QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI
Qurilma shtativga qotirilgan ipga (uzunligi 50 sm atrofida) metal sharcha bog’langan. Qurilma 19.1-rasmda keltrilgan.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
Laboratoriya ishining yo'riqnomasini o'qib o'rganingva qurilmadagi hamma o'lchov asboblari va boshqa yordamchi aslahalaming mavjudligini tekshiring.
Mayatnikni biror kichik burchakka (α < 11,4o) og'diring va uning sekundomer bilan bir vaqtda tebranishini ta'minlang hamda N marta tebranishi uchun ketgan tvaqtni aniqlang.
Mayatnik uzunliklari kamida 3—4 marta o'zgartiriladi. Yuqorida o'tkazilgan tajribalarni teskari yo'nalishda, ya'ni mayatnik uzunligini kamaytirib borgan holda takrorlang.Tajribada olingan natijalarni quyidagi jadvalga kiriting va ularga tayangan holda hisoblashni bajaring.
№
|
l,
m
|
N
(ta)
|
t,
s
|
g,
m/s2
|
, m/s2
|
, m/s2
|
, m/s2
|
ε,
%
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
|
NAZORAT SAVOLLARI
Nima sababdan mayatnik tebranishining burchak amplitudasini kichik qilib olish tavsiya qilinadi?
Berilgan mayatnik shaxtaga tushirilsa, tebranish davri qanday o'zgaradi?
Aynan shu mayatnik Oyda qanday davr bilan tebranadi?
Ushbu ishni bajarishda qaysi kattalikning o'lchash aniqligini yuqori qilib olish zarur?
LABORATORIYA ISHI № 2
QATTIQ JISMLARNING CHIZIQLI VA HAJMIY KENGAYISH KOEFFISIENTINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:Kalorimetr yordamida qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar:kalorimetr, termometr, tarozi, tekshiriladigan har xil qattiq jismlar, elektr isitgich qurilmasi.
NAZARIY QISM
Massasi 1 kg bo’lgan moddaning temperaturasini 1K ga o’zgartirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdorini tavsiflovchi fizik kattalikka moddaning solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi. (1) ifodaga ko’ra moddaning solishtirma issiqlik sig’imi quyidagicha hisoblanadi:
(2)
(2) tenglikka ko’ra solishtirma issiqlik sig’imining XBS dagi birligi ekanligi kelib chiqadi. Tajribada qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imi odatda quyidagicha aniqlanadi. Massasi (aralashtirgichi bilan) m1, solishtirma issiqlik sig’imi c1 , bo’lgan kalorimetrga massasi m2va solishtirma issiqlik sig’imi c2bo’lgan suv solinadi. Kalorimetr va suvning dastlabki temperaturasi t0termometr yordamida o’lchanadi. Keyin kalorimetrga massasi m,solishtirma issiqlik sig’imi c va temperaturasi tbo’lgan qattiq jism tushiriladi. Agar qattiq jismning temperaturasi suvning temperaturasidan katta bo’lsa (ya’ni t > t0), jism suvga issiqlik uzatib, jismning temperaturasi pasayadi, kalorimetr va undagi suvning temperaturasi esa ko’tariladi. Ma’lum vaqtdan so’ng moddalar orasida termodinamik muvozanat hlati qaror topadi (bu termodinamik muvozanat holatidagi temperaturani θ orqali belgilaylik). Jumladan, qattiq jismning o’zidan chiqargan issiqlik miqdori:
(3)
Kalorimetr (aralashtirgichi bilan) olgan issiqlik miqdori:
(4)
Kalorimetrdagi suv olgan issiqlik miqdori: (5)
Qattiq jism yo’qotgan Qissiqlik miqdori suv bilan kalorimetr qabul qilgan issiqqlik miqdorlari (Q1), va (Q2)ning algebraik yig’indisiga teng bo’lganligi uchun, issiqlik balans tenglamasi quyidagicha yoziladi: Q=Q1+Q2 (6)
(3), (4) va (5) ifodalarni (6) ifodaga qo’yib quyidagi tenglikka ega bo’lamiz:
(7)
(7) ifodaga ko’ra tekshirilayotgan jismning solishtirma issiqlik sig’imi quyidagicha hisoblanadi:
(8)
Hisoblash jarayonida kalorimetr idishining (aluminiy moddasidan yasalgan) solishtirma issiqlik sig’imini c= 880 J/kg·K va suvning solishtirma issiqlik sig’imini c2=4200 J/kg·K ga teng deb oling. Quyidagi jadvalda ba’zi moddalar solishtirma issiqlik sig’imining qiymati keltirilgan (100°C temperaturada).
№
|
Moddaning turi
|
Solishtirma issiqlik sig’imi (J/(kg C))
|
1
|
Aluminiy
|
938
|
2
|
Mis
|
396
|
3
|
Qalay
|
230
|
4
|
Qo’rg’oshin
|
134
|
5
|
Kumush
|
238
|
6
|
Po’lat
|
486
|
Do'stlaringiz bilan baham: |