R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


-fasl. XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilining ikki bosqichi



Download 0,7 Mb.
bet95/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilining ikki bosqichi.


XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilini ikki katta bosqichga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi - XVI-XVII asrlarni qamrab oladi. Bu bosqichda yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy o’lkalar keng xalq ommasining ma’naviy saviyasi oshib bordi. Bu davrda mintaqa siyosiy hayotida tanazzul va parchalanish jarayoni kundan-kunga, yildan yilga kuchaydi. Shu bilan bir paytda mintaqa xalqlari o’tgan davrda erishilgan yuksak ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar. Shu sabablarga ko’ra bu jarayonni Yangi_davr_ma’naviyatiga_o’tish_yoki_islom_mintaqa_madaniyati_davri_ma’naviy_yutuqlarining_ommalashuvi_bosqichi'>Yangi davr ma’naviyatiga o’tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma’naviy yutuqlarining ommalashuvi bosqichi, deb atash mumkin.
Ikkinchi bosqich - milliy ma’naviyatimizning Yangi davr Evropa madaniyati bilan bevosita to’qnashuviga oid bo’lib, bu jarayon boshlanishdanoq foje’ bir tarzda - qadim Turon xalqlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi.

Yangi davrning ma’naviy



165

mohiyati - Yangi davrning buyuk haqiqati ikki asosda: 1) dunyoni surat va ma’no yaxlitligida o’rganish va 2) bahamjihatlikda boshqa-rishga intilish bilan o’zligini namoyon etadi.
Birinchi bosqichga qisqacha to’xtalib o’tadigan bo’lsak, XVI asr boshlarida Eronda Safaviylar sulolasi hokimiyatga kelishi bilan shia mazhabining davlat dini darajasigacha ko’tarilishi mintaqani bir necha siyosiy-madaniy qismlarga bo’lib yubordi. Turkiyada Usmonlilar sulolasi, Movarounnahrda Shayboniylar, Hindistonda
Boburiylar (Buyuk mo’g’ullar) o’z hokimiyatlarini o’rnatdilar. Volgabo’ylari Moskva Rusi tomonidan bosib olina boshlandi. XVI asr davomida Eron, Xuroson va Movarounnahrning ko’plab taniqli ijodkor ustoz va allomalari Shimoliy Hindistonga, Boburiylar saroyiga ko’chib o’tdilar. Islom mintaqa madaniyatining
markazi Shimoliy Hindiston bo’lib qoldi. Ayniqsa, shoh Akbar, Jahongir, Shoh Jahon, Avrangzeb davrlarida (1556-1707) bu hududda islom mintaqa ma’naviyatining eng etuk an’analari mahalliy hind madaniyati sarchashmalaridan ijodiy oziqlanib, yanada yuksak cho’qqilarni zabt etdi. Bu ma’naviy yuksalishning eng oliy namunasi Mirzo Abduqodir Bedil (1644-1721) ijodi bo’lib, ota-bobosi Shahrisabz o’zbeklaridan bo’lgan bu buyuk mutafakkir «Tilsimi hayrat», «Turi ma’rifat», «Irfon» kabi badiiy-falsafiy asarlarida «majoz tariqi» ruhida aks etgan Oliy haqiqat sirlarini yanada teranroq ifoda etishga erishdi. Shu sababli bizning o’lkada XVIII-XIX asrlar mobaynida maxsus «Bedilxon-lik» anjumanlari tashkil topdi va ulug’ mutafakkir shoirning murakkab badiiy-falsafiy satrlari atroflicha sharhlandi. Hindistonda Bedil an’analari Mirzo Asadullo G’olib (1797-1869) va Muhammad Iqbol (1873-1938) ijodida davom ettirildi. Mirzo Asaduloxonning bobosi ham 1730 yilda Samarqanddan Hindistonga ko’chib borgan edi. Mirzo G’olib birinchilardan bo’lib, ingliz mustamlaka-chilarining maqsadlarini anglab etdi va hind xalqining ozodlik uchun kurashini o’z asarlarida ulug’ladi. Mirzo G’olib va Muhammad Iqbol fors va o’rdu tillarida ijod etdilar.
Ma’naviyat ahlining siyosatga kuchli ta’siri Movarounnahrda XVI asrda ham davom etdi va bu holat, ayniqsa, Maxdumi A’zam (Ahmad Kosoniy - vafoti 1549 yil) va jo’ybor shayxlari faoliyatida yaqqol ko’zga tashlandi. Abdullaxon Soniy (1557-1598) hukmdorligi Movarounnahr o’lkasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishga oxirgi urinish bo’ldi.

166
Bu orada yuksak ma’naviy qadriyatlarning keng xalq ommasi orasida yoyilishi tobora kuchayib bordi. Majlisiy (XVI asr) va Poshshoxo’ja (XVI asr) lar ijodi orqali xalqning o’rta tabaqasi ongida o’z qudratiga ishonch kuchayib borganligini sezish mumkin. Turli ijtimoiy toifalar o’z maqomlarini dadil himoya eta boshladilar. Yilda bir g’aribni podshoh saylash odati haqidagi Majlisiy keltirgan hikoyat xalq irodasi asosidagi yangicha boshqaruv uslubi haqida xalq shuurida yaratilgan ilk ibtidoiy tasavvurlardan darak beradi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish