3- MASHG’ULOT
1. Agar ideal gaz temperaturasi 300 K ga ko’tarilganda, bosim va hajm 2 martadan oshgan bo’lsa, uning dastlabki temperaturasini aniqlang(K).
2. Agar ballondagi gazning bir qismi chiqib ketishi natijasida bosim 2,1 marta, temperaturasi 1,4 marta pasaygan bo’lsa, ballondagi gaz massasi necha marta kamaygan bo’ladi?
3. Isitkichining temperaturasi T1 sovutkichining temperaturasi T2 bo‘lgan issiqlik mashinasi berilgan. T1 ni T ga orttirib, T2 ni o‘zgartirmagan va T2 ni T ga kamaytirib, T1 ni o‘zgartirmagan hollardagi FIK larning nisbatini toping.
4. Diametrlari 2 va 1 mm bo‘lgan ikkita kapillyardagi suv satxlarining farqini aniqlang (m). Suvning sirt taranglik koeffitsienta 72 mN/m.
5. Bir xil sharoitda kislorod gazining zichkigi azot gazining zichligidan necha marta farq qiladi?
4- MASHG’ULOT
1. Q1 va Q2 zaryadga ega bo`lgan R1 va R2 radiusli metal sharlar uchun qanday shart bajarilsa, ular bir-biriga tekkizilganda, biridan ikkinchisiga zaryad oqib o`tmaydi?
2. Zanjirga ulangan ampermetrning ichki qarshiligi R=0,48Ω va ampermetr shuntining qarshiligi r=0.01Ω. Ampermetr IA =2 A tokni ko’rsatsa, zanjirdagi tokni ko’rsatsa, zanjirdagi tok kuchi I qanday bo’ladi?
3. To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari a va b ga teng. Shu uchburchakning o'tkir burchaklariga q zaryadlar qo'yilgan. Shu uchburchakning to'g'ri
burchagi uchida hosil bo'ladigan elektr maydon kuchlanganligini toping.
4. Zanjir ichki qarshiligining tashqi qarshiligiga nisbati qanday bo‘lganda tok manbai qisqichlaridagi kuchlanish - elektr yurituvchi kuchning 40% ini tashkil etadi?
5. Elektr isitkich 220 V kuchlanishli manbaga ulandi va tok kuchi 3 A. Agar isitkichning FIK i 80% bo'lsa, harorati -10°C bo'lgan qanday massali muzni 10 minutda eritish mumkin?
5- MASHG’ULOT
1. Tebranish konturining aktiv qarshiligi 40 Om. Induktiv qarshilik 70 Om. Tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar farqining kosinusi 0,8 ga teng bo'lishi uchun sig'im qarshilik qanday bo'lishi kerak?
2. Uzunligi 20 sm bo'lgan metall sterjen magnit maydonda 4 m/s tezlik bilan harakatlantirilganda uning uchlarida 12 V kuchlanish hosil bo'ldi. Magnit maydon induksiyasini toping.
3. Tebranish konturi kondensator va induktiv g'altakdan iborat. Agar kondensatorga sig'imi 3 marta katta bo'lgan boshqa kondensator parallel ulansa, tebranishlar davri qanday o'zgaradi?
4. Induktivligi 2 Gn bo'lgan, 20 ta o'ramdan iborat bo'lgan g'altakda tok kuchi 2 ms da 4 A ga kamaydi. G'altak uchlarida hosil bo'lgan induksion EYuK ni toping.
5. 314 A tok o'tayotgan cheksiz to'g'ri o'tkazgichdan 4 m uzoqlikdagi magnit maydon kuchlanganligini toping
Do'stlaringiz bilan baham: |