“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Chizmachilik qogʻozi
– eng pishiq va qalin qogʻozdir. Matodan 
tayyorlanadi, uning oliy navi qoʻlda tayyorlanadi. Undan bayramlar uchun qiziqarli 
niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qogʻozi
– ikki xil nomerli boʻlib, selyullozadan tayyorlanadi. Oliy 
naviga 25% mato boʻlagi qoʻshiladi. CHizmachilik chizishda shuningdek, qoʻl 
mehnati darslarida foydalaniladi.
Rangli va jiloli qogʻoz
– mehnat darslarida keng qoʻllaniladi. Turli xil 
rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qogʻozlar toʻplami chiqariladi.
Karton qogʻoz
– karton deb 1 kv m 250 grammdan ortiq boʻlgan qogʻozga 
aytiladi.
Oq karton
– uni qirqish oson, oʻzi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu 
karton yelimni koʻp shimadi (koʻpincha yelimdan shishadi). Undan mayda 
narsalarni muqovalashda foydalanish mumkun.
Sariq karton
– oq kartondan koʻra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi, 
yelimdan koʻtarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kulrang karton
– oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq 
karton massasidagi qumdan tez oʻtmaslashadi. Kartonning bu turidan oʻta 
pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton
– bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo berilgan, 
ishlov berish oson va koʻrinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, 
muqovalar tayyorlash uchun qulay boʻlgan karton turidir.


115 
Taʼlim jarayonida oʻquvchilar turli qogʻozlarning asosiy jismoniy 
xususiyatlari: rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining 
xarakteri silliq, gʻadir-budurligi bilan tanishadilar. Baʼzi narsalarni tayyorlashda 
bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarning 
asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni oʻrganishlari kerak.
Qogʻoz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, bolalar 
ularni osonlik bilan oʻzlashtirib oladilar. Qogʻoz va kartonga ishlov berish 
yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha mehnat turlari boʻyicha 
texnologiya taʼlimida keng qoʻllaniladi. Qogʻozni buklash usullari. Qogʻozni teng 
ikkiga buklash uchun qogʻoz stol yoki parta ustiga qoʻyiladi va oʻng hamda chap 
qoʻl bilan qogʻozni oʻziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki 
uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qogʻozning uchlarining qirrasi bir-biriga 
toʻgʻri tushishi kerak. Ana shundagina qogʻoz qoʻl bilan tekislanib, uning boqilgan 
chizigʻi ustidan tirnoq bosib yurgiziladi.
Qogʻozni boqilgan joyidan yirtish. Qogʻozni yirtishdan oldin, avval 
ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni oʻng qoʻl bilan bosilib, chap qoʻl bilan 
boqilgan chiziqdan sekin yirtiladi. Boʻgʻilgan chiziq ustiga chizgʻichni qoʻyib ham 
qogʻozni yirtish mumkin. Qogʻozni boqilgan joyini pichoqda qirqish. Qogʻozni 
buklab, tirnoq bilan bosib iz tushiriladi. SHundan soʻng uning buklangan chizigʻini 
oʻng tomonga qilib stol ustiga qoʻyiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.
Qogʻozni qaychi bilan qirqish. Qaychi oʻng qoʻlda ushlanadi. Ish vaqtida 
qaychini toʻgʻri ushlab, qirqilayotgan qogʻozni undagi kesish chizigʻi aniq 
koʻrinishi uchun aylantirib turiladi.
Qogʻozni yopishtirish. Stolning ustiga gazeta yozib, uning ustiga kerakli 
oʻlchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qogʻoz qoʻyiladi va moʻyqalam 
yordamida oʻrtasidan chetiga avval chap, soʻngra oʻng tomonga qarab yelim 
suriladi. Yelim tez, yupqa qilib suriladi. Yelim surilgan qogʻozni yopishtiriladigan 
predmetning ustiga qoʻyib, uning ustidan gʻijimlanishlar boʻlmasligi uchun toza 
mato boʻlagi bilan bosib tekislanadi.


116 
Qogʻoz va kartonni oʻlchash usullari. Mehnat darslarida qogʻozni oʻlchash 
usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qoʻllanadigan 
asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizgʻich, uchburchak 
chizgʻich va sirkuldir. Qogʻoz va karton bilan ishlash darslarining asosiy 
xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy koʻrinishidagi yigʻ ma, 
chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan 
foydalaniladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning yigʻma chizmani oʻqishga, chizma va 
namunadan barcha detallarni, ularning oʻlchamini aniqlash va har qaysi detalni 
mustaqil belgilab olishga oʻrgatadi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga namuna va mehnat 
darsidagi chizmani koʻrsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal 
tayyorlash kerakligini, ularning oʻlchami shakli qanday boʻlishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab toʻgʻri toʻrtburchak, uchburchak shaklida ekanligini 
aytadilar. Qogʻoz va karton bilan ishlash mashgʻulotlarida oʻquvchilar oldindan 
quyidagicha tayyorgarlik koʻrishadi: stolning ustiga qogʻoz yozib, ish uchun 
kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashgʻulot oxirida 
oʻquvchilar keyingi mashgʻulotda kerakli boʻladigan narsalarni yozib oladilar.
Oʻquvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
boʻlishlari, oʻz ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, shu 
bilan birga ish joylarini toza va ozoda tutishlari, sinf xonasini tozalab qoʻyishlari 
kerak. Barcha fanlarda qoʻllanilganidek, mehnat darslarida ham taʼlimning 
koʻrsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil 
namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlar shuningdek, texnik 
vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, “Qogʻoz va karton bilan 
ishlash” mashgʻulotlarida oʻquvchilar qogʻozni buklash yoʻli bilan turli xil 
narsalarning shaklini yasashni ham oʻrganib boradilar. Ana shunday mashgʻulotlar 
davomida oʻqituvchi quyidagi koʻrsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. SHu 
bilan oʻquvchilar bu koʻrgazmalarni yasashning bosqichlariga rioya qilgan holda, 
dars davomida yasalishini oʻrganib borishlari mumkin.


117 
1. ”Lola“ koʻrsatmali quroli.
1-bosqich. Rangli qogʻozlardan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich. Uning diagonallari boʻyicha buklab, buklangan doʻppi shakliga 
keltiriladi.
3-bosqich. Buklashdan hosil boʻlgan uchburchakning pastki, asos 
tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkazdirib 
buklanadi.
4-bosqich. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga 
qarab buklanadi.
5-bosqich. Hosil boʻlgan shakl cheti qogʻozning oʻrtasiga, yaʼni hosil 
boʻlgan chiziqqa tomon buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday 
buklanadi.
6-bosqich. Oxirgi buklangan shakllarning har bir orqa tomoniga qaytarib 
buklanadi. Buklangandan soʻng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi. 
Keyin shaklni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yuqori qismidagi 
uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “Lola” shakli hosil boʻladi. 
Lolaning bandini boshqa qogʻozni silindr shaklida oʻrab, uni lolaning pastki 
puflangan qismiga kiritib qoʻyish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning 
bargini, gʻunchasini ham yopishtirib qoʻyish mumkin. Maktabda muqovalash 
ishlari. Kitobni qoʻlda muqovalashga aloqador barcha amaliy ishlar boshlangʻich 
sinf oʻquvchilarining qoʻlidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda 
oʻquvchilar qogʻoz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qogʻoz 
yopishtirish, 
ayrim-ayrim 
varaqlarni 
yopishtirish 
kabi 
malakalarini 
mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini oʻrganib, egallab borar 
ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri haqida bilim olib, muqovasozlik 
ishining asoslari bilan tanishadilar. Muqova ishlash ishiga aloqador kasblar bilan 
tanishadilar. Bundan tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik 
bilan munosabatda boʻlish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini bajarish 
jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, oʻlcham olish, qirqish va 
egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblarni tuzatishda ularni 


118 
ijtimoiy foydali mehnatga oʻrgatiladi. Kitoblarni tuzatish. Zararlangan sahifalarni 
tiklash, yirtilgan joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, toʻgʻrilash va 
sahifa burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalarni mustahkam lash, yamoq 
solishdan iboratdir. Kitobni taʼmirlash ishlarida odatda un kleysteridan 
foydalaniladi. Sahifa yirtilgan boʻlsa, yirtilgan joylarning cheti nam tappon bilan 
toʻgʻrilanadi, soʻngra yelim surtib, yirtiq boʻylab oʻng va chap tomonidan shaffof 
qogʻoz tasmasi qoʻyiladi. Kitob sahifalarining buralib ketgan, ammo hali pishiq 
boʻlgan uchlari nam tappon bilan toʻgʻrilanadi va soʻngra ogʻir buyum bilan 
bostirib 
qoʻyiladi. 
Siyqalanib 
ketgan 
burchaklar 
ikkala 
tomondan 
mustahkamlanadi. Sahifaning yopishmagan qismi yamoq solib toʻldiriladi. Kitobni 
boshqa muqovaga qoʻshib, metall bilan mustahkamlanadi. SHundan keyin blokni 
muqova ichiga qoʻyib, muqova yopiladi va blokning joylashishi tekshiriladi. 
Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng oraliqda, taxminan 3 mm muqova 
ichiga kirib turishi kerak. Muqovani old tomonini pastga qilib qoʻyib ochiladi va 
orqa tomondagi forzats qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya 
old tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
Oʻqituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun qanday 
material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material oʻlchami, ishni bajarish 
tartibi oʻquvchilar bilan birgalikda belgilanadi. Oʻzlariga tanish ishlarni 
oʻquvchilar mustaqil, tanish boʻlmaganlarini oʻqituvchining tushuntirish va 
koʻrsatmasi asosida bajaradilar. Oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish maqsadida 
ular materialni oʻlchash va hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari 
asosida mustaqil bajarganlari maʼqul. Oʻqituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda 
sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi 
kerak. Kitob uchun muqova tayyorlash Oʻqituvchiga tavsiya: Kitob insonlarning 
maʼnaviy bilim oladigan va dunyo boʻylab qadr-qimmatini yoʻqotmaydigan 
vositadir. “Kitob mening doʻstimsan”, “Kitob bilim manbayi” kabi naqllar bejiz 
aytilmagan. Necha asrlar davomida kitob insonlarga ziyo tarqatadi. Oʻquvchining 
darsliklari ham ana shunday bilim beruvchi vosita boʻlib hisoblanadi. Kitoblar 


119 
insonlarga koʻp yillar davomida xizmat qilishi uchun ularni asrab-avaylab 
foydalanish kerak.
Qogʻoz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu 
darsda buyumlarning umumiy koʻrinishidagi yigʻma, chizma va buyumning 
namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning yigʻma chizmani oʻqishga, chizma va 
namunadan barcha detallarni, ularning oʻlchamini aniqlashga va har qaysi detalni 
mustaqil belgilab olishga oʻrgatadi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga namuna va mehnat 
darsidagi chizmani koʻrsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal 
tayyorlash kerakligini, ularning oʻlchami, shakli qanday boʻlishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab toʻgʻri burchak, uchburchak shaklida ekanligini 
aytadilar.
Qogʻoz va karton bilan ishlash mashgʻulotlari oʻquvchilar oldidan 
quyidagicha tayyorgarlik koʻrishadi: stolning ustiga qogʻoz yozib boriladigan ish 
uchun kerakli ish qurollari va materiallarni har bir mashgʻulot oxirida oʻquvchilar 
keyingi mashgʻulotda kerakli boʻladigan narsalarni yozib oladilar.
Oʻquvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
boʻlishlari, oʻz ishini rejalashtira boʻlishlari, unumli foydalanishlari shu bilan birga 
ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qoʻyishlari kerak.
Barcha fanlarda qoʻllanilgan mehnat darslarida ham taʼlimning koʻrsatmali 
vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, 
chiziq sxematik namuna, turli predmetlarning shuningdek texnik vositalardan 
foydalaniladi.
Yuqorida aytib oʻtganimizdek “Qogʻoz va karton bilan ishlash” 
mashgʻulotlarida oʻquvchilar qogʻozni buklash yoʻli bilan turli xil narsalarning 
shaklini yasashni ham oʻrganib boradilar. Ana shunday mashgʻulotlar davomida 
oʻqituvchi quyidagi koʻrsatmali qurollardan foydalanish mumkin. SHu bilan 
oʻquvchilar bu koʻrgazmalarni yasashi bosqichlariga rioya qilgan holda, dars 
davomida yasashlari ham mumkin.


120 
“Lola” koʻrsatmali quroli.
1-bosqich: Rangli qogʻozdan kvadrat qirqib olinadi. Uning diagonallari 
boʻyicha buklab, buklangan doʻppi shakliga keltiriladi.
2-bosqich: Buklash hosil boʻlgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi 
ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkizdirib buklanadi. Xuddi 
shuningdek orqa, tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga qarab buklanadi.
3-bosqich. Hosil boʻlgan shaklda cheti oʻrtaga hosil boʻlgan chiziqqa tomon 
buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
4-bosqich. Oxirgi buklangan shakllarning har biri orqa tomoniga qaytarib 
buklanadi. Buklangandan soʻng ularning uchlari bir-biriga qaytarilib qoʻyiladi. 
Keyin shaklning pastki ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yuqori 
qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “Lola” shakli hosil 
boʻladi. Lolaning bandini qogʻozni silindr shaklida oʻrab, uni lolaning pastki, 
puflangan qismiga kiritib qoʻyish bilan qilish mumkin. Bu bandga lolaning birgina, 
gʻunchasini ham yopishtirib qoʻyish mumkin.
“Xoʻrozcha” koʻrsatmali quroli.
Yasash bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qogʻoz olinadi va uning barcha uchlari 
kvadrat oʻrtasiga qarab buklanadi.
2-bosqich. Hosil boʻlgan kvadratning orqasi oʻchirilib, uning uchlari ham 
kvadrat oʻrtasiga etkazib buklanadi. SHunday ish yana bir marta bajariladi.
3-bosqich. Hosil boʻlgan kvadratning uchlari oʻrtaga etkazib buklangan 
tomonning orqasi oʻgiriladi va uning qarama-qarshi uchlaridagi shakllar, 
toʻrtburchak shaklida tashqariga buklanadi.
4-bosqich. Kvadratning tashqariga buklanmagan ikki uchidan ushlab uni 
tashqariga qaratib toʻntarilsa, “Xoʻrozcha” hosil boʻladi. Soʻngra hosil boʻlgan 
shaklning bir uchini buklash bilan xoʻrozchaning tumshugʻini hosil qilish mumkin.


121 
“Baliq” koʻrsatma quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qogʻoz olinadi. U bitta diagonali 
boʻyicha teng ikkita buklanadi. Soʻngra yoyib uni bir uchi rangli tomondagi 
diagonalga etkazib buklanadi.
2-bosqich. Hosil boʻlgan shaklning orqasi, qogʻozning rangsiz tomoni 
oʻgiriladi. Ichkariga buklangan uchining ikki tomoni diagonalga etguncha 
buklanadi.
3-bosqich. Xuddi shunday qolgan ikki tomoni ham diagonalga etkazib 
buklanadi.
4-bosqich. Hosil boʻlgan shaklda tashqariga buklangan kvadratning uchta 
uchidan ikkitasi yaʼni ichkariga buklangan uning ikki tomonidagi uchlari pastga 
qaratib, uning qarshisidagi uchi esa avval chap tomonga, keyin shu buklangan 
uchning oʻrtasidan oʻng tomonga qarab buklanadi. Hosil boʻlgan shaklni orqasiga 
oʻgirib qaralsa “Baliq” hosil boʻladi.
“Stakan” koʻrsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qogʻoz olinib, uni bitta diagonali 
boʻyicha teng ikkiga buklanadi.
2-bosqich. Hosil boʻlgan uchburchakni diagonalida uchlardan biridan uchi 
uchburchakning shu uchi qarshisidagi tomonga yetguncha buklanadi.
3-bosqich. Diagonallardan uchlardan ikkinchisi ham qarshisidagi tomonga 
etguncha buklanadi.
4-bosqich. Hosil boʻlgan shaklning yuqoridagi ikki uchidan biri buklangan 
uchlar tomonga, ikkinchi uchi shaklning ichkariga buklanadi. Natijada “Stakan” 
hosil boʻladi.
Shunday qilib har bir shaklning tuzilish bosqichlari toʻgarak asosida 
bajarilishi koʻrsatiladi. Bajarilgan shakllarning mazmuni haqida gapiriladi. Bu 
shakllar ertak, hikoya ishtirokchilari yoki qahramonlari sifatida foydalanish 
mumkinligi tushuntiriladi.


122 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish