R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet107/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Mas’uliyat - shaxs ma’navi- yatining muhim tarkibiy jihati, o’zi anglab etgan va to’g’ri deb bilgan Borliq haqiqatiga amalda sadoqat saqlash, har bir xatti harakatining oqibatini o’ylab qadam qo’yish. Inson erkin irodasi bilan o’zini dunyodagi barcha mavjudot uchun mas’ul deb bilsa va har bir qadamini qo’yishda ana shu mas’uliyatni his qilib tursa ayni shu shaxs haqiqiy ma’naviyat sohibidir.
Ma’naviyat degan so’zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi.
Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirish-ning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.122
Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda yaqin, tushunarli
hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi «targ’ibot»ga aylantirmay, xalq ongiga tiniq etkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda qanday me’yorlarga rioya etish zarurligini o’sha davrdayoq O’zbekiston Prezidenti o’z kitobida aniq tavsiflab bergan edi:

“Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;


Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;



119 I.Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 359
120 Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 35
121 I.Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»-1994, s. 65
122 I. Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 76-85

Vatanparvarlik”123.


Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro chuqur ichki uyg’unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi o’ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”124, deb ta’kidladi I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli e’tiborini ko’rsatadi. Chunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash degani, o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi.
1994 yil bahorida “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida yana alohida Farmon bo’ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi.
1995 yil fevral oyida ilk bor ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi bo’lmish O’zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta ma’ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo’nalishida ham yangicha yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan echimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Unda, avvalo, 130 yillik mustamlaka asoratidan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchiligimizning betakror qiyofasi ochib berildi. Uning xalqimiz, millatimiz “tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining” samarasi, “o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining” natijasi ekanligi qayd etildi125. “Sotsializm” g’oyalarining xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq aytildi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, davlat tuzumini, jamiyat hayotini demokratlashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish barobarida ma’naviyatga ham doimo alohida e’tibor ajratish talab etilishi voqeiy zaruratdir. Prezident ma’ruzaning “Yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori” 126deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-kishilarimizning mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga





123 Islom Karimov.Asarlar. 1-jild, s. 76
124 Islom Karimov.Asarlar. 7-jild, s. 381
125 I.Karimov. Asarlar. 3-jild, s. 6
126 O’sha kitob, s. 33-42
183

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish