60
Lekin o‘shandan beri shu qiliqni tashlaganlar, oshni hatto qoshiq bilan
eydilar. Mana shunaqa, bu kishining egilishlari qiyin, egilganda ham qirsillab,
chirsillab egiladilar... (A.Qahhor). Bu parchada muallif niyatining amalga
oshirilida -lar ning rolini ham inkor qilib bo‘lmaydi;
-shaxsi noaniq gaplarning ayrimlarida ish-harakat nutq so‘zlanib turgan
paytdan keyingi voqealar tilga olinadi. Lekin ularning ma`lum qismi har uch
zamonga ham tegishli bo‘ladi: Bayram arafasida Asqarning uyida to‘planishadi,
avval uchrashganlari sharafiga oz-ozdan olishadi, keyin qizigan kallalariga
g‘aroyib bir fikr keladi (Gazetadan). O‘tgan zamonda bo‘lib o‘tgan voqeaning
kelasi zamonda berilishi va bunda eganing tushirilib qoldirilishi ham hikoya
qilishning bir usuli bo‘lib hisoblanadi. - Kechiradilar... So‘raganning aybi yo‘q...
o‘zlari kuyov qilganmilar? (A.Qahhor), Boshlarida shlyapa, bo‘ynilarida galstuk,
oshni qo‘li bilan eydilar (O‘.Hoshimov) gapida fe`l anglatadigan hozirgi zamon
ma`nosining kelasi zamonda berilishi piching, suhbatdoshidan norozilik ohangi
kabi kuchli stilistik ma`noni ifodalagan.
Zuhra. Klubga. Ishchi oilasi to‘g‘risida Ahadjon akang, o‘rtoq Zargarov
doklad qiladilar, Bol’sheviklar qo‘llaridan kelmayturgan ishga nega urinadilar?
(A.Qahhor) singari ikki tarkibli gaplardagi hurmat ottenkasi bir tarkibli gaplarda
ham saqlanib qoladi: — Ajab odam ekansan. O‘zbekcha savodi yo‘q kishilarning
ruscha savodi ham yo‘q, deb qaysi mahmadana aytdi senga? — deydi. —
O‘lganlarni faqat xayr bilan yod qiladilar (A.Qahhor);
-ish-harakat umum zamonga oid bo‘lishi gapning odatda bilan tarkibli
bo‘lishini taqozo etadi: Itingni ko‘chaga chiqarishni ravo ko‘rmaydigan havo deb
shuni aytadilar (O‘.Hoshimov) kabi. Ifodaning mana shu shaklda bo‘lishi
so‘zlashuv va undan o‘tib badiiy-publitsistik uslublarga xosdir. Ifodaning bu usuli
ilmif va rasmiy uslublarda kuzatilmaydi.
G. Kelasi zamonning 3-shaxs shakllari bilan:
-bir tarkibli gapning kesimi kelasi zamon maqsad shakli bilan ifodalanganda
ularda qo‘shimcha ma`no ottenkalari bo‘rtib turmaydi. Asosan maqsad ma`nosi
anglashiladi: Sizni yaqindan tanishtirmoqchi edim. – Bular etti kishi, mas`ul
61
ishchilar; er islohoti o‘tkazilishiga norozi bo‘lib ariza berishmoqchi. SHunga
akamni qo‘shmoqchilar. – Xo‘p, nima demoqchisiz?.. Bu nima degan so‘z? SHu
bilan nima demoqchi? – Qilgan gunohim uchun bir barmog‘imni berdim, yana ikki
ko‘zimni bermoqchiman. – Qonimdan kech demoqchimisan? SHuni aytib, bu
o‘rtoqqa aytmoqchimanki... – Sizdan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz
bermoqchiman (A.Qahhor) kabi;
-bir yoki ikki tarkibi bo‘lishidan qat`iy nazar ayrim sodda gaplarning kesimi
sifatdoshning -ar shakli bilan ifodalangan holatlarda obrazlilik ottenkasi bor.
SHunga qaramasdan u nasriy asarlarda deyarli uchramaydi, poetik asarlarda esa
mahsuldor hisoblanadi:
Hayronman-ey, bu yurtda
Ne deb sevib, suyarlar? (A.Suyun).
Yigitlari, hayotda,
Qanday tirik yurarlar? (A.Suyun).
Do'stlaringiz bilan baham: