O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

qilaylik kabi. 

Struktural  jihatdan  shaxsi  aniq  deb  qaraladigan  Biz  salom  berdik.  Salom 



berdik! gaplari stilistik jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Ikki tarkibli gap - Biz 


46 

 

salom berdik harakatning bajarilishi haqidagi oddiy axborotdan boshqa narsa emas. 

Ammo  bir  tarkibli  salom  berdik  gapi  ikki  ma`noli.  Vaziyatga  qarab,  undan  Biz 

salom  berdik  ning  ma`nosi  anglashilishi  mumkin.  Ammo  boshqa  bir  vaziyatda 

salom  berdik  deyilgan  salomlashayotgan  kishilar  o‘rtasida  munsabatga  ishora 

beriladi.  Odamda  salom  berayotgan  kishi  alik  olayotgan  kishini  mensimasa, 

bepisandlik qilsa gapdan ana shu shaklda foydalanadi va bu gap, umuman olganda, 

noxushlik ottenkasini ifodalaydi. 

Birgina  misolning  o‘ziyoq  gap  tarkibidagi eganing  ifolanishi  yoki 

ifodalanmasligi  oddiy  bir  sintaktik  jarayon emasligini,  bu  jarayonda  o‘rni  bilan 

stilistik ottenkalar ham namoyon bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. 

Funktsional  uslublarda  shaxsi  aniq  gaplarning  qo‘llanishi  ham  o‘ziga  xos 

tarzda  kechadi.  Jumladan,  bu  tipdagi  gaplar  og‘zaki  so‘zlashuv  uslubiga  xosligi 

bilan xarakterlanadi va dialoglarda faol qo‘llanadi. Suhbatdoshlarning bir-biri bilan 

yaqin  masofada ekanligi,  suhbat  mavzusining  mushtarakligi,  jarayonda  ishtirok 

etadigan ekstralingvistik  omillar  gaplarning  alohida elliptik  turlarini  yuzaga 

keltiradi. 

Aytaylik, ikki talaba suhbatlashayotgan bo‘lsin: 



-Kecha ma`naviyat darsiga qatnashdingmi? 

-Qatnashdim

-Qanaqa mavzuda ma`ruza bo‘ldi? 

-Mustahkam oila yili haqida. 

-O‘zing ham chiqish qilgandirsan. 

-CHiqish qildim va hokazo. 

Og‘zaki  so‘zlashuv  uslubidagi  ixchamlik,  qisqalik  va  boshqa  xususiyatlar 

badiiy-publitsistik uslubga ham ko‘chadi. 

T.Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasida shunday dialog bor: 



Otamiz eshitgan-bilgan kitoblarini bir-bir yodga oldi. 

- SHu, Kumushbibidan bormi? – dedi. 

- Qanaqa Kumush? 

- Haligi Marg‘ilonlik Kumushbibi. 


47 

 

- YOzuvchimi? 



- e, yo‘g‘-e, haligi… Otabekning qaylig‘i. 

- Ha-a, «O‘tgan kunlar» deng. Bor, bor. 

- SHundan ber, ber. Kumushbibidan ber. 

Qiz kitobni topib keldi. 

- Otabek kerak emasmi? - deya jilmaydi. 

- Kumushbibi qaerda bo‘lsa, Otabek ham shu erda bo‘ladi-da. 

Rasmiy  va  ilmiy  uslublarda  bir  tarkibli  gaplarning  shaxsi  aniq  turi  uning 

boshqa  turlariga  qaraganda  faol emas.  Bu  rasmiy  va  ilmiy  nutqning  umumga 

qaratilganligi bilan izohlanadi. 

SHunga  qaramasdan,  gapning  bu  turini  tilga  olingan  uslublarda  ham 

uchratish mumkin bo‘ladi. Masalan, Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan askar 

tilida  shunday  gaplar  uchraydi:  Vatanimga  xizmat  qilaman!  Tantanali  ravishda 

qasamyod qilaman! kabi.  

Garchi  rasmiy  nutq  doirasida  amalga  oshirilsa-da,  harbiylar  nutqiga  xos 

bo‘lgan  ayrim  gap  shakllari  shaxsi  aniq  va  shaxsi  noaniq  gaplar  ma`no 

ottenkalarining bir-biridan farqlanishiga olib keladi: Topshiriqni bajaraman, o‘rtoq 



kapitan  -  Topshirig‘ingiz  bajariladi,  o‘rtoq  kapitan.  Harakatning  bajaruvchisi  har 

ikki holatda ham nutq egasining o‘zi. Ammo gap ikki xil shakllantirilganda ikki xil 

ma`no  anglashiladi.  Birinchisida  fikr  aniq,  lo‘nda  va  qat`iy  ifoda etilgan  va  bu 

harbiylarning  so‘zlash  uslubiga,  unvoni  va  lavozimi  katta  harbiyga  unvoni  va 

lavozimi kichik harbiyning javobiga to‘liq mos keladi. Lekin shaklan egasi noaniq 

bo‘lsa ham, uning bajaruvchisi bu o‘rinda aniq bo‘lgan Topshirig‘ingiz bajariladi, 



o‘rtoq kapitan gapida rasmiy uslub ottenkasidan ko‘ra so‘zlashuv uslubi ottenkasi 

ustunlik qiladi.  

YOki Qurolli kuchlarning umumharbiy Nizomida bir qator safda turish yoki 

jangovar  topshiriqlarni  bajarish  uchun  beriladigan  komandalar  borki,  ular  shaxsi 

aniq  gaplarga  yorqin  misol  bo‘la  oladi:  Saflan!  Qaddingni  rostla!  Qadam  bos! 

Uzun qadam bos! Kalta qadam bos! Tez-tez qadam bos! Sekin qadam bos! YArim 

qadam  bos!  Katta  qadam  bos!  Orqaga  burilib  yur!  SHaxdam  qadam  bilan  yur! 



48 

 

Olg‘a  bos!  Qaddingni  rostla!  erkin  yur!  erkin  tur!  Saflan!  Tekislan!  Tarqal! 



Jipslan!  Safga  tur!  To‘xta!  YUgur!  Qad  rastlab  tur!  singarilar.  Rasmiy  uslubda 

shaxsi  aniq  gaplarning  qo‘llanishi  qat`iy  belgilab  qo‘yilganligini  Nizomdagi 

komandalardan ham bilish mumkin. 

Tahlillardan  ma`lum  bo‘ladiki,  egasi  topiladigan  bir  tarkibli  gaplarning 

alohida  bir  ko‘rinishi  sanaladigan  shaxsi  aniq  gaplarning  ham  struktura  asosi 

kesimdir.  eganing  ifodalanmasligi  nafaqat  sintaktik,  balki  stilistik  omillarga  ham 

bog‘liq.  Unda  aniq  bir  shaxsning  yoki  shaxs  olmoshlarining  qo‘llanmasligi, 

ularning  vazifasini  gapda  kesim  bo‘lib  kelayotgan  fe`lning  grammatik 

ko‘rsatkichlari  o‘z  zimmasiga  olishi  bu  tip  gaplarning  asosiy  belgisi  sanaladi. 

Anglashiladiki,  nutqning  jonli  va  tabiiy  bo‘lishida elliptik  gaplar  sirasida 

qaraladigan bir tarkibli gaplarning ham o‘z o‘rni bor. Nutqda gaplarning bir tarkibli 

tarzda  namoyon  bo‘lishi  alohida  shart-sharoitlar  bilan  va  ularning  aynan  ana  shu 

tarzda qo‘llanishi muayyan stilistik talablar bilan bog‘liq. 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish