Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Real ish haqi - bu nominal ish haqi summasining qanchalik to­varlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quwatidir



Download 61,19 Mb.
bet148/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Real ish haqi - bu nominal ish haqi summasining qanchalik to­varlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quwatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. O'z-o'zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog'liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo'lganda, no­minal ish haqiga to'g'ri mutanosibdir va iste'mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini for- mulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
bu yerda: Vr — real ish haqi; Vn — nominal ish haqi; P — iste'mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi. Bizning misolimizda ishchi- ning nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o'zgarishini aniqlash uchun esa iste'mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to'g'risida ma'lumot zarur bo'ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo'lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so'mni, mart oyida esa 183 ming so'mni tashkil etadi. Ya'ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo'ladi.
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta'sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko'p bo'Isa real ish haqi shun- cha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasi­ni, real ish haqi esa uning iste'moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o'zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
O'zbekiston iqtisodiyotida keyingi yillardagi o'rtacha nominal hisob- langan ish haqi miqdorlarini quyidagi jadval ma'lumotlari orqali ko'rish mumkin (12.1 -j adval).
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika (jo'mitasi ma'lumotlari.
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi real ish haqini oshi­rish masalalari ilgari surilib, real ish haqining oshishi — bu iqtisodiyot­ning qanday sur'atlarda rivojlanayotganini, mamlakatning moliyaviy ahvoli mustahkamlanayotganini, mutanosib monetar siyosat qanday ta'minlanayotganini yaqqol aks ettiradigan o'ziga xos ko'zgu va ko'rsatkichdir, deb ta'riflanadi.
Statistik ma'lumotlar va sotsiologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, mamlakatimizda 2006-yilning oxirida o'rtacha real oylik ish haqi 185 ming so'mni yoki salkam 150 AQSH dollarini tashkil etgan1. 2007-yilda ish haqi, pensiya, stipendiyavanafaqalar miqdori 1,5 barobar ko'- paytirildi. 2007-yilning dekabrida o'rtacha oylik ish haqi, xo'jalik subyekt­lari va budjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng bo'ldi2.
12.1-jadval

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish