R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet103/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

4-fasl. Qaramlik davrida


o’tmish ma’naviy merosimizga yondoshuv.

Yaqin o’tmishda, ya’ni qaramlik davrida milliy ma’naviy merosni o’rganishga qanday yondoshildi, degan masalada ba’zan bahs tug’ilib qoladi. Ba’zilar shunday fikrlashadi: “Axir o’sha yillar davomida ham o’tmish meros ozmi-ko’p o’rganildi-ku! Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa qator allomalarning asarlari rus va o’zbek tillarida bosilib chiqdi, tadqiq va targ’ib etildi. Bu ulkan ijodiy mehnat bir necha avlod olimlarning umr mazmunini tashkil etmadimi?” Nihoyatda to’g’ri. Ustozlarimiz bu yo’lda chinakam fidoyilik namunalarini ko’rsatishdi. Bugungi milliy ma’naviyatimizni tiklash yo’lidagi urinishlar ko’p jihatdan o’sha zahmatkash ustozlar yaratgan zalvorli poydevorga tayanib turipti. Ammo ayrim insonlarning millat ma’naviyati yo’lidagi fidoyiligi bilan hukmron tuzum va uning mafkurasi ko’zlagan asl maqsad, bu sohada yuritgan qat’iy siyosati orasida jiddiy farq bor ekanligini ham bugun o’zimizga oydinlashtirib olishimiz kerak. Biz o’tmishni yoppa inkor qilish yo’lidan borsak, yana “bolьshevikcha” ish tutgan bo’lamiz. Etmish yil ichida nimalar yutdik va nimalarni yutqizdik - uning sarhisobi alohida. Bu o’rinda yaxshi anglab etishimiz kerak bo’lgan masala shuki, sobiq hukmron tuzum o’tmish merosni o’rganishda ham o’z siyosati, etakchi g’oyasi, mafkurasi ildizlarini mustahkamlashni niyat qildi. O’zbekning asl milliy ma’naviyati, ajdodlarimiz yaratgan boylik bevosita ularni hech qachon va mutlaqo qiziqtirgan emas.


Bolьsheviklar diktaturasi agar olimlarimiz uchun o’tmish ajdodlar merosini o’rganishga zarracha imkon bergan bo’lsa, buning evaziga ular oldiga ulkan shart va talablar ham qo’ygan edilar. Bir so’z bilan “kommunistik partiyaviylik” deb atash mumkin bo’lgan talabning mazmuni shunda edi-ki, o’tmish merosimizda marksizm g’oyalarini quvvatlovchi, bu g’oyalarning keng xalq ommasi ongiga
177
puxta va mustahkam o’rnashuviga xizmat qiluvchi har qanday narsa topilsa, barchasini yaqqol ochib berish, targ’ib qilish, ajdodlarimiz bildirgan fikr va mulohazalarni iloji boricha “marksistik ruhda” talqin qilish, ammo agar nimaiki “proletar diktaturasi” g’oyalariga zid kelish ehtimoli bo’lsa rad etish, inkor qilish, qora yorliqlar yopishtirish, zarur holatlarda esa ko’rib turib ko’rmaslikka solib o’tib ketish lozim edi. Merosni o’rganish ishiga marksizm “falsafa”sini chuqur va jiddiy o’zlashtirgan, totalitar siyosatga sodiqligi tajribada isbot etilgan, mavjud tuzumga chin dildan tarafdor kishilar darg’a qilib belgilanar, ularga har bir soha tadqiqotchilarining “dialektik va tarixiy materializm”, “ilmiy kommunizm” printsiplaridan zarracha o’ng yo so’lga og’ishmay borayotganligini qat’iy nazorat etish va ta’minlash ishonib topshirilgan edi. Qatag’onlar odamlarning yuragini olib qo’ygan, ko’plar hukmron “partiya” nima desa, “ha, shu to’g’ri ekan-da” deb qo’ya qoladigan bo’lib qolishgan edi.
Sobiq tuzum davrida ajdodlarimiz merosini o’rganish bo’yicha bajarilgan ishlarni baholashda unutmaslik lozimki, buyuk allomalarimizning qarashlari ularda asli holidek aks etgan emas, balki begona qoliplar, yot andozalarga moslab sun’iy talqin etib kelingan. Buning uchun turli usullardan foydalanilgan. Masalan, ommaviy nashrlarda ularning asarlaridagi “kommunistik partiyaviylik” qolipiga tushmay qolgan joylari (ko’pincha, eng muhim qismlari) qirqib-kesib tashlanishi shunday “usul”lardan biri edi. Tan olish kerak, sobiq tuzum davrida olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz shaxsan qanchalik pok, samimiy bo’lishmasin, ajdodlar merosiga xolis yondoshuv imkoniga ega bo’lgan emaslar. Ular ba’zan o’zlari to’g’ri deb o’ylagan holda, ba’zan majburiyatdan yo’qni bor, borni yo’q qilib ko’rsatganlar, ajdodlarimiz so’zini xolis, mintaqa ma’naviyatining amaliy va nazariy takomili mantiqiga muvofiq tarzda emas, marksistik mafkura talablariga mos yo’nalishda talqin etganlar. Natijada o’tmish merosimiz namunalari bilan asl qo’lyozmalardan, to’liq matnlardan emas, ommaviy nashrlar asosida tanish bo’lgan ko’pchilik oliy ma’lumotli mutaxassislar ham yagona hukmron ideologiya ruxsat bergan “haqiqatlar”dan o’zga haqiqatlar mavjud ekanligidan deyarli bexabar tarbiya topganlar. Bugun ziyolilarimizning ko’pchiligi ma’naviy merosni to’g’ri idrok qilishga qiynalayotganliklarining sabablaridan biri ham shunda. Demak, o’tgan 70 yillik davrda ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha qilingan ishlarning amaliy tomonlari - nashrlar, ma’lumotlar - bugun uchun xizmat qilishga yaroqli bo’lsa ham, g’oyaviy-nazariy yo’nalishlar, talqin va xulosalar, andaza va tushunchalar - barchasi jiddiy va diqqat bilan qayta ko’rib chiqishni talab qiladi va bu milliy ma’naviyatimiz nazariyasini to’g’ri, asliga muvofiq shakllantirishda o’ta muhim muammolardan biridir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish