Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Qishloq xo'jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarilishi



Download 61,19 Mb.
bet157/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarilishi

Mahsulot turi

O'lchov birligi

2007-yil

2008-yil

O'sish sur'ati, %da

Sabzavotlar

ming tonna

4669,9

5217,4

111,7

Kartoshka

ming tonna

1188,1

1398,7

117,7

Poliz mahsulotlari

ming tonna

840,0

981,2

116,8

Mevalar

ming tonna

1269,1

1402,8

110,5

Uzum

ming tonna

880,3

791,0

89,9

Go'sht

ming tonna

1208,6

1287,9

106,6

Sut

ming tonna

5097,4

5426,3

106,5

Tuxum

mln. dona

2214,7

2429,0

109,7


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

  1. Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash — barcha islohot va o'zgarishlari- mizning bosh maqsadidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov- ning 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2008-yil 9-fevral.

  2. Karimov LA. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. — T.: O'zbekiston, 2009, 15-b.

Jadvaldan ko'rinadiki, 2008-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarki- bida kartoshka (117,7%), poliz mahsulotlari (116,8%), sabzavotlar (111,7%) yetishtirish nisbatan ahamiyatli darajada o'sgan bo'lsa, faqat uzum o'tgan yilga taqqoslaganda 89,9% darajasida yetishtirilgan.
O'zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilhy boylik bo'lgan- ligi sababli yerga boigan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foyda­lanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning maium yer uchast- kasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgi­langan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda awalo yerga boigan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qihsh ko'zda tutiladi. Yerga egalikni yeri boigan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta'kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qihsh hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin*1.
Yerdan foydalanish huquqi — bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuv- chi yer egasi boiishi shart emas. Real xo'jalik hayotida yerga egalik qihsh va yerdan foydalanishni ko'pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo'jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi ishlab chiqa- rishida ham to'rt omil — yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz awal aytganimizdek, ishlab chiqarish jara­yonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakat- ga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdor- ligini oshiradigan omil — ishchi kuchidir. Agrar munosabatlarni o'rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o'y- nashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga kelti­ruvchi rolini tushunmaslik go'yo kapital foyda»yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan ko'pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg'on tasavvur- larga ohb keladi. Bu masalalarni to'g'ri tushunishda renta munosabat- larini o'rganish muhim rol o'ynaydi.
13.2. Renta munosabatlari
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to'liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o'rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo'yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud bo'lib, ularning ayrimlari no- aniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko'ra rentani miqdoriy aniqlash va unin^ mohiyatini tushuntirish bo'yicha asosiy va ko'pincha bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan nazariyalarga duch kelamiz.
Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyuigolarning ilmiy asarlarida ko'rib chiqilgan. Ular rentaning vu­judga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehso- ni, yerning qo'shimcha mahsulot yarata ohsh qobihyati natijasi orqah izohlaganlar. Ular qishloq xo'jalik mahsulotlarini yaradshda, jumladan, sof va qo'shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko'rsatishga harakat ailganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqodarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to'g'risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o'laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o'rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog'lagan.

Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Cherni- shevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo'shganlar.Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo'yicha chop etilgan qator o'quv qoilanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan dars­likda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foy­dalanish chog'ida renta daromadlarining turli ko'rinishlari paydo bo'ladi, jumladan: qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda ,vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib ohsh chog'ida vujudga keluvchi renta; o'rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo'luvchi ren­ta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar ye.r bilan uzviy bog'liq bo'lganligi sababli ulardan foydala­nishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o'xshash shart-sharoit- lar mavjud bo'ladi. Qishloq xo'jalik ekinlaridan foydalanishning iqti­sodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabat­larini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo'ladi, shunga ko'ra ularni yer rentasiga kiritish to'g'ri bo'ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o'rmon va boshqalar- dan toianishidan qat'iy nazar, renta ko'rinishidagi mazkur pul sum- masi yer rentasi deb ataladi1.
Yer rentasi — yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realf- zatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko'rimshlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab be­rish), obrok (natural soliq) va pul solig'i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turh mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlaiga aj­ratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) rental va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan oli­nadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyincliilik tadbirkorlar o'rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo'shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarining ochib berilishi hisoblanadi. Bun­day holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo'jalik yuritish uchun yaroqli bo'lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo'lmasligida o'z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi — yerga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo'jalik yuritish obyekti si- fatidagi monopoliyaning mavjudhgi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko'p mamlakatlarda qishloq xo'jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzi- lishi, ya'ni doimiy va o'zgaruvchi kapital o'rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Qishloq xo'jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi - yerning miqdori va sifatini tabiafning o'zi cheklab qo'ygan, uni inson ko'paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo'jalik ishlab chiqa- rishini faqat yaxshi va o'rtacha unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq xo'jaligi mahsulotlariga talab ko'p bo'lganligi uchun yomon, kam unumli ye^arda ham ishlab chiqa­rishni tashkil etish zarur. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to'lovga qodir talab bilan ta'minlangan bo'lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo'jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o'rtacha yoki yaxshi yerlarda xo'jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo'shimcha mahsulot va binobarin qo'shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo'lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy- iqtisodiy saba^i esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo'jalik yuritishdir.
DilFerensial renta o'zining kelib chiqish sharoitiarga qarab differen­sial renta I va differensial renta II ga bo'linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog'liq bo'lgan, sanoat niarkazlariga, bozorlarga va aloqa yo'llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differensial renta I ning hosil bo'lishini shartli misol yordamida ko'rib chiqamiz (13.2-jadval).


13.2-jadval

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish