O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

  

SHaxsi noaniq gaplar 

SHaxsi noaniq gaplar bir tarkibli gaplar ichida qaraladigan egasi topiladigan 

gaplarning  bir  ko‘rinishidir.  Bu  gaplarda  ham  gapning  struktura  asosi  kesimdan 

iborat  bo‘ladi.  Ammo  uning  shaxsi  aniq  gaplardan  farqi  shundaki,  kesim  3-shaxs 

shklida bo‘ladi va undan ish-harakatning bajaruvchisini aniqlab bo‘lmaydi. Bu tip 

gaplarning o‘ziga xos grammatik xususiyati ana shundan iborat. 

I.Rasulovning  qayd etishicha,  shaxsi  noaniq  gaplarni  alohida  tip  qilib 

ajratishda  mazmun  va  shakl  hisobga  olinadi.  Harakatni  bajaruvchi  shaxsning 

noaniqligi  logik-semantik  belgi  bo‘lsa,  bir  bosh  bo‘lak  -  kesimdan  tashkil  topishi 

struktural  belgidir  Bu  belgilarning  birortasining  yo‘qolishi  gap  strukturasini 

o‘zgartadi.  SHaxsi  noaniq  gaplarda ega,  A.  M.  Peshkovskiyning  so‘zi  bilan 

aytganda, «nutqdan  ma`lum  maqsadda  chetlashtiriladi,  bajaruvchi  shaxs  ma`lum 

maqsadda noma`lum, noaniq bo‘ladi».

39

 



                                           

39

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974. –Б.136. 


49 

 

Ilmiy  manbalarda  ish-harakatni  bajaruvchi  shaxsning  noaniq  bo‘lishi  bir 



tarkibli  va  ikki  tarkibli  gaplarning  har  ikkalasiga  ham  tegishli ekanligi  aytilgan. 

Ammo  bu  noaniqlik  bu  gaplarda  ikki  xil  sharoitda  sodir  bo‘ladi.  Ikki  tarkibli 

gaplarning ba`zilari gapda grammatik ega va kesim mavjud bo‘ladi, ammo harakat 

sub`ekti  aniq  bo‘lmaydi:  kimdir  yig‘ladi,  kimdir  kuldi,  nimadir  sindi,  nimadir 



taqirlab  ketdi  kabi.  Bir  tarkibli  gaplarda esa  xuddi egasiz  gaplarning  boshqa 

turlaridagi  kabi ega  ifodlanmaydi.  Buning  ustiga,  garchi  harakat  bajarilgan  bo‘lsa 

ham,  bu  harakatning  bajaruvchisi  noaniqligicha  qolaveradi.  SHu  ma`noda 

I.Rasulovning  Kubaning  iqlimini  Farg‘ona  iqlimiga  o‘xshatishadi  gapini  tahlil 

qilganida bu gapda ega tushirilgan ham emas, yashiringan ham emas, degan fikrini 

ma`qullab bo‘lmaydi. Bu gapning bir tarkibli ekanligiga shubha yo‘q, ammo shaxsi 

noma`lum ekanligi  o‘ylab  ko‘rish  kerak.  CHunki  uning  Odamlar  Kubaning 

iqlimini  Farg‘ona  iqlimiga  o‘xshatishadi  tarzida  bo‘lganligiga e`tiroz  bildirib 

bo‘lmaydi.  Harakatning  bajaruvchisi  ko‘pchilik ekanligini  va  uning  grammatik 

jihatdan  shakllanmaganligini  inobatga  olib,  uni  shaxsi  umumlashgan  gaplar 

sirasiga kiritish mumkin. 

SHunday qilib, bir tarkibli gaplar qatorida qaraladigan shaxsi noaniq gaplar 

grammatik  strukturasiga  ko‘ra  ikki  tarkibli  gaplar  orasidagi  shaxsi  noaniqlik 

mazmunini beradigan gaplardan farqlanadi. Bu farq eganing gapda ifodalanmasligi 

bilan  namoyon  bo‘ladi.  Ayni  paytda,  ish-harakatni  bajaruvchi  shaxsning 

noma`lumligi bu har ikkala gapni birlashtiradi. 

I.Rasulov  shaxsi  noaniq  gaplarning  yana  bir  muhim  jihatini  aytib  o‘tgan. 

SHaxsi noaniq gaplarning bosh bo‘lagi shaxs-songa munosabat jihatidan anchagina 

chegaralangan bo‘lib, u faqat 3-shaxs ko‘pligi doirasida namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z 

navbatida,  shaxsi  noaniq  gaplarning  stilistik  imkoniyatlari  ham  chegaralangan 

degan gapdir. 

Bu  tipdagi  gaplarda eganing  qo‘llanmasligining  ma`lum  sabablari  bor. 

I.Rasulov ularni quyidagicha ko‘rsatib o‘tgan: 

                                                                                                                                        

 



50 

 

-bajaruvchi  shaxs  so‘zlovchi  uchun  ham,  tinglovchi  uchun  ham  noma`lum 



bo‘ladi. 

-harakatni bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ma`lum bo‘ladi, lekin u nutqda 

qo‘llanmaydi:  so‘zlovchining  ham,  tinglovchining  ham  diqqat  markazi  harakatga 

qaratilgan bo‘ladi. 

-harakatni  bajaruvchi  shaxsni  atash  mo‘ljallanmaydi.  Asosiy  diqqat 

harakatga  jalb  qilinishidan  tashqari,  so‘zlovchi  biror  sababga  ko‘ra  uni  ifoda 

qilishni noqulay deb biladi. 

-harakatni  bajaruvchi  shaxs  matndan  bilinib  turadi.  SHuning  uchun  ham  u 

nutqda qo‘llanilmaydi. 

-harakatni bajaruvchi shaxsni so‘zlovchi aniq ko‘rsata olmaydi. 

-bajaruvchi  so‘zlovchi  shaxsning  o‘zi  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  tinglovchi 

shaxsning  diqqatini bunga  jalb  qilish  talab etilmaydi.  Bu  vaqtda  bajaruvchi  shaxs 

boshqa noaniq ko‘pchilik bilan qo‘shilib ketadi. 

Mana  shu  aytilganlarning  barcha  yig‘ilib,  ma`lum  bir  qonuniyatni  keltirib 

chiqaradi.  I.Rasulov  bu  qonuniyatlarning  asosiysi  harakatning  bajaruvchisi emas, 

balki  ish-harakat  birinchi  o‘rinda  turishi,  deb  ko‘rsatadi: «Bu  tip  gaplarda 

grammatik shaxs aniq bo‘lsa ham, bajaruvchi shaxsning noaniq bo‘lishi, struktura 

asosining bir bosh bo‘lak – kesimdan iborat bo‘lishi ularning asosiy belgisidir».

40

 

SHaxsi  noaniq  gaplarning  o‘ziga  xos  ifodalanish  yo‘llari  bor.  I.Rasulov 



ularni ham birma-bir ko‘rsatib o‘tgan: 

1.Aniqlik maylining zamon shakllari bilan.  

A. O‘tgan zamon shakllari bilan: 

-yaqin  o‘tgan  zamon  fe`lining  3-shaxs  shakli  bilan:  keltirdilar,  oldilar, 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish