o’zgarishi.
Mustaqillik sharofati bilan 1300 yil mobaynida ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islom diniga munosabat ham tubdan o’zgara boshladi.
Din –muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati haqidagi (odatda ilohiy
145 Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 354
189
vahiyga asoslangan) tasav-vurlari, ularga qat’iy ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning botiniy va zohiriy jihatlari mavjud bo’lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati ibodat-lardir. Imon masalasi din va ma’naviyatning umumiy jihati bo’lib, diniy imon ma’naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.
Sobiq “Ittifoq” davrida butun O’zbekistonda bori-yo’g’i 80ga yaqin masjid faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq minglab yangi masjidlar ishga tushdi. Ilgari birgina Buxoroda kichik bir madrasa tor doirada diniy bilim berib kelgan bo’lsa, bugungi kunda deyarli barcha viloyatlarda madrasalar ishlab turipti. Toshkent oliy ma’hadining
mavqei ko’tarilib, endi uning diplomi ham bakalavr darajasida tan olinadigan bo’ldi. O’zbekiston hukumati mo’minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri — xalifa Usmon "Mushaf"ini ular ixtiyoriga qaytib berdi. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi. Davlat diniy asarlarni chop etishda yordam beryapti. Har yili yurtimizdan minglab musulmonlar haj va umra safarlariga emin-erkin borib kelmoqdalar. Din peshvolari matbuot, radio va televidenie orqali o’z qarashlarini emin-erkin bayon etmoqdalar.
O’nlab o’tmish diniy ulamolarimizning tabarruk nomlari, meroslari tiklanmoqda. Maqbaralari qadamjoyga, ziyoratgohga aylanmoqda. Jumladan, Imom Buxoriy maqbarasi majmuining bunyod etilishi, Bahovuddin Naqshband
masjidi-maqbarasining yangidan ta’mirlanib, obod etilishi, imom Moturidiy, Burhonuddin Marg’inoniy kabi buyuk siymolarning xoki poklari qo’yilgan Samarqanddagi Chokardiza qabristonini tiklash va o’rganish ishlarining jiddiy yo’lga qo’yilishi – barchasi mustaqil O’zbekiston rahbariyatining muqaddas dinimizga, ushbu dinni ma’rifat, ma’naviy qadriyat darajasiga ko’tarilib, jahonga tanitgan ulug’ ajdodlarimizga bo’lgan yuksak va samimiy ehtiromning yorqin namoyishidir.
Mustaqillik yillarida Allohning tabarruk kitobi Qur’oni karim oyatlari ma’nolarining o’zbek tiliga tarjimasi va tafsirlari, Rasululloh(sav) hadislari (Imom Buxoriyning “Jome’ as-sahih” kitobining 4 jildi, Imom Termiziyning “Sunan” kitobi) qayta-qayta katta tirajlarda nashr etilmoqda. Ramazon va Qurbon hayitlari rasman dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ming yillik tariximizda o’tgan ulug’ allomalarimizning tantanali yubileylari ilk martaba nishonlana boshladi.
Darhaqiqat, yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini singdirishda ulug’ diniy allomalarimizning yubileylari nishonlanishining ahamiyati katta. Bunday ulug’ allomalarimiz, tasavvuf pirlarining porloq xotiralarini e’zozlash mustaqil O’zbekistonimizda qutlug’ an’anaga aylanib qoldi. 1993 yili buyuk ma’naviyat ustozlari Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband yubileylari o’tkazildi. Hazrati Naqshband ziyoratgohlari butkul qayta ta’mirlanib obod go’shaga aylantirildi.
1995 yili kubraviya tariqatining asoschisi, buyuk piri murshid, Vatan ozodligi uchun jonini tikkan fidoyi inson Najmiddin Kubroning 850 yilligi, 2000 yili Marg’ilonda jahon tan olgan mashhur fiqh olimi Burhoniddin Marg’iloniyning 910 yilligi, Samarqandda kalom ilmining asoschilaridan biri Imom Abu Mansur Moturidiy 1130 yilligi, 2003 yili xojagon sulukining asoschisi Abduxoliq G’ijduvoniyning 900 yilligi bayram qilindi.
190
1998 yilda Respublika Prezidenti farmoni bilan buyuk hadisshunos alloma, 1200 ilgari yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga taratgan, hadis ilmida “amir al- mo’miniyn” degan sharafli nomga sazovor bo’lgan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning 1225 yillik tavallud kuni nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi. Shu munosabat bilan respublika Prezidenti ushbu anjumanda ma’ruza qildi. Ma’ruzada jumladan shunday deyiladi:
“ Bugun ulug’ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish, bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod etish kunidir. Bu kabi tantanalarni o’tkazishdan ko’zlangan niyat va maqsadlarimiz haqida, muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to’g’risida ikki og’iz so’z aytishga ijozat bergaysizlar.
Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob tushuncha yotadi. Savob — ulug’ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak. Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga, uning elu yurtiga albatta Allohning rahmatlari yog’iladi. Muqaddas Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlanganidek, "Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshiliqdir". Biz ezgu ishlarni qancha ko’p qilsak, ulug’ ajdodlarimizning izzat-ikromini joyiga qo’ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum etsak, Yaratganimizning o’zi bizni balo-qazolardan asraydi, bizga kuch-qudrat ato etadi, yo’li-mizni ochib beradi...
Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o’zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so’nmas e’tiqod timsolidir. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji — eng ishonchli hadislar to’plami — "Al-Jome’ as-Sahih" islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomoni-dan bitilgan kitoblarning eng ulug’idir. Mana, o’n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo’liga chorlab kelmoqda.
Yaratganimizga shukurlar bo’lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al- Buxoriydek ulug’ ajdodlarimiz el-yurt bag’riga qaytmoqda. Allomaning o’lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ongu tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg’ulari bilan musaffo etmoqda. Biz eski tuzum, eski mafkura zug’umidan xalos bo’lgach, o’zligimizni, qanday ulug’ insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma’naviy meros vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tik lash yo’lida tarixda iz qoldiradigan ko’pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik...”
“Din odamzodni hech qachon yomon yo’lga boshlamaydi”146, deydi Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan xudbin niyat, g’arazgo’ylik yoki jaholat yotadi. Shu sababli I.A.Karimov haqiqiy imon-e’tiqodni siyosiy nayranglardan farq qilish zarurligini ta’kidlash barobarida o’zbekning imoni xususida doimo sobit turadi:
146 Islom Karimov.Asarlar. 1-jild, s. 26
191
“Men ham shu xalqning bir farzandiman, shu millatning bir o’g’liman. Alhamdulilloh, bir musulmon farzandi sifatida xalqimga xos islomiy tushuncha va tuyg’ular mening ham qalbimda, yuragimda barqaror va men bu dunyoyu u dunyo o’z e’tiqodimdan qaytmayman”147.
“Bu e’tiqod yurtimizdagi millionlab vatandoshlarim qatori mening ham dunyoqarashimga asos bo’lib, butun borlig’im, ma’naviy olamim mazmunini tashkil etadi.”148
E’tiqod masalasi, albatta, ma’naviyatga aloqador. Ta’bir joyiz bo’lsa, e’tiqod ma’naviyatning umurtqa pog’onasidir. Demak, imon-e’tiqodsiz ma’naviyat haqida gapirish o’zi ortiqcha.
Ma’naviyat har bir insonning Haqqa (Alloh haqiqatiga, Borliq haqiqatiga) munosabati ekan, bu aslida fanoning (foniy insonning) Baqoga (abadiylikka, azaliy va abadiy qudratga) munosabatidir. Shu nuqtai nazardan agar
Baqo – abadiylik, azaliy va abadiy qudrat, mutlaq Haqi- qat, inson ma’naviy kamo- lotining nihoiy maqsadi.
ma’naviyatning diniy ta’rifini bermoqchi bo’lsak, aytish mumkinki, ma’naviyat dunyoviy va uxraviy (ya’ni oxiratga oid) maqsadlarning uyg’unligidir. Buning ma’no-
Fano – o’tkinchi, muvaqqat holat, insonning moddiy olamdagi holati.
si shuki, har kim o’zining bu dunyodagi rejalashtirayotgan ishlarini Haq oldidagi
mas’uliyatini to’g’ri anglagan holda, o’zgalarning haqqiga xiyonat qilmay amalga oshirishga urinsa, bu dunyoda ham, oxiratda ham zarar ko’rmaydi.
Har bir imonli odam avvalo o’zining Alloh va
bandalar oldidagi burch va mas’uliyatini to’g’ri idrok etishi va shunga yarasha xatti-harakat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |