Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 8,52 Mb.
bet107/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Nazorat savollari.

  1. O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishning ta’lim jarayonidagi ahamiyati?

  2. O’quvchilar bilimining nazorat qilishning obyektiv va subyektiv usullari deb nimaga aytiladi?

  3. Reyting tizimi, uning maqsadi va vazifalari?

  4. O’quvchilar bilimini baholashning test usuli uning mohiyati va didaktik ahamiyati?

  5. Test topshiriqlarini tuzishda sistemali yondashuv usuli?

  6. Testning validligi (yaroqliligi) qanday aniqlandi?

  7. Testni aprobasiyadan o’tkazish usuli?

15-Ma’ruza. O’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini tashkil etish usullari. Iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash. Fizika to’garagi va kechalarni uyushtirish uslubiyati.
Reja: O’quvchilarning mustaqil bilim olishlari va uning didaktik asoslari. Sinfdan tashqari kuzatishlar haqida ma’lumot. Iqtidorli va past o’zlashtiruvchi talabalar bilan olib boriladigan uslubiy ishlar.
Tayanch iboralar: Mustaqil bilim olish, mustaqil ish.
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga keng e’tibor berilgan. Bu vazifani amalga oshirish fizika o’qituvchisi zimmasiga tushadi.


Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish usullari.
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy yondashuvga o’rgatish ta’lim jarayonining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Mustaqil bilim olish jarayonini shartli ravishda ikki qismga bo’lishi mumkin. Birinchisi, o’quvchilarni mustaqil ravishda nazariy bilim olishi ya’ni ilmiy dunyoqarashini shakllana borishi hisoblansa, ikkinchisi olgan nazariy bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash faoliyatini o’z ichiga oladi. Mustaqil ishsiz o’quvchilar ko’nikma va malakani egallay olmaydilar. O’quvchilarning mustaqil ishi deganda ularni o’qituvchi ishtirokisiz ammo o’qituvchi ko’rsatmasi va kuzatuvi ostida olib boriladigan faoliyatlariga aytiladi. Mustaqil ish jarayonida o’quvchilar muammoni hal etishni eng maqbul yo’lini izlashga harakat qiladi, ularda ko’nikma malakaga aylana boradi.
O’quvchilarning fizikadan mustaqil ishini quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1)O’quvchilarni darsliklar, qo’llanmalar va ammobop jurnallar, lug’atlar va spravochniklar bilan ishlashi.
2) Masala yechish, 3) Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish, 4) Frontal laboratoriya ishlari, 5) Sxema chizmalar, jadvallar bilan ishlash, 6) o’rtoqlarini yozma nazorat ishlariga taqriz berish, 7) Konferensiya va seminarlarga tayyorlanish, 8) Demonstrasiya va tajribalar o’tkazish, 9) tabiatga va sanoat korxonalariga ekskursiyaga borishi.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini uch turga bo’lish mumkin:
1)Yangi bilimni egallash, 2) Ko’nikma va malakani egallash, 3) Olgan bilim, ko’nikma va malakani qo’llay olish. Ushbu mustaqil ishlar o’rtasida ham dialektik bog’lanish mavjud, ya’ni ularni bir sistemaning elementlari deb qarash lozim. O’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda asosiy o’rinni egallaydi. O’qituvchi o’quvchilarga tavsiya etadigan mustaqil ish mavzusi ularning bilim darajasiga mos bo’lishi, har bir o’quvchining individual qobiliyatini e’tiborga olish lozim. O’quvchilarni mustaqil ishini rejalashtirganda o’qituvchi umumiy didaktik qoidalarga rioya qilishi lozim. Shundagina o’quvchilarning mustaqil ishi samarali bo’lishi mumkin. O’quvchilarning mustaqil ishi u yoki bu vazifani mexanik tarzda takrorlashga aylanmasligi, balkim har bir ish ijodiy va qiziqarli bo’lishi talab etiladi, aks holda o’quvchilarning ijodiy, mustaqil fikrlash qobilyati rivojlanmay qoladi. Yana bir narsani ta’kidlash joizki, o’quvchilarni haddan tashqari mustaqil ishga berilib ketishdan saqlash lozim, aks holda o’quvchi yangi bilim sohalarini egallashdan, dasturdagi materialni o’zlashtirishdan orqada qolishi mumkin.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish