R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet94/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

11-bob.
Islom mintaqa madaniyatining Evropaga ta’siri. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri ma’naviyati.


1-fasl. Islom mintaqa ma’naviyatining Evropa madaniyatiga ta’siri.


XV-XVI asrlar jahon tarixida Yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Shu davrdan Evropa mintaqasida ma’naviy yangilanishlar pallasi boshlandi. Asli bu yangilanish islom mintaqa madaniyatining ta’siridan xoli emas edi.


Islom mintaqa madaniyati Volgabo’yi, Sharqiy Turkiston va Indoneziyadan to Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha yoyilganligi ma’lum. Ispaniyada arab


163
xalifaligi to XIV asrgacha davom etdi. IX asrdan boshlab rivoj ola boshlagan arab- ispan musulmon madaniyati XI-XIV asrlarda Evropa madaniyatiga ayricha ta’sir ko’rsatdi. Ispaniya va Shimoliy Afrika hududlarida Ibn Tufayl (vafoti 1185y), Ibn Ro’shd (1126-1198) Ibn al-Arabiy (1165-1240), Ibn Xaldun (1332-1406) kabi islom olamining buyuk allomalari etishib chikdiki, ularning ijodiy merosisiz mintaqa ma’naviyatini mukammal anglab bo’lmaydi.
XI asrdan boshlab Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, G’azzoliy va boshqa ulug’ islom mutafakkirlarining asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, xristian madaniyati rivojiga hissa qo’sha boshladi. Shu davrdan e’tiboran, yagona islom mintaqa ma’naviyati doirasida, ikki tamoyil shakllana borganligini bir qator hozirgi zamon sharqshunoslari qayd etadilar. Bu tamoyillarning birinchisi Abu Ali ibn Sino nomi bilan bog’liq bo’lib, Xuroson-Movarounnahr yoki sharqiy falsafa maktabi hisoblansa, ikkinchisi Ibn Ro’shd ijodida yorqin namoyon bo’luvchi g’arbiy falsafa maktabidir. Bu ikki tamoyil islom ma’naviyati doirasida o’zaro chambarchas bog’liq va qat’iy chegaralar bilan bir-biridan ajralgan emas. Ammo ularning keyingi ta’sir doirasi turlicha kechdi. Mavjud voqelik hamisha turli narsa va hodisalar, jihatlar va tamoyillardan iborat bo’lib, ular orasida o’zaro ziddiyat ham, uyg’unlik ham mavjud. Ibn Sino va G’azzoliylar ko’proq taraflarining o’zaro uyg’unligiga urg’u berishsa, Ibn Ro’shd oradagi farqlarga e’tibor qaratdi.
Uning qarashlari XIII-XVI asrlarda Evropada «averroizm» nomi bilan114 katta bir falsafiy an’ana hosil qildi. Ibn Ro’shdning Aristotelь asarlariga yozgan sharhlari Frantsiya, Italiya va boshqa Evropa davlatlarining yirik universitetlarida o’qitildi. Arab tilidagi falsafiy meros Siger Brabantskiy (1235-1282), Piko della Mirandola (1463-1494), Pьetro Pomponatstsi (1462-1525), Jordano Bruno(1548- 1600) kabi O’rta asrlar va Uyg’onish davrining yirik faylasuflariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Siger Brabantskiy Ibn Ro’shd g’oyalarini Evropaning o’sha davr o’ziga xos ma’naviy muhitiga tadbiq etib, «ikki haqiqat nazariyasi»ni ishlab chiqdi. Shu bilan birga arab falsafasi ta’sirida qadim Yunon-Rim merosi bilan bevosita tanishishga intilish kuchaydi. Bu harakat diniy va falsafiy qarashlarning o’zaro jiddiy to’qnashuviga olib keldi va natijada «averroizm» namoyandalari xristian cherkovi (Rim papasi) tomonidan qattiq ta’qibga duchor bo’ldi. Siger Brabantskiy o’ldirildi. Jordano Bruno o’tda kuydirildi. Ammo yangi kuchlar quvvat kasb etib bordi. Neoplatonizmning arab-islom madaniyatidagi talqini ta’sirida xristian diniy qarashlarida yangicha yondoshuvlar shakllanib, XV asrda Reformatsiya zarurati paydo bo’ldi. Katolik va pravoslav mazhablari qatoriga protestantizmning turli oqimlari (kalvinizm, lyuteranlik, anglikan cherkovi va boshqalar) qo’shildi. Badiiy va falsafiy tafakkur mustaqil rivoj olib, Renessans yoki Evropa Uyg’onishi vujudga keldi. XVII asrdan adabiyotda klassitsizm yo’nalishi, XVIII asrdan esa Evropa ma’rifatchiligi shakllandi. Niderlandiya va Buyuk Britaniya burjua inqiloblari Evropadagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni tubdan o’zgartirib yubordi. Amerika kashf etildi. Sharqqa yurish boshlandi.
XIX-XX asrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan Evropa mintaqasi boshqalardan uzil-kesil ilgarilab ketdi va natijada «jahon fani»,



114 Ibn Ro’shd nomi lotincha tarjimalarda Averroes bo’lib jaranglagan.
164
«umuminsoniy qadriyatlar» deganda birinchi navbatda Evropa madaniyati unsurlari tasavvur etila boshlandi. Yangi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko’p jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog’liq. Bu davrda Evropa xalqlari (inglizlar, nemislar, frantsuzlar va h.k.) mintaqa miqyosidagi o’zaro madaniy axborot almashinuv doirasidan chiqib, o’zga mintaqalarda yaralgan boyliklarni o’zlashtira boshladilar. Sharqshunoslik keng rivoj oldi. Turli fan sohalari sharqshunoslarning yutuqlaridan ijodiy foydalana boshladilar. Islom mintaqasida esa XVI asrdan boshlab madaniy-ma’naviy yaxlitlikka rahna soluvchi jarayonlar yuz bera boshladi.
Yangi davr Evropa ma’naviy muhitiga xos qarama-qarshiliklar kurashi keyin ham davom etdi. XVIII asr frantsuz ma’rifatchiligi zaminida shakllangan ateizm yo’nalishi Gelьvetsiy (1715-1771), Golьbax(1723-1789), Didro(1713-1784) qarashlaridan nemis mumtoz falsafasiga o’tib, Feyerbax (1804-1872) orqali Karl Marks va F. Engelьsning murosasiz sinfiy kurash targ’ibiga qaratilgan kommunistik utopiyaga olib keldi.
Islom mintaqa ma’naviyatida bunday ziddiyatli holat yuz bergan emas. Alisher Navoiy va Mirzo Bedil talqinlaridagi Tavhid ta’limoti ma’rifatchilik va irfon bosqichlarida ba’zan ko’zga tashlanadigan ziddiyatli o’rinlarni engib o’tib, Oliy uyg’unlikka erisha bildi. Islom mintaqa ma’naviyatida «ikki haqiqat» tazodi emas, «ayni haqiqatdir majoz»,»al-majozu qantaratul haqiqa» (majoz haqiqatning ko’prigidir), degan jumlalarda o’z yorqin aksini topgan uyg’unlik, «qarama- qarshiliklar kurashi» emas, «birligi» ko’proq ustunlikni saqladi. Ammo bu mulohazalarni mutlaq haqiqat ma’nosida tushunish noo’rin bo’lardi. Yangi davrning o’ziga xosligi shundaki, ichki ziddiyatlar ba’zan juda keskin yuzaga qalqib chiqa boshladi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish