R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


Navoiy o’z ijodining uchinchi, yakuniy bosqichida



Download 0,7 Mb.
bet92/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

4. Navoiy o’z ijodining uchinchi, yakuniy bosqichida Farididdin Attorning mashhur irfoniy-ramziy dostoni “Mantiq ut-tayr”ga javoban oxirgi dostoni «Lison ut-tayr»ni yaratdi va unda ulug’ sufiy shoirning irfoniy majozlariga xiyonat qilmagan holda ularga bir paytning o’zida ijtimoiy jilo baxsh etishga muyassar bo’ldi. Shu tarzda shoir ham mazmuniy teranlikda, ham shakliy mukammallikda “majoz tariqi”ning eng avj nuqtasiga ko’tarildi.
Navoiyning talqinlari tasavvuf adabiyotining irfoniy ma’nolarini inkor qilmagan holda inson ma’naviyatini undan-da yuksakroq bosqichga etaklaydi. Attor(1147-1229) asari yaratilganda Ibn al-Arabiy (1165-1240) falsafasi hali shuhrat topmagan edi. Navoiy esa Ibn al- Arabiy irfonini Iroqiy talqinida Jomiy yordami bilan chuqur o’zlashtirib, keyin qushlar tilida doston yozishga kirishdi. Shu sababli, aytish mumkinki, Alisher Navoiy asari zohiran Attor asariga tayangan bo’lsa, botinan, mazmun mohiyatiga ko’ra Iroqiy qarashlarini rivojlantirgan.
Attordan ilgari “Qush risolasi”ni yaratgan Ibn Sino, Ahmad G’azzoliylar asardagi bosh timsolni “Simurg’” emas, “Anqo” deb nomlagan edilar. Attor “Simurg’” timsoli bilan juda chuqur mazmunga ishora qildi. Ammo baribir eng mas’ul o’rinda:
Chun shumo si murg’ injo omadid, Si dar in oyina paydo omadid.
Gar chehel, panjoh murg’ oyad boz, Pardaro az xesh bagushoyand boz.113 -
(Sizlar o’ttiz qush bu erga kelganlaring sababli, Bu ko’zguda o’ttizta ko’rindilaring.
Agar yana qirqta yo ellikta qush kelsa,
Yana o’zlarining yuzlaridan pardani ko’taradilar) -
deb o’zi topgan timsol quvvatini kesib qo’ydi. Navoiy unday qilmaydi. U “si murg’” (forscha “o’ttiz qush” degani ) va Simurg’ (jahondagi barcha qushlarning afsonaviy hukmdori) ni bir so’z sifatida bir xil jaranglashiga qayta-qayta e’tiborni jalb qiladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish