4.1psi 21guruh talabasi Mehriddinova Marjonaning UMUMIY PSIXOLOGIYA fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Reja: 1.Psixologiyada qobiliyatning mohiyati. 2. Irsiyat tushunchasi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat
bilim olish uchun zaairiy shart-sharoit bo‘lib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar : ko'nikma va malakadir. Darhaqiqat, qobihyatli kishining ko'nikma va malakalari ko'p qirrali va mukammallashgan bo'ladi Shuning bilan birga ko'nikma va malalakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko'nikmalarning umumlashmasi mohirlik deb ataladi. Mohirlik bu endi qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalaming paydo bo‘lishi jarayonida shakllanadi. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayatich xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko'nikmasidir. Bu individual narsaning o'ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni kolra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasawur qilishlik hisoblanadi. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlanning majbuny sharti tanqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo'yiladigan talablami shaxs tomonidan qay yo'sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘hk tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo'lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kinsha olish shular jumlasidandir Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo'lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi 2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo'lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo'linadi. 3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo'l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatiardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo'linishini taqozo etadi. Masalan. matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |