Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlar chiqarib tashlash yo'li bilan aniqlanadi



Download 61,19 Mb.
bet146/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlar chiqarib tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foy- dadan ichki xarajatlar miqdoriga ko'proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o'z ichiga me'yordagi foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushufti tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq tasawur etish mumkin (11.9-chizma).
11.9-chizma
Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi


Buxgalteriya atamasi bo'yichaBuxgalteriya foydasi


Umumiy pul tushumi


Tashqi xarajatlar







Umumiy pul




Tashqi




Ichki




Me'yor­

tushumi




xarajatlar




xarajatlar




dagi foyda


Iqtisodiy atama bo'yicha


Iqtisodiy foyda



Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foiz- da ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydala­niladi. Bular foydaning joriy sarflarga — korxona xarajatlariga yoki avans­langan mablag'larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. P'=(P/JV)x 100%, bu yerda: P' - foyda normasi; P — foyda massasi; W — ishlab chiqarish xarajatlari

;

2. P = (P/Km,am ) x 100%,


bu yerda: P~ — foyda normasi; P — foyda massasi; Kavmis— korxona avanslangan mablag'lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o'rtacha yil- lik qiymati.
Bizning misolimizdagi korxonaning «A» mahsulot ishlab chiqarish- dan olgan foyda massasi 40 mln. so'mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so'm / 60 mln. so'm) • 100%) ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to'g'ri mu­tanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag'lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko'rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o'sishiga chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o'zgarmagan holda ikki yo'l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini ka- maytirish hisobiga; 2) narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Xulosalar

  1. Ishlab chiqarish xarajatlari — iqtisodiyot nazariyasining eng mu­him tadqiqot kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning bar- qaror rivojlanishini ta'minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarfla- nadigan xarajatlarning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.

  2. Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, ishlab chiqaril­gan va sotilgan mahsulotdan olingan pul tushumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki foyda olishni ham ta'minlashi kerak. Foyda — tadbirkorlik faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga erishish ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita bog'liq. Shuning uchun ishlab chiqa­rish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo'g'ini hisoblanadi.

  3. Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muay­yan xarajatlar doirasida foyda ishlab chiqarishning eng yaxshi imko­niyatlarini ta'minlashi kerak. Muayyan foyda d^irasida esa xarajatlarni shunday optimal darajaga keltirish kerakki, bunda ishlab chiqarishni mo­liyalashtirish ko'p sarf talab etmasin.

  4. Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo'linadi: ishlab chiqarish xara­jatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xomashyo, yoqilg'i, energiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni realizatsiya jarayoni bilan bog'liq bo'lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo'shimcha muomala xarajatlariga bo'linadi.

Sof muomala xarajatlari foyda bisobidan qoplansa, qo'shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.

  1. Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'hshi mumkin. Shunga ko'ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. Tashqi xarajatlar kor­xona o'zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Tashqi xarajatlar to'lov hujjat- lari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham atalAdi. Korxonaning o'ziga tegishli boigan resurslardan foydalanishi bi­lan bogiiq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini ba- holash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

  2. Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga ta'sir etish darajasiga qarab doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi­ning o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi, uning o'sishiga ham bevosita ta'sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud boiadi. O'zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta'sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o'zgaruvchan xarajat­lar yig'indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.

  3. Korxona ishlab chiqarish hajmini o'stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini o'zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quwatlari esa (ishlab chiqarish bhio va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boiib qoladi, hamda bu davrda faqat ulardan foy­dalanish darajasini o'zgartirish uchun'yetarli boiishi mumkin. Boshqacha aytganda, qisqa muddatli davr oralig'ida korxonaning ishlab chiqarish quwatlari o'zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko'paytirish orqali a'zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish in- tensivligini oshirish mumkin.

  4. Qisqa muddath davr — bu korxonaning faqat o'zgaruvchi xarajat­lari miqdorini o'zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Uzoq muddatli davr — bu korxonaning ishlab chiqarish quwatlarini va butun band boigan resurslari miqdorini o'zgartirish uchun yetarli boigan davrdir. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, ishlab chiqarish quwat- larining o'zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.

  5. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritila­di. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daro- madlariga, undagi qo'shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko'rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo'shimcha mahsulot yoki qo'shimcha qiymatdir.

  6. Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq toiov- lari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to'lovlar va boshqa majburiyat- lar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chi­qarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miq- doriga nisbatan ko'proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o'z ichiga normal foydani ham oladi.

  7. Foydaning o'sisliiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o'zgarmagan holda ikki yo'l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish