Ishlab chiqarish xarajatlari — tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar.
Ichki xarajatlar — korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga toiovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga ta'sir etmaydigan, u o'zgarganda ham miqdorini o'zgartirmaydigan xarajatlar.
O'zgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga ta'sir etadigan xarajatlar.
O'rtacha xarajatlar - mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlar.
Qo'shilgan xarajatlar — mahsulotning navbafdagi qo'shimcha birligini islilab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
To'g'ri xarajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qo'shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat — mahsulot tannarxiga ustama bo'Jib, narxda aks etadigan xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda — yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda normasi — foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo'lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
Ichki va tashqi xarajatlar o'rtasidagi farq nimadan iboratligini mjsol orqali tushuntiring.
O'rtacha doimiy, o'zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
Foydaning mazmuni va manbayini tushuntiring.
Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering.
Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tar- tibiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Foyda massasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni izohlab bering.
Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o'zgarishlardan qaysilari uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi:
kompaniya neftni qayta ishlovchi yangi uskunani o'rnatadi;
korxona yana 200 ishchini yollaydi;
fermer o'z uchastkasida qo'llaniladigan o'g'it miqdorini ko'paytiradi;
fabrikada uchinchi smena joriy qilinadi.
Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli ekanligini aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar bo'yicha foiz to'lovlari; xomashyoga sarflar, ko'chmas mulk- ka soliq to'lovlari, boshqaruv xodimlari maoshi; ishchilarga ish haqi to'lovlari; amortizatsiya ajratmasi.
Quyidagi keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib foyda normasi- ni har ikkala usulda hisoblang: umumiy foyda — 250 ming s^'m; ishlab chiqarish xarajatlari - 1250 ming so'm; avanslangan mablag'lar (asosiy va aylanma kapital) — 2500 ming so'm.
Natijalarni taqqoslab, izohlab bering.
12-bob. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI
Mamlakatda yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tamoyil- lari, shakllari, usullari muhim ahamiyat kasb etib, ulardan amalda foydalanish masalalari iqtisodchi-mutaxassislar o'rtasida turli tortishuv, bahs- munozaralarga sabab boiib kelmoqda. Ayniqsa, kishilarning hayot kechi- rishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi boigan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bogiiq muammolar, ish haqi shakllari va bozor munosabatlari sharoitida uning darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, ish haqi stavkasini tabaqalashtirish masalalari, shuningdek, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirish- da turli shartnomalarning va kasaba uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi.
12.1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari
Ish haqining mazmunini to'g'ri tushunib olish uchun eng awalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to'g'risida tasawurga ega bo'lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo'yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko'pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilari- dan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g'oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbayidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o'rtasida taqsimlanadi, deb ko'rsatadi. Uning bu g'oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo'shilgan omil (so'nggi qo'shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g'oyasiga asos boiib xizmat qiladi. Klark o'zining «Boy- liklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o'rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqcforiga (ya'ni unumdor- ligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko'rsatdi.
Sey va Klark g'oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat) ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko'rsatiladi;
yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorhgi o'rtasida bog'liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir- biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmat- lar hajmi ham ko'payishi asoslanadi. Ammo bu g'oyalarning kamchiligi ham mavjud bo'lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to'g'ri kelmaydi.
Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hah yetarli darajada rivojlanmagan davrda yashab ijod etganliklari uchun tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsiflni va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayh, kapital va yer tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmas- likkirini, ular faqat eskirishiga teng, ya'ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta'sirida o'tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini ko'rsatib berol- maganlar.
Klark tomonidan yaratilgan qo'shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta'min- lanmagan, ko'r-ko'rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to'xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to'g'ri kelmaydi.
Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to'g'rirog'i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o'rtasida taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat liamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a'zolari o'rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko'rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo'lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya'ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekan- ligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a'zolari o'rtasida teng taqsimlash zarur degan g'oyalari mutlaqo noto'g'ri bo'lib, bunday holatda mahsulotni ko'paytirishga ishlab chiqaruvchilar o'rtasida hech qanday qiziqish bo'lmasligi o'z-o'zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot va daromadlar davlat qo'lida bo'lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g'oya hukmron bo'ldi. Lekin uning talablari bajetrilmadi. Davlat, partiya va xo'jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko'pchilik qismini o'z xohishlaricha davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo'llar bilan o'zlashtirib, undan foyda- landilar, shu vaqtning o'zida mehnatkashlar o'z mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo'nalishlarini ko'rsatishga harakat qilamiz:
umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil boimay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkcliilik munosabatlariga bog'liq boiadi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya'ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki mavjud boigan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi boigan ishchi-xizmatchilar o'rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat manfaat- larini ko'zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
milliy mahsulotdan eng awalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositaiarining qiymati, aniqrog'i, amortizatsiya summasi ajratib qo'yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalaming ta'sirini bartaraf qihsh, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni bir maromda to'xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug'urta fondlari, qa- riyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta'minlangan oilalarni himoya qihsh uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, ahoJining tinch hayotini va mehnatini qo'riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta'lim tizimini, sog'hqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko'pdan-ko'p davlat soJiqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o'rtasida taqsimlanadi va jamiyat a'zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari — mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularninjfomilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko'rinishini oladi.
■J 12.2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning maium qismi, ya'ni ishchi va xizmatchilarga, ya'ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruv- eMail o'rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e'tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta'rif beradilar.
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita mi- nimumi» kontsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to'g'ri emas. Bu minimum o'z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug'dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga. ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga inti- lishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakat- larning xo'jalik amahyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko'rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o'rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o'rnatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod mak- tabi, marksistik yo'nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o'ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo'lgan ishchi kuchi qiymatining o'zgargan shakli, ya'ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g'oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, awalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta'sir qilishini ko'rsatadi. Shu bilan birga bu g'oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy- texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog'liqligi ta'kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda;ham ko'pgiula ko'zga ko'ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma'qullanib kelinmoqda. Masalan, A.F.Shishkin, Ye.F.Borisovlar o'zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi* darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta'riflaydilar1. Bu mualliflar o'z fikrlarini asoslashda ko'pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligi- ni, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qihb, bozorda mehnat^mas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishi- ni, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq toiashga o'xshab ko'rinishini isbotlashga harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta'sirini yetarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda)2 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa1 mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto'g'ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning maium maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo'lib, uning na qiymati, na narxi yo'qligi, bu jara- yonni bozorga ohb chiqib sotib boimasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amahyotda ham hammaga ayon boigan va allaqachon isbot- langan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham boiadi. Lekin bu g'oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo'lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bogiashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to'g'risidagi turh nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o'z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
1. Ish haqi to'g'risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yonda- shish xususiyati mavjud boiib, uning murakkab va ko'p qirrali iqtisodiy jarayon ekanhgi ma'lum darajada e'tibordan chetda qolgan . Lekin bu na- zariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to'g'ri baho berilgan bo'hb, ularda foydalanish mumkin boigan ijobiy mazmun mavjuddir.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya'ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdoriga bog'liq bo'ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo'ladi.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o'zini, oila a'zolarini boqishga yetadigan darajada bo'lishi lozim.
v4. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog'liq bo'ladi.
5. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya'ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to'g'ri kelgan miqdori bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo'lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo'lishi mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta'rif berib ay- tish mumkinki, ish haqi — ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir.
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to'laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarur.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va -xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi - bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so'm, fevral oyida 190 ming so'm, mart oyida 220 ming so'm ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |