Nizoli bitimlar
Amalga oshirilishi
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim
Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim
Yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitim
Oʻz vakolatlaridan tashqariga chiqqanda
Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim
Ta’sir ostida
yanglishish
aldash
zoʻrlik
qoʻrqitish
bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi
ogʻir holatlar yuz berishi ta’sirida
Aldash, zoʻrlash, qoʻrqitish ta’siri ostida yoki bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun ogʻir holatlarning yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrlanuvchining da’vosi boʻyicha haqiqiy sanalmasligi mumkin. Aldash ta’siri ostida bitim tuzilishida bitim tuzuvchi ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvur qiladi.
Qoʻrqitish ta’siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs oʻziga yoki yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qoʻrqib, bitim tuzishga majbur boʻladi.
Zoʻrlik deyilganda boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga majbur qilish maqsadida uning oʻziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob yetkazishdan iborat boʻlgan gʻayriqonuniy qilmish tushuniladi.
FKning 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasi, nizom, ustavi) aniq chegaralab qoʻyilgan maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi chalkashtiriladi. Bitim deganda shartnomani tushunish hamda bir tomonlama, ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarga oid qoidalarni toʻliq shartnomalarni tasniflashga nisbatan qoʻllash mumkinmi?
Muhokama qiling?
2. Qanday bitim turlarini bilasiz, birja bitimlarini boshqa bitim turlaridan farqi bormi, ular haqida nimalarni bilasiz?
Tushuncha bering?
3. Davlat imtixonida I. Norimonovga davlat va jismoniy shaxs oʻrtasida tuzilgan bitimlarning mohiyati toʻgʻrisida savol tushadi. Berilgan savollarga javob berar ekan I. Norimonov bu ikki subyekt oʻrtasida bitim tuzilishi mumkin emas, buning sababi FKning 101-moddasida davlatning bitim tuzishga haqli ekanligi toʻgʻrisida tushuncha yoʻq deya javob beradi. U oʻz savoliga qoʻshimcha ravishda javob berar ekan davlat bilan jismoniy shaxslar shartnomalar tuzishi mumkin lekin bitim tuza olmaydi, degan xulosaga keladi
Javobni sharhlang va unga oʻz munosabatingizni bildiring?
FKning 101-moddasi talablaridan kelib chiqib masalaga oydinlik kiriting?
4. N. Sharipov, G. Xasanov, L. Toʻqliyev va N. Namozovlar birlashib tadbirkorlikni amalga oshirishga kelishib oladilar. Oʻz kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirish maqsadida huquqshunos S. 124
Karimovga murojaat etadilar. S. Karimov ularning bitimi oddiy shirkat shartnomasi ekanligini va shartnomani tuzayotgan paytda ularning shartnomalari tekinga tuzilayotganligini ularda muqobil ijro – yoʻqligini, ular faqatgina foyda koʻrsa, u foyda teng boʻlinishligini aytadi. Shundan soʻng shartnomaning baho bilan bogʻliq bandiga tekinga degan yozuvni kiritadi.
Bu yerda huquqshunosning harakatini baholang? Haq evaziga va tekinga tuziladigan bitimlarning farqini koʻrsatib bering? Tuzilayotgan shartnoma haq evaziga tuziladimi yoki tekinga tuziladimi? Ushbu masalaga oydinlik kiriting?
Do'stlaringiz bilan baham: |