Kasaba uyushmasi — ish beruvchi va ishga yollanuvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi ja- moat tashkiloti.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?
Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o'rtasida qanday aloqadorlik mavjud?Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o'z qara- shingizni bildiring.
Real ish haqi darajasi qanday omillar ta'siri ostida o'zgaradi?
Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?
Tarif tizimi o'z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.
Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?
Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?
Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar?
Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o'z ifoda- sini topadi?
13-bob. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo'g'inlari uchun umumiy bo'lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog'liq holda o'ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o'ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo'ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko'p jihatdan tirik organizm (hayvon, o'simlik va boshqalar) bilan ham bog'liq. Ushbu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon boiadigan o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi, shuningdek, agrar munosabatlarning mazmuni tahlil qilinib, yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muam- molari hamda ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiya- si va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to'xtalib o'tilib, agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.
13.1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari 4
Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo'lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun iste'mol buyumlari.tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida e'tibor berib kelmoqdalar.
«Alohida e'tibor qaratish lozim boigan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa, — deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov, — qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o'zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bogiiq keng koiamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va islilab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kicliik biznesiiing maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ko'rib chiqish, fermer xo'jaliklari rivojini har tomonlama qoilab-quv- vatlashdan iboratdir*1.
Bu vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog'hq bo'lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko'rsatish va infratuzilma sohalarini har tomonlama rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham kishilar o'rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir boiadi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko'p jihatdan yer bilan bogiiq boiadi. Yerga egalik qilish, tasanruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq boigan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyat- laridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o'simlik, chorva mollari bilan bogiiq boiadi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogianib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to'g'ri foy- daianilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |