R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet111/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Ko’p qutbli dunyo – milliy dunyo- qarashimizning tayanch nuqtalardan biri, biz ko’rib turgan olamning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda yuksak qudrat va mavqe’ kasb etgan shaxslar, guruhlar, davlatlar, mintaqalar xilma-xilligidan tashkil topgan ekanligi.
Dunyo endi ikki qutbli emas, deb ta’kidlaydi Prezident o’z asarida va ushbu ko’p qutbli dunyoda har bir millat, har bir inson o’z yo’lini to’g’ri topib yura olishi uchun voqelikka qanday nazar bilan qarashni o’rgatadi. Nasihat qilib, ko’rsatma berib emas, shaxsiy namuna ko’rsatib, voqeiy ibrat orqali namoyon qiladi. Bu muhim g’oya Prezidentning falsafiy qarashlari uchun yangilik emas. I.A.Karimov 1995 yil 27 oktyabrda O’zbekiston teleko’rsatuvlar muxbiri bilan suhbatdayoq bugungi kunda “ko’p qutbli dunyo haqida fikr yuritish lozim bo’ladi”,140 deb aytgan edi. Prezidentning yangi kitobida xavfsizlikka tahdid soluvchi omillar ham, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ham turfa yo’nalishda, yashab turgan dunyomiz, atrof-
voqelik kabi serjilo va murakkab ekanligiga e’tibor qaratilgan. Muallif ularni bir-bir sanab ko’rsatar ekan, aslo yagona manbaga olib borib bog’lamaydi, yagona dushman axtarmaydi. Kitobda bayon etilgan mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi kuchlar turlicha va turli darajada quvvatga ega,



136 I.Karimov. Asarlar. 2-jild, s.3
137 I.Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 277
138 I. Karimov. Asarlar, 2-jild, s. 13
139 I.Karimov. Asarlar. 6-jild, s.41
140 I.Karimov. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.-«O’zbekiston»-1996, s.62
186
taraqqiyotimiz kafolatlari ham rang-barang va turli-tuman omillarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq.
Prezidentning bu yangicha yondoshuvi to’lig’icha, ham necha ming yillik milliy ma’naviyatimiz an’analariga, ham bugungi jahon fikriy kamolotining eng ilg’or tamoyillariga tayanadi. Unda har bir shaxs ma’naviy hurligi, bir tomondan, vatan va millat manfaatlariga muvofiqlik bilan, ikkinchi tomondan, umumbashariy qadriyatlar muhofazasi bilan uyg’unlashgan.
Bu dunyo ko’p qutbli bo’lsa, uning mehvari, tayanchi qaerda, aniqroq aytadigan bo’lsak, dunyo ishlariga yondoshuvda qaysi nuqtaga tayanmoq kerak, degan savolga ham Prezident asarlaridan aniq javob topish mumkin.
Ma’lumki, marksistlar jamiyatni birlamchi qilib olib, insonning mohiyatini undan keltirib chiqarmoqchi bo’lganlari uchun qanday usul bilan bo’lmasin (masalan, inqilob, ya’ni siyosiy to’ntarish vositasida) ijtimoiy vaziyatni o’zgartirishga erishilsa, inson ham shunga qarab o’zgaradi, degan aqidada bo’ldilar. Aslida inson ma’naviy kamoloti ta’minlanmasa, turli siyosiy to’ntarishlar faqat fojialarni ko’paytiradi, xolos. Bunga yaqin tarixning achchiq saboqlari - yorqin dalildir. Marksning «inson o’z mohiyatiga ko’ra barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir» degan aqidasiga zid o’laroq, Prezidentimiz: “Har bir kishi o’zicha noyob hodisa – bu mening qat’iy ishonch-e’tiqodim”141 deb e’lon qiladi.Uning ma’naviyatga oid yangi kitobida shunday fikr bildiriladi: “O’ylaymanki, er yuzida qancha inson, qancha taqdir bo’lsa, har birining o’z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.”142 Darhaqiqat, bizning milliy ma’naviyatimiz an’nalariga binoan aslida bu yorug’ dunyoning markazida inson shaxsi turadi. Chunki Alloh Odam Atoni er yuzida xalifa qilib yaratgan. Inson er yuzidagi barcha Alloh yaratgan mavjudotlarni tasarruf qiladi, shu bilan birga ular uchun mas’ul hamdir. Bugun biz - O’zbekiston xalqi bir tanu bir jon bo’lib, o’zimiz saylab qo’ygan Prezidentimiz etakchiligida yangi voqelik – mustaqil va mutaraqqiy Vatan, farovon va ozod jamiyat yaratmoqdamiz. Buning uchun “ijtimoiy maxluq” emas, qudratli yaratuvchi kuch egasi bo’lmish erkin va sobitqadam Inson shakllanishiga erishmog’imiz kerak.
“Bizning asosiy maqsadimiz,- deydi Prezident, - bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustun bo’ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat.”143
Xullas, o’tmishimiz qancha buyuk bo’lmasin, kelajagimizning ulug’vorligi millatning har bir a’zosi, O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ushbu kelajakda Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, inson baxti to’kis ta’minlanishi uchun qay darajada faollik ko’rsata bilishi va bu faolligining samaralari, unumi bilan belgilanadi. Har bir fuqarosining baxti uchun qayg’urmagan jamiyat etuk jamiyat bo’lmaydi. Shu sababli mustaqil yurtimizda o’tkazilayotgan barcha islohotlar, qabul qilinayotgan barcha qonunlar ruhi shunga yo’nalmoqda. Jahondagi eng





141 I.Karimov. Asarlar. 9-jild.T., 2001, s.287.
142 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,2008. S. 29.
143 I.Karimov. Asarlar. 4-jild.T., 1996, s.80
187
oliyjanob va mas’uliyatli yumush - do’stingni, hamkoringni, qo’shningni, xullas, o’zga insonni “ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko’ndirish,” - deydi


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish