Tabiiy material
– bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun asosiy tayanch
hisoblanadi. Oʻquvchilarga oʻyinchoq va buyumlar yasashda ulardan qanday
foydalanishni oʻrgatish zarur. SHu maqsadda tabiiy materiallar burchagi tashkil
etiladi. Tabiiy materiallar burchagini sinfxonada, uyda tashkil etish mumkin.
Tabiiy materiallardan buyum va oʻyinchoqlarni tayyorlash – qiziqarli, oddiy
boʻlmagan va juda yoqimli mehnatdir.
Tabiiy materiallarni toʻplash, saqlash va ularga ishlov berish tabiatshunoslik
darslarida egallangan bilimlarni qoʻllash hamda ularni mustahkamlash imkonini
beradi.
Oʻquvchilar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy materiallar,
masalan: yongʻoqlar, barglar, shoxchalarni, koʻl, hovuz qirgʻoqlaridan – chiroyli
toshchalar, chigʻanoqlarni olib kelishadi. Oʻquvchilar tabiiy toʻplash jarayonida
turli materiallarni teradilar, ushlab koʻradilar, shaklini, rangini, har birining
xususiyatini oʻrganadilar. Bu esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam
beradi. Masalan, bolalar yongʻoqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki
qismi gʻadir-budur ekanligini bilib oladilar, choʻchqa yongʻogʻini esa oval shaklda,
yaltiroq sariq-jigarrang boʻlishini bilib oladilar.
Tabiat bilan boʻlgan muloqot bolalarning tasavvurini kengaytiradi, diqqat
bilan kuzatish qobiliyatini shakllantiradi, tabiiy materiallardan buyumlar yaratishda
idrok va tasavvurning bir butunligini saqlaydi. Buyumlarni yasashda oʻquvchilar
avval qiynalsalar, keyinchalik, uzluksiz mehnat natijasida bolaning oʻziga ishonch,
132
aniqlik, qoniqish va xohish kabi sifatlarga ega boʻladi va barmoqlari epchil harakat
qiladi.
Tabiiy materiallar bilan ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, tafakkuri va
fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Tabiiy materialdan buyum
tayyorlash jarayonini kuzatadigan boʻlsak, boshida bolalar namunani koʻrib
chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni
oʻzlashtirgandan soʻng ish murakkablashadi. Oʻquvchiga tayyorlanadigan
oʻyinchoqning rasmi yoki foto surati koʻrsatiladi va ular topshiriq yoki oʻzining
oʻylagan fikri asosida buyumni yasaydilar.
Oʻyinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqarliligi bolalarning
diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi. Erkin diqqat shakllanadi.
Masalan, kuchukchani tayyorlashda bolalarga avval uning oyoqchalarini
mahkamlash joylarini diqqat bilan koʻrib chiqib (ular simmetrik holda turishi, past
ham, baland ham boʻlmasligi, haqiqiyga oʻxshashi kerak) teshiklarini belgilash,
boshi va boshqa detallarini mahkamlash joylarini koʻrib chiqish tavsiya etiladi.
Tabiiy
materialdan
qilingan
buyumlar
koʻpincha
bolalarning
qiziquvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijodiy izlanish,
yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. Oʻyinchoqlarni tayyorlashda
bolalarni qulay emotsional yoʻnaltirish, mehnatda muloqat quvonchi, chiroyli
oʻyinchoq yasash jarayonida rohatlanish hissi umumiy rivojlanishi uchun juda
muhimdir. Tabiiy materiallardan oʻyinchoqlar yasash mehnati bola shaxsining
rivojlanishiga yordam beradi.
Ushbu mehnat turida oʻz faoliyatini baholash va nazorat qilish sifatini
shakllantirishning real imkoniyatlari bor.
Tabiiy materialdan oʻyinchoq yasash mehnati individual va jamoaviy boʻlishi
mumkin. Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy mehnat ulkan quvonch olib keladi.
Bu yerda shunisi muhimki, bolalar jamoaviy mehnatning natijasini, foydasini
tushunishlari kerak.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |