangiga).
3. Ingichka qogʻoz parchalarini toʻgʻrilash, bukilgan joylarini ikki 
tomonidan buklash.
4. 45-90 gradus burchak qilib buklash.
5. Qogʻozni buklab belgilangan chiziq boʻyicha qaychi bilan qirqish, 
asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qoʻllash.
6. Qogʻozni andoza boʻyicha belgilash. Qalam bilan chiziq boʻyicha oddiy 
belgilash.
7. Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.
8. Qaychi bilan murakkabroq shakllar: barglar, qoʻziqorinlar, mevalarni 
qirqish.
9. Qogʻozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari
10. Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni 
quritish.
11. Qogʻozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan koʻchirib buyum 
detallarini bir-biriga yopishtirish.
12. Turli oʻyinchoqlarni kvadrat asos va toʻgʻri burchak asosidan bukib 
yasash. 
13. Daftar, kitoblarni muqovalash.
14. Qogʻozni buklash va turli shakllar yasash.
Oʻquvchilar ishlov berilayotgan materiallarning xususiyatlarini hisobga olib, 
ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini oʻrganish 
vaqtida egallagan bilimlarini qoʻllashlari lozim.
Birinchi 
sinfda oʻquvchilar 
eng 
avvalo 
faqat 
mehnat 
darsi 
mashgʻulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham toʻqnash keladigan 
materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha oʻquv anjomlari: daftarlar, kitoblar, oʻquv 
qoʻllanmalari, bosiladigan qogʻoz turlari – yoziladigan, muqova qilinadigan, 


113 
bosma, rasm solinadigan, kitob va roʻznoma qogʻozlaridir. Taʼlim jarayonida 
oʻquvchilar turli qogʻozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, 
zichligi, siyohni singdirish xususiyati, sathining xarakteri – silliq, gʻadir-budurligi 
bilan tanishadilar. Oʻquvchilar mashgʻulotlarda qogʻoz varaqlarini buklaydilar va 
toʻgʻrilaydilar, ularni qismlarga boʻlib yirtadilar va qirqadilar, boʻyaydilar. Shu 
bilan birga qogʻozni buklash yoʻl bilan turli xil narsalarning shaklini yasaydilar. 
“Qogʻoz va karton bilan ishlash” oʻquvchilarni garmonik rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qogʻoz bilan ishlash ijodni rivojlantirishga 
yordam beradi fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni 
faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qoʻl mehnati, chamalash va rangni sezishni 
oʻstiradi. Qogʻoz va karton bilan ishlash mashgʻulotlariga oldindan quyidagicha 
tayyorgarlik koʻriladi: stolning ustiga qogʻoz yozib, oʻng tomoniga qaychi, yelim 
uchun choʻtka, chizgʻich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar 
uchun quti chap tomonlariga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qogʻoz 
toʻplamini qoʻyadilar. Har bir mashgʻulot oxirida oʻquvchilar keyingi 
mashgʻulotda kerak boʻladigan narsalarni yozib oladilar.
Oʻquvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
boʻlishlari, oʻz ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan 
sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, oʻqituvchi koʻrsatmalariga amal 
qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashgʻulotdan soʻng 
sinfni tozalab qoʻyishlari kerak.
Barcha fanlarda qoʻllanilgani kabi mehnat darslarida taʼlimning koʻrgazmali 
vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, 
chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika 
vositalaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, qogʻoz va karton bilan 
ishlash mashgʻulotlarida oʻquvchilar qogʻozni buklash yoʻli bilan turli xil 
narsalarning shaklini yasashni ham oʻrganib boradilar. Ana shunday mashgʻulotlar 
davomida oʻqituvchi quyidagi koʻrgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. SHu 
bilan birga oʻquvchilar bu koʻrgazmalarning yasalish bosqichlariga rioya qilgan 
holda, dars davomida oʻzlari yasashlari ham mumkin.


114 
Qogʻoz va karton faqat poligraf sanʼatidagina emas, balki, xalq xoʻjaligining 
hamma tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish 
sanoatida qogʻoz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda. Turli 
xil qogʻozlardan kitoblar, oynomalar, roʻznomalar chiqarish uchun foydalanishini 
barcha oʻquvchilar yaxshi biladilar. SHuning uchun ham texnologiya taʼlimi 
darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini ular foydalanadigan 
qogʻozning turmushda tez-tez uchraydigan va qoʻl mehnati darslarida 
ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishi lozim.
Bu qogʻozlarning turlari quyidagilardan iborat:

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish