Tarif-malaka maiumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarin-
ing batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablardan iborat boiib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo'yiladigan razryadlar ham ko'rsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koefFitsiyentlari ham boiib, ular birinchi razryadh ishchiga haq to'lash bilan keyingi razryadh ishchilar mehnatiga haq to'lashning o'zaro nisbatini ko'rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti hamrna vaqt birga teng boiadi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega boigan ishchining mehnatiga toianadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qihsh sharoiti og'ir va zararli boigan ishchilarga tarif stavkasiga qo'shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo'yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega boigan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakah kadrlami jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xiz- matchilar tarkibi barqaror bo'lishini ta'minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko'zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqah ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi toiashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o'sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o'rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o'zgarish, 2008-yilning 1-aprelidan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi oyiga 20865 so'm qilib belgilanib, boshqa razryadlarga to'g'ri keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda oshiriladi.
12.4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli Mehnat munosabatlari — ish beruvchilar va yollanma ishchilar o'rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq toiash bo'yicha mu- nosabatlardir. Ishga yollash bo'yicha korxona ma'muriyati va ishchilar o'rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shart- nomalari — korxona ma'muriyati va ishchilar o'rtasidagi ishga yollash bo'yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat. Mehnat shartnomalari awalo ish haqi stavkasi, me'yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog'liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlaming o'zgarishini hisobga ohb iste'mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlami o'z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chi- qiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona ma'muriyati va ishchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Ko'pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojianishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog'hq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo'ladi. Aksariyat ishchi^ kuchi bozorlarida ishchilar o'zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqah jamoa bo'lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko'p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar ohb boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo'ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yoilar bilan erishishi mumkin.