3-fasl. Bolьshevizm qatag’onlari va milliy ziyolilar taqdiri.
Agar Chor Rossiyasi bizning ma’naviyatimizni turg’unlikda, qoloqlikda tutishga uringan bo’lsa, bolьshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o’z milliy ma’naviyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» «sovet madaniyati» to’liq munofiqlik zaminiga qurildi. Dinni, xalqning ming yillik e’tiqodini rad etdilar, o’rniga «shaxsga sig’inish» balosi ro’baro’ bo’ldi. «Paxta mustaqilligi uchun» kurash Turkiston xalqlarini iqtisodiy qaramlik va nochorlik, o’lka tabiatining vayron bo’lishi, suv, havo va tuproqning zaharlanishiga olib keldi. «Xalqlar do’stligi», «internatsionalizm» bayrog’lari ostida butun-butun millatlar ona yurtidan badarg’a qilindi, milliy o’lkalar aholisi tarkibini ruslashtirish siyosati qattiqqo’llik va izchillik bilan amalga
Sh. Rizaev. Jadid dramasi. T., 1997, s. 46 (Ushbu mavzu matni Sh.Rizaev kitobi materiallari asosida tayyorlandi )
175
oshirildi. Bugun ham o’sha qardosh xalqlar orasiga nifoq solish maqsadida sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan holat Markaziy Osiyo xalqlarining yaqinlashuvi yo’lida qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Qozog’iston va Qirg’izistonning qator markaziy shaharlarida mahalliy aholi miqdori kamchilikni tashkil etishi natijasida yurt egalari o’z vatanlarida hayron. Ittifoq davrida respublikalardagi barcha hal qiluvchi mansablarda mahalliy bo’lmagan millat namoyandalari hukm surar va siyosatni Moskva ko’rsatmasiga binoan olib borar edilar. Mahalliy xalq vakillaridan «xo’ja ko’rsin»ga tayinlab qo’yilgan rahbar shaxslar barchasi har qadamda, har so’zda o’zlarining Moskva siyosatiga vafodor va sodiq ekanliklarini isbotlab turishlari yozilmagan qonun edi. Bu munofiqona yo’nalishdan bir bahya chekinganlarga shafqat bo’lmasdi. Madaniyat, mafkura sohasida faqat uzoqdagi «markaz»ga ta’zim, tagi puch kommunizm g’oyasiga dalil-isbotsiz, shubha- gumonsiz sajda qilish, yolg’on «sotsializm»ga munofiqona madhu sano asosiy hukmron yo’nalish qilib belgilangan edi.
To’g’ri, milliy ziyolilarimiz ajdodlarimiz merosini o’rganishga ancha- muncha harakat qilishdi. Ammo bu sohada ham yolg’on aralashtirmay so’z aytish mumkin emas edi. O’tmish ajdodlarimiz merosini o’rganish asosan o’tmishimizni qoralash, o’tmishdagi tariximiz «illatlarini» fosh etish maqsadlariga xizmat qildirilardi. Shunda ham miqdoriy nisbatlarga e’tibor bersak, necha ming yillik islomgacha ma’naviyatimiz tarixini o’rganuvchi mutaxassislar 70- 80-yillargacha o’lkamizda deyarli mavjud bo’lmagan, 1200 yillik islom davrini o’rganuvchilar bir necha o’n kishidan oshmas edi, ammo 70 yillik «sovetlar» davrining har soniyasini turli jihatlardan madhu sano etish uchun tarix, falsafa, adabiyot va boshqa ijtimoiy- gumanitar yo’nalishlarda minglab oliy ma’lumotli mutaxassislarni o’z ichiga olgan mahobatli «mafkuraviy qo’shin» safarbar etilgan edi. Qanchadan-qancha iqtidor egalari o’z umrlarini behuda ovoragarchilikka sarf etganlari bugunga kelib ma’lum bo’lib turibdi. Achchiq haqiqatdan ko’z yummasligimiz kerak - bugun yuzlab fan doktorlari, minglab fan nomzodlari yana o’sha sovet davrida rus tilida asosan rus olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlarga tayanib, Evropa olimlarining rus tilida bosilib chiqqan nazariy mulohazalariga asoslanib ish yuritishlariga to’g’ri kelmoqda. Sababi, ular rus tilidan boshqa tilni, rus yozuvidan boshqa yozuvni o’rganmaganlar, marksizm-leninizmdan o’zga ta’limotni jiddiy o’zlashtirish imkonlari bo’lmagan. Ularning ko’plari hatto o’z ona tillarida o’z fikrlarini ilmiy uslubda bayon qilishga qiynaladilar. Bu qaramlik davridan qolgan ko’rgulik emasmi?
Biz aslo birovni ayblamoqchi emasmiz. Ammo ijtimoiy fanlarimizning bugungi ahvoli, ma’naviyatimizdagi sovet totalitar mafkura hukmronligi yuzaga keltirgan vaziyat «chernobilь» hodisasini eslatadi, shu darajada falokatlidir. Ko’pchilik ziyolilarimiz ongi o’zlari ham yaxshi tasavvur etmagan miqyosda munofiqona sovet mafkurasi bilan zaharlangan, jahon madaniyati, o’tmish milliy ma’naviy merosimiz bilan «sovet» filьtrisiz bevosita tanishish imkoniyatidan til bilmaslik, yozuv bilmaslik orqasida mahrum etilgan edi. Mana endi mustaqillik tufayli bu sohada keskin jonlanish, faol intilish yuzaga kelmokda, yoshlar turk tili, ingliz tili, boshqa tillar orqali jahon faniga kirib borishga urinishmokda. Ammo ular ko’pchiligi hali yosh, vaqt esa kam, mustaqil ilmiy metodologiya hanuz ishlab
176
chiqilmagan. Ochiq tan olish kerak, bugun aniq fanlar, tabiiy-iqtisodiy bilimlar sohasida ham muammolar ko’p, ammo ma’naviyat, milliy mafkura sohasida ahvol o’ta murakkab. XX asr milliy ma’naviyatimiz ulkan yutuqlarga erishdi, bu sohada, ayniqsa, 20-30 yillar milliy ziyolilarimizning jonbozligini aslo unutmasligimiz kerak. O’sha davrda etishgan rus ziyolilari ham bizning tariximiz, adabiyotimizni o’rganishga katta hissa qo’shdilar, buni ham inkor etish noinsoflik bo’ladi. U davrda hanuz sovet totalitar mafkura mexanizmi puxta sozlanib ulgurmagan,
«yorqin kelajakka» umid bilan intiluvchi xayolparastlar mafkura sohasida ancha- muncha mavqega ega edilar. O’sha davrda ham milliy ma’naviyat uchun ochiqcha kurash xavfli edi, ammo hanuz «teshik-tuynuklar» to’liq berkitilmagan, hur fikrni
«yangi mafkura»ga biroz moslab o’tkazsa bo’lardi. 30-yillarning o’rtalariga borib, milliy ma’naviyatimizni to’liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib, bukib tashlandi. Yozuvimiz uch marta qayta o’zgartirildi. Diniy e’tiqodning eng zaif uchqunlarigacha ayovsiz qatag’on qilindi. «Millatchilik» tamg’asi eng dahshatli ayblov bo’lib, «xalq dushmani» statusini oldi. Hozir haqli savol tug’iladiki, qaysi millat manfaatini o’ylaganlar qaysi xalqning dushmani sifatida jazo oldilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |