O'zbekistonda o'rtacha nominal hisoblangan ish haqi
Yillar
|
Davrning so'nggi oyidagi o'rtacha nominal ish haqi miqdori, so'm
|
Oldingi yilga nisbatan o'sish, marta
|
2005
|
108609,9
|
1,72
|
2006
|
183940,1
|
1,69
|
2007
|
270575,9
|
1,47
|
2008
|
418126,5*
|
1,54
|
*Izoh: dastlabki ma'lumotlar.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
yilda o'rtacha ish haqi budjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo'yicha esa 1,4 baroba^oshdi. Natijada o'rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo'ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko'paydi.
yilni oladigan bo'lsak, o'rtacha ish haqi miqdorini budjet sohasida — va shunga mos ravishda xo'jalik yurituvchi subyektlarda ham — 1,4 barobar oshirish ko'zda tutilmoqda1.
Ish haqining muttasil oshib borishi aholi iste'mol talabining o'sishida kuchli omil bo'hshini, bu esa iqtisodiyotimizda ishlab chiqarish hajm- larining kelajakda yanada ortishini rag'batlantirishga xizmat qilishini na- zarda tutib, Prezidentimiz iqtisodiy imkoniyatlarni e'tiborga olgan holda, 2010-yilga borib ish haqini 2,5 barobar oshirish vazifasini qo'ydi.
r 12.3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari
y
Ishlab cliiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o'rgatish borasidagi o'zgarishlar munosabati bdan ish haqi shakli va tizimlari ham o'zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli — vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab toianadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo'lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchi- lar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to'lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog'liq bo'lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo'llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab toianadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun toianadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me'yoriga taqsimlash yo'li bilan aniqlanadi.
Ish haqi tizimi o'z ichiga haq to'lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
to'g'ri ishbay haq to'lash tizimi;
ishbay-mukofotli haq to'lash tizimi;
ishbay-progressiv haq to'lash tizimi. To'g'ri ishbay haq toiash tizimida ishlab chiqarish me'yori qay darajada bajarilishidan qat'iy na- zar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo'yicha to'lanadi. Ishbay-mukofotli haq toiash tizimi bir qancha ko'rsatkichlar, masalan, reja topshirig'idan ortiqcha hajmda^ishlab' chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta'mii]5anganligi va boshqalar uchun mukofot be- rishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq toiash tizimida ishchining belgilab qo'yilgan me'yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo'yicha ish haqi beriladi, me'yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo'yicha pul to'lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo'llaniladigan mehnat- ga haq toiash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to'lanadi. Haq toiashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo'linmaning pirovard mehnat natijalariga bog'liq qilib qo'yiladi. Bunda har bir xodim faqat o'ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo'linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor boiadi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng awalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi — tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo'yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifatfagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me'yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
tarif-malaka maiumotnomalari;
tarif stavkalari;
tarif setkalari;
ish haqiga nisbatan qo'llaniluvchi turli koeffitsiyentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |